Buxoro davlat universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING



Download 34,76 Kb.
bet3/3
Sana23.01.2022
Hajmi34,76 Kb.
#404971
1   2   3
Bog'liq
5-1tar-19 guruh talabasi To\'xtamisheva Marjona

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

FARMONI

INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASI QABUL QILINGANINING 70 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIRLAR DASTURI TO‘G‘RISIDA

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, xalqning tinch va farovon hayoti uchun shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashiga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning asosida qilingan qonunlar jamiyat va davlat faoliyatining barcha sohalarini isloh qilish uchun mustahkam huquqiy asos yaratdi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng qo‘shilgan dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlardan biri bo‘lgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida nazarda tutilgan asosiy tamoyillar o‘zining ifodasini topgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 70 ta asosiy hujjatga qo‘shildi, BMT tomonidan ushbu sohada qilingan 10 ta asosiy xalqaro shartnoma ishtirokchisiga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasida milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga xalqaro standartlarni tizimli va bosqichma-bosqich implementatsiya qilishning o‘z modeli, insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi monitoringi milliy tizimi shakllantirilgan.

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida mamlakatning xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada mustahkamlash, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin olish, O‘zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo‘shnichilik muhitini yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlat, jamiyat va fuqarolarning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining tamoyillari va qadriyatlariga e’tiborini kuchaytirish, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa choralar tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, qonunchilikka va davlat organlarining amaliy faoliyatiga inson huquqlari va erkinliklari sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilish mexanizmlari va tartibi samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan Tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan Tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha Komissiya (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin..

Komissiyaning asosiy vazifalari etib kuyidagilar belgilansin:

Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan ijrochilarning faoliyatini muvofiqlashtirish;

Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlar ijrosini tashkil qilishga va ularning o‘z vaqtida ijro etilishi monitoringini amalga oshirishga har taraflama ko‘maklashish;

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston vakillarining faol ishtirok etishi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, eng avvalo, BMT muassasalari bilan yaqin hamkorlik qilishini ta’minlash;

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni, mamlakatimizda maqsadi va shartlari inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘lgan demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda 2018-yil 10-dekabrda mamlakatimizdagi barcha maktab, litsey, kollej, oliy ta’lim muassasalarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qilinganining 70 yilligiga bag‘ishlangan umummilliy dars o‘tkazsin.

4. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari maslahati ko‘magida Dastur amalga oshirilishining borishini keng yoritish bo‘yicha mavzuli eshittirishlar, ko‘rsatuvlar va materiallar e’lon qilinishini tashkil etish tavsiya qilinsin.

5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.


2018 yil 10 dekabr kuni Umumjahon Inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganiga 70 yil to‘ladi. BMT Bosh Assambleyasining 3-sessiyasida qabul qilinib, tashkilotga a'zo barcha mamlakatlarga tavsiya mazmuniga ega bo‘lgan mazkur Deklaratsiya Yer sayyorasida yashayotgan insonlarning barchasiga birdek tegishli bo‘lgan huquqlarini ochiqlaydi. Bu hujjat dunyoning shu kungacha besh yuzdan ortiq tiliga tarjima qilingan bo‘lib, eng ko‘p tarjima qilingan hujjatdir. 30 moddadan iborat Deklaratsiya Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro qonunning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ta'kidlash o‘rinliki, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan yillardan Inson huquqlari va fuqarolar erkinliklarini ta'minlash borasida ayrim harakatlarni amalga oshirishga harakat qilib kelganiga qaramay, bu boradagi xalqaro reytinglarda hamon o‘z pozitsiyasini yaxshilay olgani yo‘q. Obro‘li huquq tashkilotlari, jumladan Human Rights Watch O‘zbekistonning hozirgi rahbariyati tomonidan inson huquq va erkinliklarini ta'minlash borasida ayrim ishlar amalga oshirilayotgani, biroq bu yetarli emasligi, inson huquqlarining himoya qilinishi bilan bog‘liq vaziyatni yanada yaxshilash uchun ko‘p ishlar qilinishi lozimligini ta'kidlamoqda.

Xo‘sh, Inson huquqlarini belgilab, izohlab, nimalardan iborat ekaniga oydinlik kirituvchi hujjat qanday qabul qilindi? Shunday deklaratsiyani ishlab chiqib, qabul qilishga nima turtki bo‘ldi? Umuman, mazkur deklaratsiyaga qanday ehtiyoj bor edi? Aslida, tug‘ilishidanoq hur tug‘iladigan har bir insonning huquqini dunyo miqyosida e'tirof etishga qanday zarurat bo‘lgandi?

Inson huquqlariga rioya qilinishi kun tartibiga chiqarilgan bugungi O‘zbekistonda Umumjahon Inson huquqlari deklaratsiyasini tarixini bilish foydadan xoli bo‘lmaydi, albatta.

1939-1945-yillar oralig‘idagi dahshatli voqealar, Ikkinchi jahon urushi vaqtida insoniyatga qarshi amalga oshirilgan qirg‘inlar insonning umume'tirof etilgan huquqlarini qayd qilish zarurligini ko‘rsatdi. 1941 yilda AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt «Mamlakatdagi holat bo‘yicha murojaat»ida 4ta muhim erkinlik: so‘z erkinligi, vijdon erkinligi, ehtiyojdan erkinlik va qo‘rquvdan erkinlikni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Ayni shu narsa, tinchlik o‘rnatish va urush tugashiga imkon beradigan inson huquqlari rivojiga yangi turtki berdi.

Dunyo afkor ommasiga natsistlar Germaniyasining konslagerlarda sodir etgan jinoyatlari ma'lum bo‘lganida, BMT Nizomi inson huquqlarini kerakli darajada izohlab bera olmasligi, himoya qila olmasligi ayon bo‘lib qoldi. Shunga binoan Inson shaxsiyati huquqlarini birma-bir sanab beradigan umumiy shartnoma zarurati paydo bo‘ldi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining birinchi majlisi 1947 yil 27 yanvardan 10 fevralgacha Lake Success shaharchasida bo‘lib o‘tdi. AQShning o‘sha vaqtdagi birinchi xonimi Eleonora Ruzvelt komissiya raisligiga saylandi. Avstraliya, AQSh, Belgiya, BSSR (Belorussiya SSR), Buyuk Britaniya, Xitoy, Kuba, Misr, Hindiston, Eron, Liviya, Panama, Sobiq Sovetlar ittifoqi, Urugvay, Filippin, Fransiya, Chili, Yugoslaviya kabi davlatlar vakillari Huquqlar to‘g‘risida xalqaro qonun loyihasini ishlab chiqishlari kerak edi. Komissiya ishida BMT Kotibligi inson huquqlari bo‘yicha bo‘lim vakili, xalqaro huquq sohasida kanadalik mutaxassis Jon Hamfri ham qatnashdi.

Komissiya 18 kishidan iborat bo‘lgani hamda ularning har biri o‘z qarashlariga egaligi sababli Deklaratsiyaning qoralama matnini tayyorlash juda qiyin kechgan. Alaloqibat, qoralama matnini tayyorlashni Komissiyaning 3 a'zosiga ishonib topshirishga qaror qilinadi. Shunday qilib, Eleonora Ruzvelt, Xitoy vakili Chjan Penchun va livanlik diplomat hamda faylasuf Sharl Malikdan iborat Ishchi guruh Deklaratsiya matnini tajribali yurist Hamfriga ishonishdi.

Natijada kuchli va iqtidorli yordamchilarga ega bo‘lgan Hamfri Deklaratsiya matnining 48 moddadan iborat qoralama variantini tayyorlaydi. Bu vaqtga kelib, Ishchi guruh safini Yevropa hamda Sovet ittifoqi vakillari evaziga kengaytirishga qaror qilinadi.

1947 yil 9 iyunida Ishchi guruhning kengaytirilgan tarkibi o‘z ishini boshlaydi. Unga Ruzvelt xonim, Chjan Penchun, Malik va Hamfridan tashqari Avstraliya, Buyuk Britaniya, Chili va Sobiq ittifoq vakili ham kirdi.

Ta'kidlash o‘rinliki, Hamfri hujjatning dastlabki matnini tayyorlashda o‘sha vaqtdagi mavjud mamlakatlarning konstitutsiyalari, shu jumladan Buyuk Britaniyaning Erkinliklar buyuk xartiyasi, AQSh Mustaqillik deklaratsiyasi, Huquqlar to‘g‘risidagi qonun, Fransiya Inson va fuqaro deklaratsiyasi kabi hujjatlardan ham foydalangandi. Foydalanilgan manbalarning ko‘pligi, hujjatda insonning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy kabi keng huquqlari qamrab olinishiga imkon beradi.

Dastlabki loyiha muhokama qilinganidan so‘ng, Hamfri ishlab chiquvchilar tarkibini tuzishga qaror qildi. Bu safar Rene Kassen, Sharl Malik, Eleonora Ruzvelt va Uilson guruh a'zosi bo‘ladi. Loyihaning ikkinchi namunasini tayyorlash huquqshunos va yozuvchi Rene Kassenga ishonib topshiriladi. Kassen o‘ziga ishonib topshirilgan ishni 2 kunda muvaffaqiyat bilan uddalaydi. Uning vazifasi hujjat matniga aniq va tushunarli ko‘rinish, tuzilma berish edi. Hamfri qoralamasidan mantiqan bir-biriga bog‘langan hujjat paydo bo‘ladi.

Kassen loyihaga tuzilma ko‘rinishini berish uchun muqaddima yozishiga to‘g‘ri keldi. 6ta kirish moddasi qo‘shiladi. 32ta modda 8 guruhga taqsimlanadi. Bundan tashqari, hujjatni qo‘llashga doir ikkita yakuniy nizom ham qo‘shiladi.

Shunday qilib, Deklaratsiyaning 1-2-moddalari poydevor vazifasini bajarib, inson g‘ururi, ozodligi, tengligi va birodarligini qayd etgan. Muqaddimaning 7-xatboshisi Deklaratsiya qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsadni va sabablarini e'lon qiladi. Hujjatning asosiy matni, ta'bir joiz bo‘lsa, uning 4ta ustunini tashkil etadi. 3-11-moddalardan iborat birinchi ustuni shaxsning yashash hamda qullikning taqiqlanishiga o‘xshash huquqlarini izohlaydi. 12-17-moddalardan iborat ikkinchi ustun shaxsning fuqarolik va siyosiy jamiyatdagi huquqlarini e'tirof etadi. Uchinchi ustun (18-21-moddalar) ma'naviy, jamoatchilik va siyosiy erkinliklar, xususan, diniy erkinlik va uyushmalarga a'zolik erkinligi kabilarni o‘z ichiga oldi. To‘rtinchi ustun esa, (22-27-modda) ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarni belgilab beradi.

1947 yil 17 iyunida Kassen namunasi Ishchi guruhga havola qilindi. Qisman qayta ishlangan loyiha 1947 yil dekabrida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Jyenevada to‘plangan Komissiyasiga taqdim etildi. Sessiyada ko‘plab xalqaro tashkilotlar, jumladan Amerika mehnat federatsiyasi, Parlamentlararo ittifoq, Xalqaro qizil xoch jamiyati, Xalqaro ayollar kengashi kabilarning vakillari ham qatnashdi. E.Ruzveltning sa'y-harakatlari natijasi o‘laroq, Deklaratsiya loyihasi qisqa muddatda jiddiy muhokama qilinib, yagona to‘xtamga kelingan namunasi tasdiqlandi.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan eng muhim masalalardan biri - Deklaratsiyaga unda qayd qilingan qoidalarga amal qilinishini nazorat qilish imkonini beruvchi instrumentlarni qo‘shish masalasi bo‘ldi. Hindiston va Avstraliya vakillari busiz hujjat hech qanday yuridik kuchga ega bo‘lmasligi, uni buzgan kishi jazosiz qolishini ta'kidlashdi. Ular inson huquqlariga rioya qilmaganlikka doir javobgarlik bandini yo Deklaratsiyaning o‘ziga qo‘shishni yoki bu kabi holatlarni ko‘rib chiqadigan xalqaro tribunal tashkil etishni taklif qilishdi.

Shuningdek, endi tashkil etilgan davlatlar qarashlari yirik davlatlar nuqtai nazarlariga mos kelmadi. Sobiq mustamlakalar Deklaratsiyada inson huquqlarini ta'minlash borasida huquqiy asosni ko‘rishni istashar edi. Yirik davlatlar esa, haddan ortiq keskin qoidalar ularning jamiyatida birdamlik yo‘qolishiga zamin tug‘dirishidan xavotirda edi. Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, Deklaratsiyaning Geneva draft deb nomlangan uchinchi loyihasi tayyor bo‘ldi.

Komissiyaning 1948 yil may oyida Nyu-Yorkdagi majlisida ham hujjat loyihasini muhokama qilish davom etib, 18 iyunda yakunlandi. Loyiha 12ta «tasdiq», 0 «qarshi» va 3ta betaraf ovoz evaziga qabul qilindi. Deklaratsiyani tasdiqlash uchun ovoz bosqichma-bosqich tarzda o‘tdi. 31ta moddaning 23tasi bir ovozdan ma'qullandi. 3-modda esa, 2-modda tarkibiga kiritildi.

Inson huquqlari bo‘yicha umumiy deklaratsiyasi BMT Bosh Assambleyasining Fransiyaning Pale-de-Shayo qarorgohida bo‘lib o‘tgan 183-plenar majlisida o‘sha vaqtdagi BMTga a'zo 58 davlatdan 48tasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 1948 yil 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida Belorussiya SSR, Ukraina SSR, SSSR, Chexoslovakiya, Polsha, Yugoslaviya, Janubiy Afrika ittifoqi va Saudiya Arabistoni betaraf qolgan, Gonduras va Yaman ishtirok etmagan. Kanada Deklaratsiyani dastavval rad etgan bo‘lsa, keyinchalik uni tasdiqladi.

Sotsialistik lager davlatlari Deklaratsiyani erkin emigratsiya huquqini (inson va fuqarolarning mamlakatdan ko‘chib ketish huquqi) e'tirof etishni xohlamaganlari sabab rad etishdi. Janubiy Afrika ittifoqi va Kanada irqiy mazmunni ro‘kach qilishgan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni dinga e'tiqod qilish erkinligi va nikoh tuzish erkinligi tan olinmagani sababli Deklaratsiyani rad etdi.

Avvalboshdanoq qayd etganimizdek, Deklaratsiya majburiy emas, balki tavsiyaviy maqomga ega. Biroq uning negizida xalqaro majburiy bo‘lgan ikkita hujjat qabul qilingan. Bular Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro pakt hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt. O‘zbekiston mazkur hujjatlarga 1995 yilda qo‘shilgan. O‘tgan yillar mobaynida Deklaratsiya odatdagi huquqiy me'yorlar maqomiga ega bo‘lgan bo‘lsa, ayrim davlatlar hamon uni qisman tan oladi.

1950 yili BMT Deklaratsiya qabul qilingani munosabati bilan 10 dekabrni Inson huquqlari nishonlanadigan kun sifatida belgiladi. Uni turli insonlar, jamiyatlar va diniy uyushmalar, parlamentlar, hukumatlar va albatta BMT ham nishonlaydi.

Xulosa

Prezident Shavkat Mirziyoyevning faol mintaqaviy tashqi siyosat olib borayotgani iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bilan birga, tarixan doʻst va qardosh xalqlarni yanada yaqinlashtirmoqda, – dedi Natalya German. – Oʻzbekistonning qoʻshni davlatlar bilan chegaralaridan oʻtib-qaytish rejimi soddalashtirilishi, transport-logistika tarmogʻidagi hamkorlik kengayib borayotgani, avvalo, oddiy odamlar manfaatiga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish, ushbu mamlakatdagi aholi, xususan, xotin-qizlar va bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha ilgari surilayotgan tashabbuslarni ham olqishlash lozim. Shu jihatdan Samarqandda oʻtayotgan mazkur forum tarixiy ahamiyatga ega.

Forumda, shuningdek, YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir, MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, YEXHT Parlament Assambleyasi raisi Georgiy Sereteli, BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissarining maxsus vakili Adam Abdelmula va boshqalar inson huquqlarini himoya qilish borasida bugungi kunda xalqaro miqyosda olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar, mazkur anjumanning ahamiyati haqida soʻz yuritdi.

Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungongning forum ishtirokchilariga murojaati tinglandi.

Osiyo forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi hamda YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Kunning ikkinchi yarmida forum “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi merosi – universallik va inson huquqlari”, “Inson huquqlari – Barqaror rivojlanish maqsadlarini taʼminlash asosi sifatida”, “Inson huquqlari sohasi taʼlimi: innovatsiyalar va yangi daʼvatlar” sessiyalarida oʻz ishini davom ettirdi. Xalqaro tashkilotlar vakillari, ekspertlar, inson huquqlari boʻyicha milliy markazlar rahbarlari mazkur yoʻnalishlarda oʻz maʼruzalari bilan qatnashdi.



Foydalanilagan adabiyotlar:

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent., «Adolat», 1992 yil.



  1. O’zbekiston Respublikasi yangi qonunlar to’plami. №6-son. Toshkent., «Adolat». 1993 yil.



  1. O’zbekiston Respublikasi Grajdanlik Protsessual Kodeksi. Toshkent., «Adolat», 1993 yil.



  1. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Protsessual Kodeksi. Toshkent., «Adolat», 1998 yil.



  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudining 1998 yil 17 apreldagi Plenum qarorlari. Toshkent., 1998 yil.



  1. Oliy Sud Plenumining qarorlari to’plami. 1991-1998. II. Toshkent., 1999 yil.



  1. Oliy Sud Plenumi qarorlari to’plami. Toshkent., 11.1999 yil.



  1. O’zbekiston Respublikasining Sudlar to’g’risidagi qonuni. T., 2000 yil 14 dekabr.



  1. O’zbekiston Respublikasidan «Prokuratura to’g’risida» gi qonuni, T., 2001 yil 29 avgust.

Download 34,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish