Buxoro davlat universiteti tarix va madaniy meros fakulteti



Download 49,34 Kb.
bet2/3
Sana01.06.2022
Hajmi49,34 Kb.
#626079
1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Wordkurs ishi

Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining yangi bosqichida davlat va jamiyatning har bir sohasida tubdan yangilanishlar, yuksalishlar bilan bir qatorda milliy davlatchilikni mustahkamlash, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotini barqaror izga tushirish va rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tarix fanida ham ajdodlarimiz tarixini o‘rganish, ularga to‘g‘ri va xolis baho berish, shu asosda milliy qadriyatlarimizni tiklash uchun keng yo‘l ochildi.
Mavzuning maqsad va vazifalari: O’rta asr O’rta Osiyo Tarixshunoslikning asosiy vazifasi tarix fani rivojini chuqur va har tomonlama xolisona anglashdan, muayyan taraqqiyot davrida to’plangan tarixiy bilimlarni tahliliy tadqiq etishdan, amalga oshirilgan ishlarning natijasini chiqarishdan hamda shu asosda tadqiq etilgan dolzarb muammolarni aniqlab, kelgusi tadqiqotlarning yo’nalishlarini belgilashdan, tarixchilarni muayyan tarixiy ilmiy muammo doirasidagi adabiyotlarga yunaltirishdan iborat.
Kurs ishi tarkibi: kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

1.1.Arab xalifaligining siyosiy tushkunlikka uchrashi va mamlakatimiz xalqlarining mustaqillik uchun kurashi IX asrda mustaqil davlatlarning tashkil topishiga olib keldi. 821-yilda Xurosonning nufuzli zodagonlaridan biri Tohir ibn Husayn Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlandi. U birinchilardan bo'lib 822-yildayoq xalifalikdan ajralib chiqishga harakat qiladi va xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd qilishni taqiqlaydi. Bu xalifaga nisbatan ochiq isyon edi va uning davlatini Arab xalifaligidan mustaqilligini bildirardi.


Garchi Tohir ibn Husayn tez orada vafot etsa-da, biroq uning o'g'illari - Talha va Abul Abbos Abdulloh Xuroson hokimiyatini birin-ketin mustaqil boshqarishda davom etdilar. Abul Abbos davrida (830-844) mamlakat poytaxti Marvdan Nishopurga ko'chirildi. Movarounnahr rasman tohiriylar tasarrufida bo'lsada, biroq, bu hududning ko'plab mulklari mahalliy Somonxudot xonadoni namoyandalari tomonidan boshqarilardi (masalan, Nux - Samarqandda, Yahyo - Shosh va Ustrushonda, Ilyos - Hirotda shunday hukmdorlar edilar).
IX asrning 60-yillarida asosiy tarkibi kambag'al hunarmandlar va yersiz dehqonlardan iborat g'oziylar harakati butun Xuroson o'lkasi bo'ylab kengayib ketdi. Unga aka-uka misgarlar - Yoqub va Amir binni Layslar boshchilik qildilar. Ular Seyistonni o'z qo'l ostilariga kiritgach, ko'p o'tmay 873-yilda tohiriylarga kuchli zarba berib, bu o'lka poytaxti Nishopurni egallaydilar. Natijada Xurosonda tohiriylar o'rniga safforiylar (misgarlar) sulolasi hokimiyat tepasiga keladi. 876-yilda Yoqub katta qo'shin bilan Bog'dodga yurish qildi va xalifadan yengilib orqaga qaytdi. 879-yilda Yoqub vafot etgach, taxtga uning ukasi Amir ibn Lays (879-900) o'tirdi. U xalifaga o'z vassalligini bildirdi. Bunga javoban xalifa Amir ibn Laysni Xuroson va Eron noibi deb yorliq yubordi.
873-yilda Buxoroni tohiriylarning so'nggi vakili Muhammad ibn Tohir bosib oldi va xalqqa nisbatan zulmni kuchaytirdi. Buxoro xalqi Muhammadga qarshi qo'zg'olon ko'tardi. Shahar amaldorlari Nasr ibn Ahmadga murojaat qilib, somoniylardan Buxoroga noib yuborishni iltimos qildilar. Ko'pdan beri Buxoroni o'ziga qo'shib olishni rejalab yurgan Nasr bu taklifni xursandlik bilan qarshi oldi va ukasi Ismoilni bu yerga noib qilib jo'natdi. Ismoil Buxoroga kelib qo'zg'olonni tinchitdi. Ana shu tariqa tohiriylarga qarashli hudud - Buxoro ham somoniylarga moyil nufuzli kuchlar yordamida ular tasarrufiga qo'shib olinadi (874-yil). Tohiriylarning bu yerdagi so'nggi hokimi Muhammad ibn Tohir Buxorodan haydab yuboriladi. Buxoroda Ismoil Somoniy hokimligi qaror topadi. Biroq, aka-uka o'rtasidagi qo'shhokimiyatchilik uzoqqa bormaydi. Natijada Nasr va Ismoil o'rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayib ketadi va bu ularning harbiy to'qnashuviga sabab bo'ladi.
888-yilda Ismoil akasi ustidan uzil-kesil g'alaba qozonadi. 892-yildan boshlab esa Ismoil Somoniy butun Movarounnahrning yagona hukmdori bo'lib oladi. Ismoil Somoniy o'z davrining qobiliyatli, serg'ayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi bo'lib, Movarounnahr hududida yirik markazlashgan davlatga asos soldi. U o'z davlatiga doimo xavf solib turgan ko'chmanchilar ustiga 893-yilda qo'shin tortdi, Taroz shahrini egallab, shimoldan bo'ladigan hujumlarga abadul-abad barham berdi. Kuchayib borayotgan va mustaqillikka intilayotgan Ismoil Somoniy siyosati Arab xalifaligini tashvishga solayotgan edi. Shu bois xalifa Mu'tazid Ismoil Somoniy bilan Xuroson noibi Amir ibn Laysni to'qnashtirib o'z maqsadiga erishmoqchi boidi. 900-yilda Ismoil hal qiluvchi jangda Amir ibn Laysni yengib Xurosonni ham o'ziga qo'shib oldi. Natijada xalifa Ismoil Somoniy davlatini tan olib, unga hukmdorlik yorlig'ini yuborishga majbur bo'ldi2. Ana shu tariqa, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan butunlay xalos bo'ldi.
Ammo Somoniylar davlati Ismoilning avlodlari: Ismoil Somoniyning o'g'li Ahmad hukmronligi (907-914), uning o'g'li Nasr II (914-943), lining o'g'li Nuh ibn Nasr (943-954), uning o'g'li Abdumalik (954-961) lar davrida inqiroz sari yo'l tutdi. Somoniylar davlati mustaqillikka erishuvi oqibatida uning xo'jalik hayotida ham chuqur o'zgarishlar yuz berdi. Mamlakat xo'jalik hayotida «iqto» mulklarining o'rni katta edi. Bu mulk egalari «muqto» yoki «iqtodor» deb yuritilgan. Iqtodorlar bu mulklami davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun yer va suv shaklida olganlar. Iqto shaklida hatto viloyatlar, vohalar, shahar va tumanlar hadya qilingan. Somoniylar davrida xo'jalikning barcha sohalari rivoj topdi.
Somoniylar davrida katta yer egalari - dehqonlarning nufuzi ortdi. Ko'pincha bir dehqon qo'lida katta yer maydonlari, butun bir viloyat bo'lgan. Ziroat bilan shug'ullanuvchi ziroatkor kadivar deyilgan. Yirik yer egasi yerida ishlaydigan ijarachi barzigar deb atalgan. Xo'jalikda qul mehnatidan ham foydalanilgan. Somoniylar davlati aholisining asosiy qismini ziroatchilar tashkil etgan. Keyingi o'rinda hunarmandlar va savdogarlar turgan.
Somoniylar davlati yer egaligiga asoslanganligi tufayli undagi mulkiy bo'linish ham turli xil shakllarga ega bo'lgan.
Bular quyidagilardir:
1. «Mulki sultoniy» - sulton (amir)ga tegishli yerlar. Undan tushadigan daromadlar davlat xazinasiga tushardi. Bu juda katta yer-mulklarni, shu jumladan, ko'p sonli dehqonlar mulklarini ham o'z ichiga olgan.
2. Mulk yerlari - xususiy mulk yerlari. U asosan hukmron sulola vakillari hamda yuqori tabaqa namoyandalari ixtiyoridagi mulklar edi.
3. Vaqf yerlari. Bu machit, madrasa va boshqa diniy muassasalar tasarrufiga berilgan yerlar. Ulardan keladigan barcha daromadlar musulmon ruhoniylari manfaati uchun sarf qilinardi.
Olinadigan soliqqa qarab yerlar 2 ga bo'lingan:
1. «Mulki xiroj» - xiroj yerlar, ya'ni soliq olinadigan yerlar. Dehqonlar yashagan yerlar, ya'ni «mulki sultoniy» va «mulklar» shu toifaga kirgan. Bu yerlarda ishlovchilar hosilning uchdan birini davlatga soliq tariqasicla topshirardilar.
2. Soliq to'lashdan qisman yoki butunlay ozod etilgan yerlar. Bunday yerlar oliy musulmon ruhoniylari hamda payg'ambar avlodidan bo'lgan sayidlar mulki hisoblangan.
Somoniylar davrida ham ko'pchilik dehqonlar ommasi turli xil soliq va to'lovlardan tashqari davlat tomonidan ko'pJab majburiyatlarni o'tashga ham jalb etilgan. Suv inshootlarini tozalash, ta'mirlash, to'g'onlar, ko'priklar, yo'llar qurish shular jumlasidan edi. Bu og'ir mehnat ishlariga jalb qilingan xodimlar haftalab, o'n kunlab, ba'zan esa oylab o'z hisobidan ishlab berishga majbur edilar. Qishloqlarda esa yersiz dehqonlarning ko'pchiligini kadivarlar, ya'ni yollanib ishlovchi korandalar tashkil etardi. Korandalar IX-X asrlarda «sherik» yoki «barzikor», Xurosonda esa «akkor» deb atalgan. Bu davrda yirik mulkdorlar kadivarlardan ko'ra barzigorlarga yerlarini ijaraga berib ishlatishni o'zlari uchun afzal bilganlar. Somoniylar davlati ikki ulkan mamlakatni - Movarounnahr va Xurosonni o'z ichiga olgan edi. Movarounnahrga Amudaryo shimolidagi yerlar kirgan. Shulardan Buxoro, Samarqand, So'g'di Istaravshon, Choch, Iloq, Farg'ona, Kesh, Nasaf viloyatlari siyosiy va madaniy, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan edi. Daryolarning yuqori oqimi viloyatlaridan Chag'oniyon, Xuttalon, Qubodiyon, Ahorun, Shumon, Vashgird, Rashtt, Kumed, Badaxshon, Karon, Shikinon, Vaxon, Ro'shon qisman somoniylarga tobe edilar. Xuroson Amudaryoning janubida joylashgan Balx, G'uzg'onon, Garjiston, Marv, Hirot viloyatlarini o'z ichiga olardi. Somoniylar xalifalikdagidek hukmronlik tizimini o'rnatdilar. Somoniylar Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli markazlashgari hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu, ayniqsa Ismoil Somoniy hukmronligi davrida dolzarb masalaga aylandi3. Chunki Ismoil Somoniy Movarounnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo'ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. Shuning uchun u bir qancha islohotlar o'tkazdi. Mana shunday islohotlardan biri davlatni boshqarish ma'muriyatirii joriy qilish bo'ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 10 ta devon {harbiy-fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuyini tashkil etishda Somoniylar Eroni va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.


1.2.Ma'lumki, Movarounnahr istilo etilib, xalifalikka qo’shib olingach, zabt etilgan o’zga mamlakatlar qatorida, bu o’lkada ham faqat islomgana emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat hamda mafkurasi bo’lgan islom dini tili edi. Shuningdek, hududlari kengayib jahondagi eng yirik davlatga aylangan Arab xalifaligida davlat tili fan tili ham edi. Shu boisdan kadimiy madaniy an'analarga boy Ajam va Movarounnahrda qo’p jihatdan arab tilining mohiyati oshib, uni o’zlashgirishta bo’lgan intilish kuchli bo’ldi. Islomni qabul qilgan aholining qo’pchilikka yod arab tili bilan muloqoti, garchi faqat ibodat vaqtlarida Kur'oni Karimning qisqa suralarini tilovat qilishdan iborat bo’lsa-da, ammo mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o’z siyosiy faoliyatini tiklab, uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar, uni o’zlashtirishga astoydil kirishadilar. Arab tiliga bo’lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko’p vaqt o’tmay Movarounnahrda ham hatto o’z ona tilidan ko’ra arab tili va yozuvini yaxshiroq o’zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo’ladi. O’z navbatida, chegaralari borgan sari kengayib ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ham ilm va ilm ahli suv va havodek zarur edi. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ayniqsa ko’plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo’lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi. Shu boisdan Movarounnahr, Xorazm va Xurosonda mahalliy tillarda yozilgan asarlar yo’q etilib, yerli bilimdonlar quvg’in ostiga olib turilgan bir paytda bu mamlakatning ko’pgina tolibi ilmlari xalifalikning markaziy shaharlari — Damashq, Qohira, Bag’dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo‘ladilar. Bu davrda ayniqsa Bag’dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda Sharqning o‘ziga xos Fanlar Akademiyasi «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil etilgan edi. «Bayt ul-hikma» da katta kutubxona hamda Bag‘dodda va Damashqsa astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadhonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bi-lan bir qatorda qadimgi yunon, fors va hind olimlarining ulkan merosini to‘plash, asrash va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar4. Qariyb ikki asr mobaynida faoliyat ko‘rsatgan jahonga mashhur bu ilmiy dargohning ko‘p sonli olimu fuzalolari orasida Masarjavayh, Muhammad Fazoriy, Fazl Navbaxt, Yoqub Kindiy va ko‘pgina boshqalar kabi bir nechta chet tillarni mukammal biladigan yetuk tarjimonlar faoliyat ko‘rsatganlar. Bu davrda «Bayt ul-hikma»da Muso Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Xolid Marvarudiy, Ahmad Farg‘oniy, Abdulloh at-Turk, Abu Xolid Sog‘uniy, Qaffol Shoshiy kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asrlar ilmu fani, xususan, matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, kimyo va huquqshunoslik fanlarining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadilar.
Muhammad Ibn Muso Xorazmiy (783—850) qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarni u o‘z ona yurti Xorazm va Movarounnahr shaharlarida ko‘pgina ustozlardan oladi. So‘ngra u xalifa Xorun ar-Rashidning Xuroson va Movarounnahrdagi noibi, keyinchalik Xalif Abdulloh ibn Xorun ar-Rashid Ma'mun zamonida (813—833) «Bayt ul-hikma» nomi bilan shuhrat topgan Ma'mun Akademiyasida mudir sifatida fao-liyat ko‘rsatadi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va movarounnahrlik olimlar bilan ijod qiladi. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Yahyo ibn Mansur Marvaziy, Ahmad Farg‘oniy, Xabash al-Marvaziy, Xolid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Abul Abbos al-Javhariy va boshqalarbor edi. Xorazmiy zamondosh olimlar bilan birgalikda yer aylanasini, uzunligi va radiusini aniqlash hamda geografik xaritalar tuzish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo‘shadi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozadi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Bu kitoblar «Aljabr va al-muqobala» hisobi hakida qisqacha kitob, «Hind hisobi haqida» yoki «Ko‘shish va ayirish haqida kitob», ya'ni arifmetik asar; «Kitob surat ul-arz» — «er surati» haqida geografiyaga oid kitob; «Zij», «Usturlob bilan ishlash haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Usturlob yordamida azimutni aniqlash haqida» kabi astronomiyaga oid asarlar; shuningdek, «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-tarix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola» nomlari bilan atalgan.
Xorazmiy merosidan, ayniqsa, «Aljabr va al-muqobala» kitobi-ning ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. U bu kitobi bilan matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos sodsi. Hatto «al-gebra» atamasi ushbu kitobning qisqacha «al-jabr» deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika faniga «algaritm» atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning «Aljabr» asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi.
Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Keyinchalik esa asrlar davomida yevropa olimlari Xorazmiy asarini qayta-qayta ishlab, uning asosida darsliklar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasining yevropada, qolaversa butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etadi. Shunday kilib, buyuk vatandoshimiz Xorazmiy matematika faniga asos sol-di, tarixda o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi5.
IX asr boshlarida «Bayt ul-hikma» da ijod qilgan olimlardan yana biri marvlik Yahyo ibn Abu Mansur edi. U 828 yilda xalifa Ma'mun farmoni bilan Bag‘dodning Ash-sha-mosiya mahallasida rasadxona qurilishida boshchilik kiladi. Rasadxona ishlari va unda olib borilayotgan quzatishlar na-tijalari haqida «Bayt ul-hikma» ning mudiri Xorazmiygahisobot berib turadi. Yahyo ibn Abu Mansur «Az-Zij al-Ma'muni al-mumtaxan» («Sinalgan zich») nomli astronomik asar yozib qodsirgan. U 831 yilda Bag‘dodda vafot etgan.
«Bayt ul-hikma» ning olimlaridan Xolid ibn Abdumalik al-Marvaziy esa 831 yidda Damashq yaqinidagi Ki-siyon tog‘ida barpo etilgan rasadxonani boshqargan. U ham o‘z «Zij» ini tuzadi. yer meridianining uzunligini o‘lchash ishlariga boshchilik qiladi. Bag‘dodda Xorazmiy bilan hamkorlikda ishlagan matematik Ahmad ibn Adbulloh al-Marvaziy zamondosh olimlar o‘rtasida Habash al-Hosib («Hisobchi habash») laqabi bilan mashhur edi. U ikkita «Zij» tuzadi. Uning zijlaridan o‘rta asr astronomlari keng foydalanganlar. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, Habash al-Marvaziy handasa fani (geometriya)ga tangens, kotangens, kosekans funksiyalarini kiritib, ularning jadvallarini keltirgan.
«Bayt ul-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad Farg‘oniy (taxminan 797—8-b5)dir. Uning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. U Farg‘o-nada tavallud topgani uchun Sharqsa al-Farg‘oniy, yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. Ahmad Farg‘oniy xalifa Ma'mun (813—833), Mu'tasim (833—842) va Mutavakkil (846-861) hukmronlik qilgan davrda yashadi. U avval Marvda, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug‘ullandi va qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi. U asosan Damashqsaga rasadxonada osmon jismlari hara-katini va o‘rnini aniqlashning yangicha «Zij»ini yaratish ishlariga rahbarlik qiladi. 832—833 yillarda Suriyaning shimolidagi Sanjar dashtida va Ar-Raqqa oralig‘ida yer meridianining bir darajasining uzunligini o‘lchashda qatnashadi. 861 yilda uning rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi Nilometr — daryo oqimi sathini o‘lchagich inshooti Miqyos an-Nil va uning darajoti tiklanadi. Ahmad Farg‘oniy tarixda birinchilardan bo‘lib yerning yumaloqligini isbotlab bergan olimdir6.
Bizning davrimizgacha Ahmad Farg‘oniyning 8 ta asari saqla nib, ularning birortasi ham hozirgi zamon tillarigatarjima qilinmagan edi. Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan uning ayrim risolalari o‘zbek va rus tillarida nashr ztildi. Ularning orasida uning «Kitob ul-harakat as-samoviya va javomi' ilm an-nujum» («Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum — astronomiya asoslari kitobi») ham bordir. Bu kitob XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib, nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Ispaniya orqali yevropa mamlakatlaridagi astrono-miya ilmining rivojini boshlab berdi. Shundan so‘ng Ahmad Farg‘oniy nomi lotinlashtirilib, «Alfraganus» shaklida G‘arbda shuhrat topdi. Uning «Astronomiya asoslari» nomli kitobi bir necha asrlar davomida yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanib kelindi.
Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda Islom ta'limoti va mafkurasining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo‘ldi. Bu borada ayniqsa Ismoil a l-Buxoriy va uning zamondoshi va shogirdi Iso at-Termiziylarning hissasi nihoyatda buyuqdir. Ismoil al- Buxoriyning to‘liq ismi Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriydir. U 810 yilda Buxoroda tug‘ilgan, kuchli qobiliyat va xotiraga ega bo‘lgan. Yoshligidanoq hadislarni o‘rganishga kirishib, butun umrini hadis ilmiga bag‘ishlagan. U hadis va tafsir olimi, tarixchi bo‘lib yetishgan. Hijoz, Misr, Iroq, Xuroson va boshqa o‘lkalarda yashab 600 mingdan ortiq hadis to‘plagan. Ulardan eng ishonchlilarini saralab, 4 jildli «Al-jome as-sahih» («Sahihi Buxoriy») to‘plamini tuzgan. Bu asar islom dunyosida Qur'ondan keyin ikkinchi manba sanaladi va islom dorilfununlarida asosiy darslik sifatida o‘rganiladi.
Bu bebaho asarga kiritilgan 7275 hadis va ularga berilgan ko‘pdan-ko‘p sharhlarda faqat shariat ahkomlariga oid qoidalargina ifodalanmaydi, balki inson ma'naviy kamolotining ramzi hisoblangan mehr-muhabbat, hurmatu izzat, muruvvatu himmat, halolligu mehnatsevarlik, saxiyligu ochiqko‘ngillik hamda o‘zaro tinch-totuvlik kabi insoniy fazilatlar haqida bayon etilgan.
Imom al-Buxoriy «Al-adab ul-mufrad» («Adab durdo-nalari»), «Tarix al- Buxoro» («Buxoro tarixi»), «Al Jomi' al-sag‘ir» («Muxtasar to‘plam») nomli asarlar yozgan. Uatrofiga ko‘plab shogird va izdoshlarini to‘plagan. Uning eng mashhur shogirdlaridan biri Imom at-Termiziy edi.
Imom at-Termiziy 824 yilda Termiz shahridan 6 farsax (36 km) shimolda joylashgan Bug‘ qishlog‘ida dunyoga kelgan. Islom olamida mashhur bu muhaddis olimning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad bin Iso bin Savra bin Muso bin az-Zahhok az-Zarir at-Termiziy al-Bug‘iydir. Samarqand, Buxoro, Marv va boshqa shaharlarda mashhur muhaddislar asarlarini o‘rganib, islom dunyosining turli shahar va mamlakatlariga safar qilib, Xuroson, Iroq, Hijozning mashhur muhaddis ulamolari bilan muloqotda bo‘lgan.
Imom at-Termiziy hadislar to‘plab, bir qancha asarlar yozgan, «Jome as - Sahih» yoki «Sunani Termiziy», «Kitob Ilal», «Kitob at-Tarix», «Kitob at- Shamoil an-Naboviya», «Kitob az-Zuhd» va boshqalar shular jumlasidandir. XI-XII asrlarda ijtimoiy fanlar ham anchagina taraqqiy etdi. Masalan, shoir Abu Abdullo Rudakiyning prozaik asarlari, Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»si, Gardiziyning «Zayn-ul-bahor» («Go’zal xabarlar») asari, Majididdin Admoning «Tarixi mulki Turkiston» («Turkiston tarixi»), Nizomulmulkning «Siyosatnoma»si, Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilik» asarlari shu davrga oid bo’lib, undan tashqari shu davrlarda Zamaxshariy, Mahmud Qoshg’ariy, Amak Buxoriy, So’zani Samarqandiy kabilar ham ijod etdilar.
IX-XII asrda dunyoviy fanlar bilan birga diniy bilimlar ham keng rivojlandi. Ismoil Buxoriy, Iso Termiziy, Burxonuddin Marg’iloniy, Abu Xafs Kabir Buxoriy kabi ulamolar islom ta’limotining rivojiga ulkan hissa qo’shdilar. Islom dini ta’limotining ravnaqi va targ’ibotining kengayishida Buxoro shahri markaziy o’rin egalladi.Tasavvuf ta’limoti rivojlanib O’rta Osiyoda uning turli xil yo’nalishlari (XII asrda Turkistonda Yassaviya, XIII asr oxirida Xorazmda Kubroviya, XIV asrda Buxoroda Naqshbandiya) paydo bo’ldi va tarqaldi.
Muhammad ibn Muso Xorazmiy mashhur matematik, astronom, geograf, tarixchi edi. Vatandoshimiz algebra faniga asos soldi. Uning «Al-jabr», «Zij», «Quyosh soati haqida risola», «Sur’at ul-arz», «Usturlob holati haqida risola» kabi asarlari Sharq va G’arb mamlakatlarida ilmiy fikrlarning rivojiga samarali ta’sir ko’rsatdi.
Abu Nasr Farobiy Sharq falsafasining ulug mugafakkiri bo’lib, kadimga dunyo falsafiy merosini saqlashda va rivojlashirishda katta hissa qushdi. U 160 dan ortiq asar yozgan, ulardan «Aristotilning «Metofizika» asari maqsadlari haqida», «Musiqi kitobi», «Baxt-saodatga», «Siyosat al-madoniya» shular jumlasidandir.
1998 yil Ahmad Farg’oniyning 1220 yilligi nishonlandi. Ahmad Farg’oniy astronom, matematik, geograf edi. Bag’dod yaqinda Raqoq nomli mavzsda rasadxona qurilishiga boshchilik qilib, astronomiya maktabini tashkil etadi. Uning «Astronomiya asosi», «Samoviy harakatlar», «Yulduzlar haqidagi fan» nomli asarlari mashhurdir.
Xorazm madaniyati xorazmlik ulug’ olim Abu Rayhon Beruniyning nomi bugan bog’langan. Abu Rayhon Beruniy 150 dan ortiq ilmiy asar yozgan bo’lib, «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorlmklar», «Hindiston», «Meteorologiya» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy ilm-fanning hamma sohalarini yaxshi bilgan qomusiy olim edi. U astronomiya, geologiya, gidrostatika, geografiya, tarix fanlarga katta hissa qo’shdi.

2.1.XIII asr boshida mo‘g‘ullar hujumi natijasida o‘ta tushkun ahvoldagi madaniy hayot XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib asta-sekin jonlana boshladi.


Samarqand bu davrda Temur davlatining markazi sifatidagina emas, balki Sharq va G‘arbdagi madaniy jihatdan eng rivoj topgan olim fozillari, madrasalari, bozorlari, bog‘u-rog‘lari bilan turli o‘lka vakillarini o‘ziga jalb etuvchi muhim ma’naviy markazga aylandi.
Islom dini bu davrda Amir Temur va Temuriylar siyosatida, mamlakatdagi ma’naviy birlik, madaniy yuksalish, adolatni o‘rnatish va saqlash ishiga qaratildi. Islom dini asosida shakllangan tasavvuf olimlari, ayniqsa, naqshbandiya bu davr ma’naviyatining g‘oyaviy asosi bo‘lib xizmat qildi. Naqshbandiya islomga tayangan holda insonning axloqiy poklikka, mehnatga, intilishga va bilim egallashga keng yo‘l ochib beruvchi g‘oyalarni targ‘ib qilib, ma’naviy-ijtimoiy hayotda muhim ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bahouddin Naqshband, Yoqub Charxiy, Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror kabi naqshbandiya nazariyotchilavri shu davrda yashab ijod etdilar.
XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrda Amir Temur va Temuriylar, Shohrux, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro davrlarida Movarounnahr va Xuroson islom doirasidagi mafkuraviy erkinlik, madaniyatga e’tibor ilm-fan, adabiyot, san’atning tez rivoj topishiga olib keldi. Samarqandda rasadxona qurilib, Ulug‘bek ilmiy maktabi shakllandi, aniq fanlar rivojida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Qozizoda Rumiy, Koshiy, Ali Qushchi kabi olimlarning asarlari butun musulmon olamiga mashhur bo‘ldi. Gumanitar – ijtimoiy fanlar va rassomlik, xattotlik oliy cho‘qqilarga ko‘tarildi. Jomiy, Behzod, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond Xondamir kabi mashxur adib, rassom, tarixchilarning nomlari boshqa o‘lkalarda ham tez ma’lum bo‘ldi. Fors tili o‘z mavqeini saqlagan xolda adabiyotda turkiy tilning roli kuchayib ketdi.
Bu davrda turkiy tildagi she’riyat sultoni Alisher Navoiy ijod etib, o‘zining dostonlari, ilmiy-tarixiy asarlari bilan madaniyat tarixida o‘chmas iz qoldirdi.
Temuriyzoda shahzodalardan biri Shohrux Mirzo davrida Xurosonda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlandi, ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Masjidlar, madrasalar, xonaqolar, rabotlar, sardobalar, qishloq va qo‘rg‘onlash qurilib, mazkur qurilishlar vaqf mulklari bilan ta’minlandi. Shohruh Mirzoning mo‘tadil ichki va tashqi siyosati Xurosonda tinchlikning barqaror bo‘lishiga olib keldi. Bu davrda tijorat, hunarmandchilik, dehqonchilik yuqori darajada ko‘tarila boshladi. XIV-XV asrlarda Xurosonda kulolchilik san’ati, sopol buyumlar bilan bir qatorda suv inshootlarida, o’lkan binolar qurilishida ishlatiladigan sopol quvurlar, xilma-xil shakl va ranglar bilan jilolangan sopol koshinlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yildi.
Shohruh Mirzo mamlakat istiqbolini ko‘zlab Xitoy va Hindiston hukmdorlari bilan diplomatik munosabatlarni yaxshilashga xarakat qildi. Mazkur mamlakat elchilari Samarqand va Hirotda o‘z navbatida G‘iyosiddin Naqqosh raxbarligida Xitoyda, Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligidagi elchilar Hindistonda bo‘ldilar. Shohruh Mirzo Hirot madrasa va xonaqoh bino qildirdi. Bu paytda poytaxt Hirot va umuman Xurosonda madaniy va miashiy qurilishlar keng quloch yozadi.Hirotda bir necha shifoxonalar mavjud bo‘lib, bularning qatorida yana ikkita “Dorushshifo” quriladi. Bu shifoxonalarning bittasi Shohruhning uchinchi xotini Mulkat og‘o (Mulk og‘o) tarafidan, ikkinchisi esa Shohruhning nabirasi Alouddavla (1417-1460) tomonidan qurdirilgan edi. Mulkot og‘o ham Gavharshodbegim kabi Hirotda “Dorulhadis” nomli xonaqoh, ikkita hammom, Hirotdan 8 farsax narida, Amudaryoga boradigan yo‘l ustida bitta rabot Balx shahrida bir madrasa qurdirdi. Hirot qadim zamonlardan turli-tuman diniy va ilmiy kitoblarga boy shaharlardan hisoblangan. Shohruh Mirzoning ham ajoyib kutubxonasi bo‘lgan. Bu kutubxonalar qimmatli asarlarga boyligi va xilma-xilligi bilan shuhrat qozongan.
Umuman sohibqiron Amir Temur vafotidan keyin Movarounnahr va Xurosonda Shohruh Mirzoning hukmdorlik davriga nisbatan osoyishtalik hukm surdi. Binobarin, Amir Temur boshlab bergan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayot o‘z rivojini topdi.
Bu sulolaning buyuk namoyondalaridan biri Mirzo Ulug‘bek bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan 1994-yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda katta tantanalar va xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Parijda ham YUNESKO qarori bilan uchrashuvlar va konferensiyalar bo‘lib o‘tdi.
Ulug‘bek 1394-yilning mart oyida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida, bobosi Temurning harbiy yurishi paytida tug‘ildi. U Shohruh Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, unga Muhammad Tarag‘ay ismi berilgan, lekin bolaligidayoq u Ulug‘bek deb atala boshlab, bu ism keyinchalik uning asosiy ismi bo‘lib qoldi.
Ulug‘bekning ustozlaridan biri, munajjim Mavlono Ahmad bo‘lganligini taxmin qilish mumkin chunki bu kishi Temurning saroyidagi eng yirik olimlardan bo‘lib, sayyoralarning kelajak ikki yuz yillik taqvimlari jadvallarini tuza olgan. Lekin Ulug‘bekning o‘zi keyinchalik asosiy asari bo‘lmish “Ziji”da faqat Qozizoda Rumiyni “ustozim”deb ataydi. Haqiqatdan ham Qozizoda 1360- yilda tug‘ilgan bo‘lib, 20-25 yillarida ya’ni Ulug‘bek tug‘ilmasidanoq Temurning safiga o‘tadi. Natijada Ulug‘bek umrining ilk davridanoq Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy kabi astronom va matematiklar ta’sirida ulg‘aydi. Shu sababli uning hayotida aniq fanlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ulug‘bek yigirma yoshlarida o‘z davrining yirik olimlaridan bo‘lib, uning hokimligi davridagi muhim yangiliklar butun o‘rta asr madaniyati tarixida o’lkan ahamiyat kasb etdi.
Sohibqiron Amir Temur Markaziy Osiyo va unga qo‘shni bo‘lgan yurtlarni birlashtirib, feodal tarqoqlikka barham bergach, Samarqandga tasarruf etilgan barcha mintaqa va viloyatlardan mashxur olim va hunarmandlarni to‘play boshlagan. Uning maqsadi IX – X asrlarda bo‘lgani kabi islom dunyosining ilmiy markazlari sifatida tanilgan Xorazm, Buxoro va Bog‘doddagi “Bayt ul-hikma” ilmiy maktablari an’analarini Samarqandda tiklash bo‘lgan. Poytaxtda Samarqandga kelgan barcha olimlarga ijod qilishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Saroyda Amir Temur huzurida erkin ilmiy bahslar bo‘lib, g‘olib chiqqan olim va shoirlar rag‘batlantirilgan, sinovdan o‘tgan yirik olimlar yangi qurilgan madrasalarga mudarrislikka yuborilgan. Ilm-fanga, ma’rifatga e’tibor balandligi bois o‘sha zamonning ko‘pgina olimlari Samarqandga borishni o‘zlari uchun sharaf deb bilishgan.1 Shundaylardan biri Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri tarixida o‘chmas iz qoldirgan faylasuf Taftazoniydir. U 1322-yilning safar oyida hozirgi Ashxabod shahri yaqinidagi Niso muzofotidagi Taftazon qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘n olti yoshigacha ilohiyot fanlarini, arab tili, nutq san’ati va mantiq ilmini o‘sha davrning mashxur olimlari Al-Ijiy va mantiqshunos Qutbiddin ar-Roziy at-Taxtoniydan (1290-1365) o‘rganarkan, uning birinchi ilmiy asari esa Seraxs (Eron) olimlari orasida mashhur bo‘lib, bu asari orqali madrasa mudarrisi huquqini qo‘lga kiritgan. Shu davrdan boshlab u qariyb 30 yil davomida Movarounnahr va Xuroson bo‘ylab ko‘chib yurib, turli madrasalarda falsafa va mantiqdan dars bergan7. So‘ngra Temur davlatiga binoan Samarqandga kelib umrining oxirigacha shu shaharda ijod etib, Temur saroyidagi ko‘psonli ilmiy bahslarda faol qatnashgan. Manbalarda qayd etilishicha, Samarqandda yashagan mashhur faylasuf Mir Sayyid Sharif Jurjoniy va Taftozoniy o‘rtasidagi ilmiy bahslar juda keskin va qiziqarli o‘tgan.
Taftazoniyning ilmiy merosi o‘rta asrlar fanining barcha sohalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, Qur’on tafsiridan boshqa asarlari arab tilida yozilgan bu asarlardan XIV-XV asrning ikkinchi yarmigacha Movarounnahr va uning atrofidagi madrasalarda o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilgan. Taftazoniy 40 dan ortiq asarlar yozgan.
XV asr boshlarida Movarounnahrda shuhrat qozongan ulkan matematik va astronomlardan biri Qozizodadir. Olimning to‘liq nomi Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud. Uning otasi Muhammad “Xoja Afandi” laqabi bilan ma’lum bo‘lib, Salohiddinning bolalik yillarida vafot etgan.
Qozizoda Ulug‘bek madrasasida mudarrislik yillarida “sayyid as-sanad” deb tilga olinadigan Sayyid Sharif Jurjoniy nomli bir mudarris bilan muloqotda bo‘ladi. Qozizoda u kishi bilan ko‘p mubohisa va munozara qilardi. Ba’zan shunday bo‘lardiki, bu mubohisalarda ikala shaxs ham bir biriga nisbatan ovozini ko‘tarar va tafovut, muxolifotga borardilar. Shunday hollarda Qozizoda Sayyid Sharifga nisbatan “matematik fanlarda qudratsiz” desa, Sayyid Sharif Qozizodaga “ta’bi matematik fanlarga mag‘lub va falsafiyotga mansub” der edi. Lekin ikkisi ham bir-birining asarlarini tahrir qilar va tortishuvga sabab bo‘lgan masalalarni talabalar oldiga qo‘ygan edilar.
Ulug‘bek Jamshid Koshiydan “Ziji Elxoniy” haqida va Marog‘adagi kuzatishlar haqida ko‘p eshitib, o‘zi rasadxona barpo etish va yangidan astronomik kuzatishlarni boshlashga tashabbus ko‘rsatadi. Rasadxona qurilishini Qozizoda bilan birga Jamshid Koshiy boshqaradi. Qurilish tugatilib, kuzatishlar boshlaishi bilanoq Koshiy vafot etadi. Bundan so‘ng ishlarga ilmiy rahbarlik Qozizodaning zimmasiga yuklanadi. U ham kuzatishlar oxiriga yetkazilmasdan vafot etadi. Endi kuzatishlarni davom ettirish navbati Ali Qushchi keladi va bu ishda katta jonbozlik ko‘rsatib, ustozi Ulug‘bek bilan ishni nihoyasiga yetkazadi.
Ulug‘bek rasadxonasining yetuk namoyondalaridan sanalgavn va Ulug‘bekdek buyuk olimni tarbiyalagan Qozizoda Rumiy qoldirib ketgan adabiy – ilmiy meros bugungi avlodning oltin mulki hisoblanadi.
Jamshid ibn Ma’sud ibn Mahmud G‘iyosuddin al Koshiy (ko‘proq G‘iyosuddin al-Koshiy ismi bilan mashxur). XIV-XV asrda o‘z fanining bilimdonlari – riyoziyotchilar, tabiblar va hunarmandlari bilan shuhrat qozongan Koshonda tug‘ilgan. Uning bobosi Mahmud ibn Yahyo ibn al-Hasan al-Koshiy ham o‘qimishli bo‘lib, 1411-yilda Sherozda riyoziyot va astrologiyaga oid risola – Iskandarning (Amir Temurning nabirasi) goroskopini tuzgan.
Koshiyning Hirot, ayniqsa Samarqanddagi ilmiy-tadqiqotlari, uning matematika va astronomiya sohasida erishgan yutuqlari ,Temuriylar davrida Xuroson va Movarounnahrda madaniy rivojlanish va turli yurtlardan kelgan olimlarning erkin ilmiy faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilganligining yana bir muhim dalilidir.
Bu davrda o‘zbek mumtoz adabiyotida yorqin iz qoldirgan, betakror g‘azallar va qasidalar yaratgan yetuk iste’dod egasi, lirik shoirlardan biri Sakkokiy. U XIV asrning ikkinchi yarmida yoki XIV asrning oxirgi choragida tug‘ilganini taxmin qilish mumkin.
Sakkokiy ijodining gullagan davri Ulug‘bek hukumronlik qilgan davrlarga (1409-1449) to‘g‘ri keladi. Tarixdan ma’lumki, buyuk munajjim va yetuk davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek ma’rifatparvar podshoh bo‘lish bilan birga ilm-fan, san’at va adabiyot ahlining homiysi ham edi. Ana shu fikrdan kelib chiqqan xolda aytish mumkinki, Sakkokiy Ulug‘bekdan panoh topgan allomalar sirasiga kirib, uning ijodiy faoliyati odil podshoh bilan bog‘liqdir.8
Mavlono Lutfiy XIV-XV asrlardagi o‘zbek mumtoz adabiyotining atoqli namoyondasi bo‘lib, o‘zining o‘zbek va fors-tojik tillaridagi asarlari bilan Sharqda katta shuhrat qozongan so‘z san’atkoridir. Shoirning hayoti va ijodi haqida zamondoshlari Davlatshoh Samarqandiy, Shamsiddin Somiy, Xondamir, Abulla Qobuliy kabi tazkiranavislarining asarlarida muhim qayd va mulohazalar uchraydi. Xususan, Lutfiyni yaqindan bilgan, u bilan ustoz va shogirdlik rutbasi bilan bog‘langan Alisher Navoiy asarlarida keltirilgan ma’lumotlar g‘oyat qimmatlidir.
Temuriylar saltanati hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda tarixshunosligi ham yangi bosqichda ko‘tarildi. Shu davrda fors-tojik adabiyoti o‘zining yangi rivojlanish pog‘onasiga yerishgan bo‘lsa, o‘zbek adabiyoti Alisher Navoiy, Mavlono Lutfiy, Durbek, Hofiz Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Sayyid Qosimiy, Yaqiniy ijodlari misolida o‘z taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga ko‘tarildi.
Abdurahmon Jomiyning “Haft avrang”, A.Navoiyning “Xamsa”, “Hazoyin ul maoniy” asarlari shu davr adabiyotining shoh asarlari edi. Jomiy yetti dostondan iborat to‘plamiga “Haft avrang” (Yetti taxt) deb nom qo‘yar ekan, Temuriylar sulolasidan yetti (Amir Temur, Xalil Sulton, Shohrux, Ulug‘bek, Abulqosim Bobur, Abu Said, Mirzo Husayn Boyqaro) ni ko‘zda tutgan bo‘lsa, Navoiy o‘z “Xamsa”sini yaxlit holda Husayn Boyqaroga bag‘ishlagan va bu bilan har ikki muallif ham shu davr hukumdorlariga o‘zlarining ma’lum ma’noda minnatdorchiliklarini namoyon etgan edilar.
Temuriylar davridagi adabiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri adabiy jarayonning yagonaligi, unda turkiy tilda ijod qiluvchilarning ham, forsiyda qalam tebratuvchilarning ham barobar va faol qatnasha olgani edi. Buni biz A.Navoiynitng “Majolis un-nafois” tazkirasida yaqqol ko‘ramiz.
XV asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-madaniy va adabiy hayotda yuz bergan ibratli xodisalardan biri Navoiy-Jomiy munosabatlaridir. Bu ikki buyuk zot ijod sohasida xalqparvarlik va insonparvarlik mavqeida turish bilan birga xalq, davlat ishlarida insof va adolatni yoqlar edilar.
Abdurahmon Jomiy g‘oyat sermahsul ijodkor bo‘lib, undan bizga adabiyotning turli janrlariga fan va san’atining rang-barang sohalariga oid boy meros qolgan. Jomiy asarlari o‘z davridayoq Xuroson va Movarounnahr doirasidagina emas, boshqa mamlakatlarga ham keng tarqalgan edi. Ba’zan qo‘shni mamlakat podshohlari, masalan, Sulton Ya’qub uning asarlarini so‘rab maxsus elchilar yuborgan. Uning asarlari o‘z davrida va undan keyin ham ko‘p qo‘lyozma nusxalarda ko‘chirilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida Jomiy asarlarining XV-XVI asrlarda ko‘chirilgan o‘nlab qo‘lyozmalarini uchratish mumkin. Bunday qo‘lyozmalar Rossiya, Afg‘oniston, Eron va Yevropa mamlakatlaridagi boshqa qo‘lyozma fondlarida ham uchraydi. Taniqli sharqshunos Y.E.Bertels “Jomiy monografiyasi”da shoir asarlarining Toshkent kulliyoti asosida shoirning nomini keltiradi.
Abduraxmon Jomiy Temuriylar davri ilm fani va adabiyotining faxri, Sharq she’riyatini yuksaklikka ko‘targan so‘z san’atkorlaridan biridir. U bir necha asrdirki, Navoiy bilan yonma-yon o‘zbek shoir va adiblariga ham ustozlik qilib kelmoqda va har doim shunday bo‘lib qoladi.XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy bo‘lib uning asarlari turkiy tilning boyishiga yuksak hissa qo‘shdi.9
Bundan tashqari Alisher Navoiy Husayn Boyqaro tomonidan muxrdor qilib tayinlangan paytda el xizmatida bo‘ldi. Keyinchalik uni vazir lavozimiga tayinlashdi. Navoiy el-ulus manfaati, shahar va mamlakat obodonchiligi, madaniyat ravnaqi, adolat tantanasi uchun foydalanadiki, bularning barchasi pirovard natijada Sulton Husayn davlatining barqarorligi va nufuzini ta’minlaydi.
Hirot bu davrda nihoyatda ko‘rkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, she’riyat, nafis san’at rivoj oldi talabalar uchun “Ixlosiya” madrasasi, darveshlar uchun “Xalosiya” xonaqohi, bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome’ yoniga Qorixona (“Dor ul xuffoz”) qurildi. Ulug‘ amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar qo‘lyozmalarni oqqa ko‘chirish, ularni badiiy bezash bilan band edilar. Hirotda yana “Nizomiya”, Marvda “Xusraviya” va boshqa madrasalar barpo etildi.
Fors tilida birinchi “Xamsa” yozganini qayd etmaydi. Nizomiy vafotidan 100 yil o‘tib Hindistonda tug‘ilib o‘sgan forsiyzabon turk o‘g‘loni Xusrav Dehlaviy Nizomiy “Xamsa”siga birinchi bo‘lib tatabbu yozadi va “Xamsachilik” an’anasini boshlab beradi. Dehlaviy “Xamsa”si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida o‘zining ham falsafaning ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV-XV asrlar mintaqa ma’naviyati “Xamsa” an’anasi ta’sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech bo‘lmaganda “Xamsa”ning bir dostoniga javob yoza bilish bilan o‘lchanadigan bo‘ldi. Bu jahon ma’naviyati tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Xaydar Xorazmiylar boshlab bergan “Xamsachilik” an’anasi o‘zining kamolini A.Navoiy ijodida topdi.
Navoiy o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiyotining so‘nggi rivojini belgilabgina qolmay, Movarounnahr va Xurosonning butun ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning asarlari, she’riyati qayta-qayta ko‘chirilib xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun maktab vazifasini o‘tadi, madrasalarda keng o‘rganildi.
2.2.Milliy istiqlol va Amir Temur omili. 1996 yil Amir Temur yili. YUNESKO tomonidan Amir Temur tavalludining keng nishonlanishi. Amir Temur va temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi. Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda Amir Temur haykalining ochilishi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning Amir Temur tavalludining 660 yillik yubileyi munosabati bilan “Ehtirom”(Toshkent 1993 y.), “Azaliy buyuklik maskani” (Samarqand 1996 y.), “Sohibqiron kamolga yetgan yurt” (Shahrisabz 1996 y.) so’zlagan nutqlarining tarixiy ahamityati.
Buyuk davlat arbobi, sarkarda Amir Temurning hayoti va faoliyati, u tashkil etgan davlat tarixi yuzasida bildirilgan fikrlarni kompleks ravishda qayta o’rganish va konseptual asosda qayta baholash ham ilmiy, ham siyosiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, tarix fanining ahamiyati hamda o’zbek xalqining qadimiy va boy tarixini idrok etishda: «sohibqoron haqida baho berib, amir temurga nisbatan tarixiy adolatni qaror topshirish bugungi temurshunoslikning muhim vazifalaridan biridir» - deb ta’kidlagan edi. Manbashunoslik, tarixnavislik va tarixiy tadqiqot ixtisosligi bo’yicha D.Obidjonova va B.Usmonovning tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dessirtatsiyalari muvofaqiyatli ravishda himoya qilindi. yuqorida zikr etilgan asarlar va uyushtirilgan barcha ilmiy andjumanlar bo’yicha nashr etilgan to’plamlarni o’rganib chiqib umumlashtirilganda ularga qo’yidagicha tavsif berish mumkin.
Birinchidan xorijda Amir Temur tarixi o’rta asrlardanoq katta qiziqish bilan o’rganib kelingan. g’arbning mashhur tarixchilari o’z asarlarida amir temur faoliyati haqida hozirgi kunda ham e’tiborga molik darajada saqlangan fikr- mulohozalarini bayon etganlar.
Ikkinchidan horij tarixshinosligida amir temur tarixini yorituvchi tadqiqot ishlarining salmoqli qismini rossiyada nashr etilgan asarlar tashkil etadi.
Va nihoyat, uchinchidan rus muarrixlarining amir temur shaxsi va uning tarixdagi urni haqidagi fikrlari xx asr davomida barcha sovet tarixchilari uchun asosiy dasturulamal bo’lgan desak xato qilmaymiz. Chunki, rossiyalik tarixchilardan M.M.Karamzin, T.M.Granovskiy, V.V.Bartold, A.YU.Yakubovskiy asarlari bir necha tillarga tarjima qilingan hamda jahon tarixshunosligi rivojlanishiga ham ma’lum darajada ta’sir o’tkazgan. Shuning uchun ham rossiya tarixshunosligidagi amir temur tarixiga oid asarlarni ilmiy tahlil etish, ularning yutuq va kamchiliklarini tarixiy manbalar asosida qo’rasatib berish hozirgi zamon o’zbek tarixshunosligining muhim vazifalaridan biriga aylandi.
Yana eng muhim fikr: “Hech kimga azob bilan qattiq muomala qilmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning azabiga duchor bo’lmayin va ishimni buzib, holimni tang qilmasin deb”. Har ikkala fikrdan Amir Temur davlati qanday qonunlar asosida idora qilinganligini bilib olish qiyin emas. Amir Temurning davlat idora usuli “Kuch adolatdadir” shiori asosida olib borilgan. Muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov, “Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir”, degan shior Amir Temur saltanatining barcha hududlarida birday amal qilib, ahloqiy maonaviy mezonga aylandi” - degan edilar. (1996 yil 18-oktyabrda) Temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi marosimida so’zlagan nutqlarida.
Amir Temur o’zining “Tuzuklari”da, “Qay bir joydan bir isht olsam, o’rniga o’n isht qo’ydirdim, bir daraxt kestirsam, o’rniga o’nta ko’chat ektirdim deb yozishining o’zi naqadar adolat bilan boshqarganligidan dalolat beradi.
Amir Temurning buyuk tarixiy shaxs sifatida hamda uning davlatchiligi tarixi o’tmish tarixchi olimlari tomonidan chuqur o’rganilgan, bugungi kunda ham o’rganilmoqda, bundan buyon ham turli fanlarga o’rganish ilmiy maydoni bo’lib xizmat qiladi. Sababi, hali o’rganilmagan tarixiy ildizlari hisobsizdir.
“Temur tuzuklari” xususida, uning tadqiq qilinishi haqida qisqacha to’xtab o’tdik. Endi uning davlatchiligi tarixi jahon tarixchi olimlari tomonidan qanday o’rganilganligi to’risida fikrlarimiz quyidagicha.
1996 yilning “Amir Temur yili” deb eolon qilinishi, o’sha yili 23-26 oktyabrp kunlari xalqaro nufuzli tashkilot YUNESKO tomonidan “Amir Temur va uning jahon tarixidagi o’rni” mavzuidagi xalqaro konferensiyaning tashkil qilinishi hamda o’tkazilishi fikrimizning dalilidir. Konferensiya ishiga Amerika, Angliya, Fransiya, Germaniya, Xitoy, Misr, Pokiston, Eron, Afoniston, Turkiya va yana dunyoning qator mamlakatlaridan olimlar, mehmonlar tashrif buyurishib, bobomiz Amir Temurga o’z ehtiromlarini izhor etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining yangi bosqichida davlat va jamiyatning har bir sohasida tubdan yangilanishlar, yuksalishlar bilan bir qatorda milliy davlatchilikni mustahkamlash, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotini barqaror izga tushirish va rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tarix fanida ham ajdodlarimiz tarixini o‘rganish, ularga to‘g‘ri va xolis baho berish, shu asosda milliy qadriyatlarimizni tiklash uchun keng yo‘l ochildi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Bizning havas qilsa arziydigan ulug‘ tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug‘ ajdodlarimiz bor”10
O‘tgan davr mobaynida obyektiv tariximizni yaratish yo‘lida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi11. Qator muhim manbalar nashr etildi. Natijada tarixchilar uchun yirik tadqiqotlar yaratish imkoniyati vujudga keldi. Xususan, ajdodlarimiz tarixining noma’lum bo‘lgan qirralari hamda insoniyat o‘tmishida o‘ziga xos o‘rin egallagan tarixiy shaxslar faoliyatini o‘rganish uchun ham manbaviy asoslar yaratildi. Binobarin, o‘z davrida buyuk saltanat barpo etgan, o‘zbek davlatchiligi tarixida hamda harbiy mahorat sohasida jahon tarixidan munosib o‘rin egallagan Amir Temur va temuriylar davri tarixi nafaqat o‘lkamiz, balki jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida umume’tirof etilgan davr sifatida ko‘plab tadqiqotlarni taqozo etadi. Zero, Sohibqiron Amir Temur el-u ulusning taraqqiyoti, tinchligi va xavfsizligini o‘z orzu-umidlarida mujassam etgan xalqimiz farzandi, “Temuriylar renessansi” asoschisidir.
Amir Temurning ibratli hayoti va davlatdorlik faoliyati, saltanati tarixi, undagi ilm-fan, madaniyatni o‘rganish tarixshunoslikning yirik ilmiy yo‘nalishlaridan biri sifatida doimo olimlar diqqat-e’tiborida bo‘lib kelgan. Shuningdek, temuriylar tarixiga tegishli manbalar jahon miqyosida turli tillarga tarjima qilingan hamda ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan.Dunyo tarixshunosligida Amir Temur davri tadqiqiga oid nashrlar, “Temurshunoslik” ilmiy yo‘nalishining shakllanishi, badiiy adabiyotda Amir Temur obrazining yaratilishi ancha ilgari boshlangan.
Ma’lumki, sovet tarixshunosligida o‘z davrining xos mafkuraviy yondashuviga qaramay, ma’lum ishlar amalga oshirilgan. Shu o‘rinda temurshunoslik rivojiga tamal toshini qo‘ygan G.A.Pugachenkova, I.Mo‘minov, R.Mukminova, B.V.Lunin, E.V.Rtveladze, P.Zohidov, L.I.Rempel, A.O‘rinboyev, B.Ahmedov, D. Yusupova, O‘.Alimov, T.Fayziyev, O.Bo‘riyev kabi qator fidoiy olimlarning tadqiqotlari Amir Temur saltanati tarixini yoritishga xizmat qildi. Zero, aynan ularning mustaqillik yillarida chop etilgan yirik nashrlarda Amir Temur hayoti va faoliyati tarixini mukammal yoritishdagi xizmatlarini e’tirof etish zarur. Birlamchi yozma manbalar, ya’ni qo‘lyozma kitoblar maxsus kataloglarda yoritilgan.
Ta’kidlash joiz, dastlabki bibliografik ko‘rsatkich mustaqillikkacha bo‘lgan davrda tarixshunos olim B.V.Lunin tomonidan tuzilib adabiyotlar sohalar bo‘yicha o‘n ikki qismga ajratib tasniflangan edi.12

Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotining yangi bosqichida davlat va jamiyatning har bir sohasida tubdan yangilanishlar, yuksalishlar bilan bir qatorda milliy davlatchilikni mustahkamlash, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotini barqaror izga tushirish va rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tarix fanida ham ajdodlarimiz tarixini o‘rganish, ularga to‘g‘ri va xolis baho berish, shu asosda milliy qadriyatlarimizni tiklash uchun keng yo‘l ochildi.
O‘tgan davr mobaynida obyektiv tariximizni yaratish yo‘lida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Qator muhim manbalar nashr etildi. Natijada tarixchilar uchun yirik tadqiqotlar yaratish imkoniyati vujudga keldi. Xususan, ajdodlarimiz tarixining noma’lum bo‘lgan qirralari hamda insoniyat o‘tmishida o‘ziga xos o‘rin egallagan tarixiy shaxslar faoliyatini o‘rganish uchun ham manbaviy asoslar yaratildi. U bir necha ming yillik tarixiy tajriba, buyuk an`ana, tom ma`noda shakllangan madaniy-ma`naviy jarayon mahsulidir. O’rta Osiyo o’rta asrlar tarixshunosligi tarix faniga nisbatan yangi fan hisoblanadi. Oʻrta asrlarda yaratilgan baʼzi tarixiy asarlarda, jumladan, Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston", Abu Bakr Narshaxiyning "Tarixi Buxoro", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Boburning "Boburnoma", Muhammad Yusufbek Bayoniyning "Tarixi Xorazm", "Shajarai Xorazmshohiy", Ahmad Donishning "Buxoro amirlarining tarjimai hollari" va boshqalarda muayyan maʼlumotlarni umumlashtirishga, fakt va tarixiy jarayonlar bayonida tahliliy yondashuvga boʻlgan harakatlar kuzatiladi.


Download 49,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish