Buxoro davlat universiteti tarix va madaniy meros fakulteti tilavov husenjon mavzu: amir temurning jahon tarixida tutgan o


Mavzuning o‘rganilganilish darajasi



Download 120,5 Kb.
bet2/5
Sana27.06.2022
Hajmi120,5 Kb.
#709315
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amir Temurning jahon tarixida tutgan o’rni va roli

Mavzuning o‘rganilganilish darajasi. Endigi gap ana shunday bemisl va betakror, butun jahon e`tirofiga sazovor bo’lgan buyuk siyosiy va harbiy arbob, fan vak madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temurning hayotini chuqur va zehn bilan o’rganishda qolgan. Yoshlarimiz uni qanchalik mukammal o’rgansalar, undan shunchalik saboq oladilar. O’zbekistonning sobitqadam, jasur, aql-idrokli ona vatan qudratini jahonga ko’z-ko’z qilishga qodir va xos fidoiy farzandlari bo’lib etishadilar. Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida buyuk sohibqiron Amir Temur alohida o’rinda turadi. Ulug’ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali muammo emas. Shu boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza va o’lchov bilan baholab bo’lmaydi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: O’zbekiston Respublikasi 1- prezidenti I.Karimovning ,,Yuksak ma’naviyat –yingilmas kuch’’ asari g’oyalarini o’quvchilar ongiga chuqur singdirish. O’quvchilarda tarixiy jarayonlarga munosabat bildira olish malakasini shakllantirish, xarita bilan ishlay olish ko’nikmasini rivojlantirish, erki fikr yurita olish qobiliyatini shakllantirish. O’quvchilar ongida tasrixga hurmat tuyg’usini uyg’otish. O’quvchilarni vatanparvarlik, insonparvarlik, yurtga sadoqat, ota-onaga cheksiz muhabbat ruhida tarbiyalash.
Tadqiqotning tuzilishi: Kurs ishi; kirish, 3 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Kurs ishining umumiy hajmi ____ betni tashkil etadi.

1. Amir Temur buyuk davlat arbobi, yuksak Ma'naviyat sohibi.
Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson. Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi. Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so‘ng Amir Temur o‘z raqiblarini yengib, hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar qildi. Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va Temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va yevropa xalqlariga ozodlik bag‘ishladi; Oltin O‘rda xoni To‘xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirdi. Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o‘qisak, o‘rgansak, uning ko‘p yaxshi xislatlari: to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo‘shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi o‘gitlardir. Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa'yi-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xanoqohlar, saroylar, bozorlar, qal‘alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog‘i yo‘q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go‘ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me'moriy mo‘jizalari, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy-bog‘lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi. Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur «Obodonlikka yaraydigan biror qarich yerning ham zoye bo‘lishini ravo ko‘rmasdi».
Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning «qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim», degan so‘zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig‘idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avvalo, o‘z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz. Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma'rifatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buni teran anglagan sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etishga, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan boshlagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo o‘sha yerlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda bahslashar edi. Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me'morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi.
Amir Temur ma'naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo‘yi amal qilgan «Kuch - adolatda!» degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashgan, desak yanglishmaymiz. Amir Temurning ma'naviy va ma'rifiy qarashlari uning o‘z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o‘gitlari «Temur tuzuklari»da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o‘z ishiga munosabati, aholi turli qatlami - raiyatning haq-huquqini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayotiy ma'naviy-axloqiy qonun-qoidalar o‘z ifodasini topgan.
Sohibqironning «Temur tuzuklari»dan quyidagi satrlarni mamnuniyat bilan o‘qish mumkin:
«Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin».
«Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr-zulm o‘tkazmadim».
«Kimki birovning molini zo‘rlik bilan tortib olgan bo‘lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda-kim tish sindirsa, ko‘zini ko‘r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdos qozisiga olib borib topshirsinlar».
Amir Temurning do‘stlik haqidagi pandu-nasihatlari ham hali-hanuz biz uchun ibratdir.
«Sodiq va vafodor do‘st ulkim, o‘z do‘stidan ranjimaydi, do‘stining dushmanini o‘z dushmani deb biladi. Agar kerak bo‘lsa, do‘sti uchun jonini ham ayamaydi».
Amir Temurning umr bo‘yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag‘alparvarligini uning quyidagi o‘gitlaridan ham bilish mumkin:
«Kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa yo biror bog‘ ko‘kartirsa, yoxud biror xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hyech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘sinlar».
«Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar...».
Amir Temurning quyidagi so‘zlari asrlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, Vatan haqida qayg‘urishga chorlab keldi:
«Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko‘ring, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin». Bu jumlalarda Amir Temur ma'naviyati jamul-jam bo‘lgan bo‘lsa ne ajab[1].
2.Temur va Temuriylar davri, umuman Sharq, xususan O‘rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, ma'naviyati, adabiyot va san'ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, tub burilishdir. Bu davrdagi ma'naviy-ma'rifiy hayotdagi ko‘tarilish va yuksalishining manbai, boshlanishi IX-XII asrlarga borib taqaladi. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrdagi O‘rta Osiyoning madaniy, ma'naviy va ma'rifiy kamoloti IX-XII asr madaniyati, ma'naviyati va ma'rifatining davomidir. O‘rta Osiyo xalqlari orasida yetishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi xuddi shu davrda shakllandi va ijod etdi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy; olimlar - Ulug‘bek, Ali qushchi, qozizoda Rumiy; faylasuf shoirlar - Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; musavvirlar - Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh; hattotlar - Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bin Nur va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning hammasi o‘sha davr va o‘zlarigacha bo‘lgan insoniyat ma'naviyati, ma'rifati va madaniyati yutug‘ining barcha sohalarini mukammal bilib va o‘zlashtirib olgan, o‘zlari tanlagan sohalarning hali hyech kim tomonidan zabt etilmagan cho‘qqilarini egallagan ulug‘ siymolar, qomusiy ilm, aql egalari bo‘lganlar.
Shuning uchun ham ularning boy, serqirra ijodlari, tengi yo‘q va takrorlanmas ilmiy-falsafiy, badiiy, tarixiy asarlari asrlardan asrlarga, davrlardan davrlarga eson-omon o‘tib, barcha alg‘ov-dalg‘ovlarga bardosh berib bizlargacha yetib keldi.
Temuriylar davri ma'naviyati va ma'rifati rivoji o‘zlarining ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt-saodati, xalqlar osoyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot va san'at rivojiga bag‘ishlagan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiy (1441-1501) larning nomi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mam1akatlarni, masalan, Eron hamda Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (1376-1395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya su1toni Boyazid Yildirim (1389-1402) ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kim1argtayanish, bosh1iqlarni saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va bosh1iqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi. Amir Temur davlatni boshqarishda o'zidan avval o'tgan hukmdorlardan farq qilib, davlat va mamlakatni boshqarishda 1 yoki 2 tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyandi. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, davlat asosini 12 ijtimoiy toifa tashkil qiladi:

1) sayyidlar (payg'ambar avlodlari), ulamo, mashoyix, fozil kishilar;


2) ishbilarmon, donishmand kishilar;
3) xudojo'y, darvesh, qalandarlar;
4) no'yonlar- amirlar, ya'ni harbiy kishilar, mingboshilar;
5) sipoh va raiyat;
6) maxsus ishonchli kishilar;
7) vazirlar va sarkotiblar;
8) hakimlar va tabiblar, muna]imlar va muhandislar;
9) tafsir va hadis olimlari;
10) ahli hunar va san'atchilar, hunarmand, kosiblar;
11) so'fiylar;
12) tojir (savdogar) va sayyohlar xorij bilan savdo-sotiq.
Uning taqdirini 3 narsa: podshoh, xazina va askar hal qiladi. Qo'shin, asosan, o'n, yuz, ming va tumanga bo'lingan, o'n kishilik harbiy bo'linma tepasida turgan bosWiq- o'nboshi, shuningdek... yuzboshi, mingboshi, tuman boshlig'i, no'yon deb atalgan. Asarda ularning haqhuquqlari, oylik maoshi ham aniq ko'rsati1gan. Masalan, oddiy sipoh mingan otining bahosi baravarida, bahodirlar 2-14 ot baravarida va h.k. maosh olishgan. «Temur tuzuklari»da qilich chopishda o'zini ko'rsatgan bahodirlar 1-marta o'nboshi, 2-marta o'zini ko'rsatsa - yuzboshi, 3-marta esa mingboshi etib tayinlansinlar, deyilgan. Jang va xizmatda o'zini ko'rsatgan amirlar rag'batlantirilgan. Qaysi bir amir qo'shin bilan mamlakatni olsa, 3 narsa- imtiyoz bilan siylangan. Unga: 1) tug', nog'ora va bahodirlik martabasi;- 2) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi; 3) biron sarhadning noibligi berilgan. Temur tuzgan qo'shin o'zining strategik va taktik mahorati bilan o'sha davrning eng mukammal va kuchli armiyalaridan hisoblangan. «Temur tuzuklari»da o'sha qo'shinning tuzilishi, qurollanishi, harbiy san' ati haqida muhim ma'lumotlar keltirilgan. Qo'shinning harbiy tayyorgarlik darajasi Temuriy shahzodalardan Husayn Boyqaro va Bobur davrida yanada takomillashdi. Boburning buyuk yurishlari bobokalonining taktikasini yaxshi o'zlashtirib, uni davrga moslab rivojlantirganiga yaxshi misoldir.
Amir Temur davlatida asasiy qanun vazifalarini bajargan musulmon huquqi islam ta'limatiga asaslangan. Imam Buxariy, Termiziy, Bahauddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Burhaniddin Marg'inaniylarning asarlarida Qur'an ta'rifi bilan birga musulmon huquqi sharhi berilgan. Shariat - keng va mukamma ishlangan huquq qomusi, unda turmushning turli-tuman sahalari: diniy- oilaviy, xalqaro, fuqarolik, jinoiy, axloqiy normalar ifodalangan. Shariatda huquq ilmi yaxshi ishlangan bo'lib, u asasan:
I) diniy qoidalarni, mohiyatni o'rganuvchi va 2) tarkibiy huquq ilmining turli sohalariga tegishli bo'lgan qoidalarni o'rganuvchi ikki qismdan iborat. Unda davlat va huquqning paydo bo'lishi va mohiyati i1ohiy kuchga bog'langan holda o'rgani1adi. Davlat va qonunlarni yaratuvchi Alloh bo'lsa, uning yerdagi vakili davlat boshlig'i - shohdir. Bu qoidaga, asosan, avval ilohiy qonunlarning mavjudligi va undan kelib chiqadigan, inson tomonidan qabu qi1ingan qonunlar to'g'risidagi g'oyalar o'rganiladi. Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim. Ular bilan qimmatli fikrlashdim»,- deb yozadi. Garchi Turon zaminida olim1ar, muhandis1ar, usta1ar yetar1i bo'lsa-da, Amir Temur Hindiston, Iroq va Erondan ham olim-u fuzalolarni Samarqandga olib ke1gan. Amir Temur qaysi mam1akatni ega11asa, uning noyob o'ljasi shu o'lkaning rassom1ari, mohir usta1ari hisob1angan. U o'sha yer1ik olimu u1amolarga mehribonlik ko'rsatgan. Albatta, bu tadbir1ar juda yaxshi natija1arga olib ke1gan. Xilda Xukxemning e'tirof etishicha, «Temur dunyoga ke1gan yurtda fa1safa, tibbiyot, matematika, astronomiya, geografiya, tarix, adabiyot soha1arida 01amshumu1 asar1ar yarati1di. Bu asar1ar keyincha1ik Yevropa Uyg'onish davriga turtki bo'ldi va Yevropa ,fanining uzoq asr1ar davomidagi taraqqiyotiga asos bo'1ib xizmat qildi. O'n beshinchi asrni Temuriy1ar Renessansi davri deb atash mumkin». Temur davridagi ilm-fanga g'amxo'r1ik U1ug'bek davriga ke1ib o'z mevasini berdi va Samarqandni dunyoga mashhur qildi. O'n yettinchi asrga ke1ib Angliya qirolligining birinchi astronomi U1ug'bekning «Zijijadidi Ko'ragoniy» asaridan foyda1angan. Temuriy1ar davri ma'naviyatining buyuk namoyandasi, shubhasiz, Alisher Navoiydir. Navoiy maktabi noyob hodisa bo'1ib, hozirgacha dunyoni 101 q01dirib ke1moqda. Albatta, buyuk inson1ar komillik cho'qqisiga oson1ikcha erishgan1ari yo'q. U1ar tur1i qiyin bosqich1ardan o'tgan1ar. O'tmishda ma'naviy kamolotga inti1gan shogirdlar (muridlar) o'zlarini tamomila ustoz (murshid) ixtiyoriga topshirganlar. Shogird faqatgina ixlos va sadoqat ila komil ustoz tarbiyasida yetuklikka erishishi, ilm cho'qqilarini zabt etishi, qabih1ik va razolatga yetaklovchi shayton vasvasalaridan saqlanishi mumkinligi haqida «Turkiston mulkining shayxul mashoyixi» (Alisher Navoiy) bo'lgan Ahmad Yassaviy quyidagi hikmatni bejiz ijod qilmagan: Piri mug'on xizmatida yugurib yurdim, Xizmat qilib, ko 'zim yummay hozir turdim.
Madad qildi, Azozilni kovlab surdim, Andin so'ngra qanot qoqib uchdim mano.
Talaba1ikning dastlabki davrida ustoz talabada mavjud g'ururni sindirishga harakat qi1gan. Shogirddagi mag'rur1ik illatini bartaraf etmoq maqsadida ustoz eng past, kishilar xazar qiladigan ishlarni bajarishni ham shogirdlariga buyurgan. Jumladan, ulug' mutafakkir Jaloliddin Rumiy ustoz1ari ila masjid va madrasa hojatxonalarini poklashgan. Abu Rayhon Beruniy kutubxonadagi kitoblardan foydalanmoq uchun masjid hovlisini har kuni supurib-sidirgan. So'fi Olloyor tavbasining ijobati uchun kishilarning tahoratiga xizmat qilgan. Bu xil a11omalar ustoz1ar tomonidan buyurilgan ishni bajarmas1iklari mumkin emas edi. Aynan shu xil riyozatlar cheki1gani tufayli g'ururi singan, xudbinlik urug'i qurigan va oqibatda nafsiy illatlardan forig' bo'lib, komillikka inti1uvchi inson qolgan. Yuzaki qaraganda, murshid shogirdiga jabr qilgandek tuyuladi. Lekin bu «jabr» muridni tarbiyalash va chiniqtirish uchun juda zarur ekan. Shu sabab «Ota mehridan -ustoz jabri afzal», degan purma'no maqol yarati1gan. Bunga monand Amir Temur:
«Piri komil shayx Bahouddin N aqshbandiyning: «Kam yegin, kam ux1a, kam gapir», degan pand- u nasihatlariga amal qildim. Arkoni davlatga, barcha mu1ozim1arga ham aytar so'zim shu bo'ldi: «kam yenglar -ocharchi1ik ko'rmaysiz1ar, boy-badavlat yashaysiz1ar, kam uxlanglar -mukammallikka erishasiz1ar, kam gapiringlar dono bo'lasizlar. Amir Temur XIV asrda buyuk Temuriylar davlatiga asos soldi. 1,5 mln. kv. km. hududda- O'rta Osiyo, Qozog'iston, Shimoliy Kaspiy, Shimolda Ural, G'arbda Sibir, Kustanay soyliklari, Sharqda Markaziy Qozog'iston va Tyanshan janubiy etaklari, Pomir tog'liklari, Kopetdog' oldi hududlarida o'z imperiyasini tuzdi. 27 ta podshohlikni egalladi.Amir Temur Xitoy chegaralaridan boshlab to Sharqiy Rum va Misr yerlarigacha bo'lgan hududlarni islom bayrog'i ostida yagona davlatga birlashtirdi. Sohibqiron tomonidan barpo eti1gan markazlashgan mustahkam davlat qariyb 1,5 asr o'z kuchini ko'rsatdi. Bu esa uning adolat va shariat asosida quri1gani, ustozlari, pirlari Tayobodiy, Sayyid Mir Kulol, Sayyid Barakalar o'gitlariga amal qilgani bilan izohlanadi. Temuriylar mamlakatni 3 asrga yaqin boshqardilar. Amir Temurning tarixiy xizmati shundaki, uning harakatlari tufayli Osiyo va Yevropa davlatlari tarixda birinchi marta yagona jug'rofiy-siyosiy makonda ekanliklarini his etdi. Umuman, Amir Temurning jahon madaniyati siyosiy va ma'naviy hayotida tutgan o'rni va tarixiy ahamiyati quyidagilardan iborat:
Birinchidan, Amir Temur XIV asrdayoq mamlakatlararo va mintaqalararo munosabatlarni chuqurlashtirish asosida insoniyat taraqqiyotini jadallashtirish zaruriyat ekanligini ko'rsatib berdi.

Ikkinchidan, u mamlakatning kuchayib ketgan feodal tarqoqligiga barham berib, el-yurtni o'z tug'i ostiga birlashtirdi, markazlashgan yirik feodal davlatga asos soldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi.

Uchinchidan, Amir Temur davlat tizimi va boshqaruvini tashkil etishda o'ziga xos maktab yaratdi. Hammaning qonun oldida tengligi va qonun ustuvorligini ta'min etishi uning buyuk xizmatidir.

To'rtinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarga mustamlakachilik zulmidan ozod bo'lishda yordam berdi. Masalan, o'sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor qilib (1402), Bolqon yarim orolidagi xalqlar va mamlakatlarni turklarning istibdodidan qutqardi.


Beshinchidan, Turkiston zaminini ziroatchilik, hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyat rivojlangan ilg'or mamlakatga aylantirdi. O'z umrining ko'p qismini Amir Temur hayotini o'rganishga bag'ishlagan pokistonlik tadqiqotchi Ahmad Doniy: «Hozirgi zamon tarixi Amir Temurning buyuk shaxsiga yetarli e'tibor bermadi. U Osiyoda turk islom yuksalishiga asos soldi. Tarix uning ilmi amali bilan tenglashadigan boshqa bir muqobil hodisani bilmaydi»,- deb yozadi.
Davrga ta'sir etgan omillar yurtimiz tarixidagi zarhal harflar bilan bitilgan ulkan xazinadir. Mamlakatimizning dunyoga mashhur bo'lishida, insonlar tarbiyasida bu davr o'z rolini bajarmoqda va mustaqilligimizni mustahkamlashda, xalqimizning milliy g'ururini shakllantirishda xizmat qilmoqda.
Har bir davrning moddiy va ma'naviy taraqqiyotga ta'sir etuvchi o'z omillari bo'ladi. Temuriylar davri ma'naviyatining yuksalishiga ta'sir etgan omillar- IX-XII asrlarda Markaziy Osiyoda ro'y bergan o'zgarishlar, buyuk Uyg'onish davri (Sharq Renessansi) kashfiyotlari, i1m-fan sohasidagi katta o'zgarishlar, buyuk allomalar Ibn Sino, Forobiy, Farg'oniy, Beruniy, Buxoriy, Bahouddin Naqshband va boshqalarning asarlari, keyingi asrlardagi voqealardir .
Mutaxassis olimlarning fikrlariga qaraganda, mashhur shayx Bahouddin Naqshband tariqati Amir Temur davri mafkurasi asosini tashkil etgan va u yuksak e'tibor topganligi tasodifiy emas eqi. «Diling Allohda, qo'ling - mehnatda bo'lsin», - degan buyuk hikmat Amir Temur dunyoqarashiga mos edi.
Uzoq cho'zilgan vayronagarchilik, mislsiz urushlar bu o'lkada yagona va qudratli davlat barpo etilishini hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o'rnatilishini tarixiy zaruratga aylantirgan edi.

Avvalo, shuni aytish joizki, Chig'atoy avlodidan bo'lgan Tarmashirinxon (1326-1334) o'ldirilgandan keyin Movarounnahrda beqarorlik kuchaydi. Lekin chig'atoiylarning birontasining ham kuchayib borayotgan feodal tarqoqlikka barham berishga kuchi yetmadi. Chig'atoy ulusi 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo'linib ketdi. Masalan, Kesh viloyatida Hoji Barlos o'zini hokim deb e'lon qildi. Xo'jand va unga qarashli yerlarda amir Boyazid Jaloir mustaqillik e'lon qildi. Bir-birlari bilan talonchilik urushlari boshlanib ketdi.


Mo'g'uliston xoni Tug'luq Temurxon (1348-1363) bu paroshan kandalikdan foydalanib, 1360-yil fevralida sanoqsiz lashkar bilan Movarounnahrga bostirib kirdi. Sayram mo'g'ulga qarshilik ko'rsatmay taslim bo'ldi. Sirdaryoning o'ng va so'l tomonlari ham shu zaylda egallandi.
O'zini hokim, xon deb atagan boshliqlar ham qochib keta boshladi yoki mo'g'ul qo'shinlariga qo'shildi. Lekin xalqqa qiyin bo'ldi. Mo'g'ullar 1369-yilgacha Movarounnahrda xo'jayinlik qilishdi. Urushlar, to'qnashuvlar hammaning tinkasini quritdi. Vatan ozodligi va mustaqilligi yo'lida jonini tikkan yolg'iz Amir Temur (1336-1405) bo'ldi. U markazlashgan mustaqil davlatga asos soldi. Har qanday daylat o'z faoliyatida ma'lum ijtimoiy guruhning maqsad ya manfaatlarini himoya qiladi. Masalan, quldorlik daylati qul egalarining, feodal davlati yirik yer-suv hamda mulk egalarining manfaatini himoya qiladi va hokazo. Temuriylar davlati ham mulkdorlar hukmron bo'lgan daylat edi.
Amir Temur ko'p yillar dayom etgan feodal tarqoqlik va urushlar oqibatida vayron bo'lgan xalq xo'jaligini tiklash, shaharlarni qayta qurish ya mamlakatni obod qilishda zo'r tashabbus va jonbozlik ko'rsatdi. Masalan, Samarqand va Banokat shaharlari 1218-1219-yillarda mo'g'ullar tarafidan tamoman vayron etilgan edi. Buxoro, Nasaf (Qarshi) va boshqa shaharlar ham nochor ahvolga tushib qolgan edi. Shaharlarni tiklamasdan, obod qilmasdan turib mamlakatda hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirib bo'lmas edi.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelishi bilanoq shaharlarni tiklash va obodonlashtirish ishiga astoydil kirishdi. Masalan, 1371-1372-yillarda poytaxt Samarqandning buzilib ketgan hisori (qal'a) va uzunligi 70 chaqirim atrofida bo'lgan devorini tiklatdi. O'shanda Shahriston (tashqi shahar) ya uning 6 darvozasi (Shayxzoda, Ohanin, Feruza, So'zangaron, Korizgoh, Chorsu), 4 qavatli ikki ulkan saroy - Ko'ksaroy va Bo'stonsaroy bunyod etildi, shahar ko'chalari ya bozorlari obod qilindi.
Shohi Zindada O'ljoy Turkon og'o, Tug'luq Tegin, Qutlug' Turkon og'o, Shirinbeka maqbaralari, xonaqoh va Chortoq qurildi. Temurning rag'bati bilan Samarqand Chorsusida Tim va shaharning u boshidan bu boshigacha kesib o'tgan shoh ko'cha, Ruhobod maqbaralari ham qurildi.
Sohibqiron Amir Temur o'z hayoti dayomida ko'plab shaharlar, masjid-u madrasalar, maqbaralar, xonaqohlar, qal'a-qasrlar, bog'-rog'lar, sug'orish inshootlari, rayon yo'llar, ko'priklar barpo ettirdi. Ularning, ba'zilarini o'g'illari, nabiralari, saroy malikalari, islom rahnamolari nomi bilan atashga da'vat etdi. Biroq barpo etilgan inshootlarning birontasiga ham Amir Temur nomi berilmadi. Bunga uning o'zi xohish bildirmadi.
Amir Temur davridaSamarqand yangicha usulda qayta qurildi. Mo'g'ullar hukmronligi davrida, ya'ni keyingi 140 yil davomida biron-bir katta bino qurilmagan edi.
Amir Temur dunyo madaniyatiga, ma'naviyatiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk shaxsdir. Amir Temur qurdirgan Bibixonim masjidi (1404), Oqsaroy qasri (1380-1404), Dorus-saodat maqbarasi (1380) oliy imoratlardir.
Amir Temur davrida bog' yaratish ish1ari beqiyos rivojlandi. Bog'lar xalqning urf-odatlari va mavjud sharoitdan kelib chiqib yaratilgan. Tadqiqotchi O'.Alimov ta'kidlashicha, Sohibqiron Samarqand atrofida 12 ta bog'-saroy barpo ettirgan. Bular Bog'i Naqshijahon, Bog'i Behisht, Bog'i Shohrux, Bog'i Dilkusho, Bog'i Shamol, Bog'i Davlatobod, Bog'i Bo'ldi, Bog'i Maydon, Bog'i Baland, Bog'i Chinor, Bog'i Jahonnamo, Bog'i Navbog'laridir. Bulardan tashqari mamlakatning boshqa joylarida ham ko'plab bog'lar yaratilgan.
Amir Temur jismonan baquvvatligi va yuksak ma'naviyati bi1an odam1ardan ajra1ib turadigan, har qanday odamning ruhiga ta'sir o'tkazadigan hamda o'ziga bo'ysundiradigan buyuk shaxs edi. Ang1iya1ik tadqiqotchi Xi1da Xukxemning fikricha, Amir Temur O'rta Osiyo o'tmish taraqqiyotida to'p1angan siyosiy, iqtisodiy va madaniy merosni o'zida mujassamlantirgan va bu madaniy merosning davomchisi bo'lgan shaxsdir.
Amir Temurning avlodlaridan ko'pchi1igi shunday obodonchi1ik ish1arini davom ettirdi1ar. Mirzo U1ug'bek qurdirgan madrasa1ar, Husayn Boyqaro davrida A. Navoiy boshchiligidagi obodonchilik ish1ari, Boburiy1ar davridagi noyob quri1ishlar bunga misol bo'la oladi.
Amir Temur o'z ulkan saltanatini Boshqaruvini ulus-ulus qilib idora qilgan. Movarounnahrdan boshqa barcha o'lka va mamlakatlarni u 4 ulusga bo'lib, o'g'il, nabiralariga taqsimlab bergan. Ulus hokim1ari mustaqil hukmdorga o 'xshardi.
Ularning o'z devon1ari, xazinasi va qo'shini bo'lgan. Lekin ular ulusning muhim ishlarini otasi va markaziy hukumat bilan kengashib qilishardi. Ayni mahalda Amir Temur ularning yonida o'zining ishonch1i odamlarini tutardi.
Ulus hokimlari xirojning bir qismini markaziy davlat xazinasiga jo'natib turishlari shart edi va zarur bo'lib qolsa, otasi yoniga qo'shin bilan borib, xizmat qilishga majbur edi.
Amir Temur markaziy davlat tizimini ixcham va ishchan qilib tuzdi, bunda songa emas, sifatga e'tibor berdi.
Davlat siyosatini belgilashda va uni amalda hayotga tatbiq etishda naqshbandiya tariqati g'oyalarini ifodalovchi «rosti-rusti» qoidasi asos qilib olindi. Sohibqiron bu g'oyani takomillashtirib, «Kuch- adolatdadir» degan mashhur hamda shu davrgacha davlatlar tajribasida ommaviy qo'llanilmagan qoidani kashf etdi. Davlat ishiga iymonli, diyonatli kishilami o'tqazdi. Davlatni boshqarishni 4 omilga bog'liq deb bildi: 1. Saltanat. 2. Xazina. 3. Qo'shin (sipoh masalasida). 4. Raiyat (qora xalq). Saltanatni yuritishda vazirlar masalasiga e'tibor qaratildi. Vazir 4 sifatga ega bo'lishi shart bo’gan. Bular: 1) asllik va toza nasllik; 2) aql- u farosatlilik; 3) raiyat va sipoh ahvolidan boxabarlik; 4) sabr-toqatlilik va tinchliksevarlik. Amir Temur tuzgan markaziy davlat tizimini bor-yo'g'i 7 vazir boshqargan: 1) mamlakat va raiyat vaziri (vaziri a'zam -Bosh vazir); 2) sipoh vaziri (sipohning ta'minoti va uning umumiy ahvoli); 3) moliya ishlari vaziri (egasiz -davlatga qarashli yer-suv va mulk; 4) saltanat ishlarini yurituvchi vazir (kirim-chiqim masalasida); 5) adliya ishlari vaziri bo'lib qozilar devonga rahbarlik qilgan; 6) devoni mushrifga rahbarlik (voqea-hodisalardan xabardorlik); 7) xorijiy mamlakatlar bilan bo'ladigan munosabatlarga mutasaddilik. Amir Temur saltanatni boshqarishda kengash, mashvarat va maslahatga alohida e'tibor bergan. Kengash -bu yaqin, ishonchli odamlar bilan muhim davlat ishlari yuzasidan qilinadigan maslahat, yig'ilish. Mashvarat esa mashoyix, ulamo, fuzalo, vuzaro va boshqa arkoni davlatni to'plab qilinadigan yig'ilish. «Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida yashirin bo'lsa-da, - deydi u, -aqli raso va hushyor kishilardan kengash-u tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozim». «Davlat ishlarining 9 ulushini, - deydi u, - kengash, tadbir va mashvarat bilan, qolgan bir ulushini qilich bilan hal qildim».
Amir Temur el-yurtni o'z tasarrufiga olish va itoatda tutish uchun 12 tuzuk tuzdi:
1) Podshohlar bir so'zlik bo'lishi va aytgan so'ziga amal qilishi, belgilangan har bir ishini bilib qilishi lozim.
2) Har bir ishda adolatpesha bo'lishi, atrofida ham shunday kishilarni tutishi zarur .
3) Ne ishniki qilar bo'lsa, o'zi hukm chiqarsin.
4) Biror ishga azmu qaror qilar ekan, qarorida qattiq tursin.
5) Oning amr-u farmoni hamma uchun vojib bo'lsin.
6) Podshohlik ishlarini biron boshqa kimsaga ishonib berib qo'ymasin.
7) Ne ish qilmoqchi bo'lsa, boshqalar bilan kengashsin, lekin maslahatning foydalisini olsin.
8) Saltanat, raiyat va Sipoh ishlarida yaxshi-yomon gaplar eshitsa, haqiqat qilib, shoshmasdan, mulohaza bilan hukm chiqarsin.
9) Sipoh va raiyat oldida o'zini haybatli va jiddiy tutsinki, hech kim bo 'yin tovlash va gap qaytarishga jur'at etolmasin.
10) Raiyat, xazina, lashkar va saltanat podshohning hukmi ostidadir, u buni doimo esda tutmog'i lozim.
11) Saltanatni idora qilishda boshqani o'ziga sherik qilmaslik kerak.
12) Ahli kengashdan ogoh va hushyor bo'lmog'i olzim, chunki ko 'pincha ayb axtaradilar va uni tashqariga tashiydilar .
Amir Temur tuzgan bu davlat barcha ijtimoiy tabaqalarga suyangan va qonun asosida boshqariladigan yangi bir davlat edi. «Saltanatim binosini, -deb yozadi Amir Temur, - dini islom, to'ra va tuzuk (qonun-qoida) asosida mustahkamladim. Saltanatimni boshqarishda uchragan har qanday ishni tuzukka binoan qildim».
Temurdan keyingi uning izdosh1ari ham boshqaruv san'atiga ama1 qi1ib, uni takomillashtirishdi. Ayniqsa, Mirzo U1ug'bek davrida bu narsa yaqqo1 ko'rindi.
Movarounnahrning qadimiy iqtisodiy, madaniy shuhratini tiklash yillarida uning ma'naviy salohiyati yanada kamol topdi va ijtimoiy hayotda to'la1igicha namoyon bo'ldi. Shuning uchun ham mam1akat ijtimoiy hayotining barcha tomon1ari, dav1at idora tizimi, iqtisodiy, mo1iyaviy, dehqonchi1ik, hunarmandchilik, savdo, madaniyat, fan, me'morchi1ik, harbiy masa1a1ar, xa1qaro a1oqa1ar, is1om dini, shariat va boshqa soha1ar maqsadga muvofiq rivoj1andi. Amir Temur dav1atni boshqarishda, uning ichki va tashqi siyosatini be1gi1ashda, xa1q ommasi, mansabdor shaxs1ar, olim-u fuza1o1ar, is1om rahnamo1ariga munosabatda Al1ohga, iymonga, tafakkurga, kitobga va eng so'nggi chora sifatidagina qi1ichga asoslanib ish yuritdi, hukm chiqardi. Demak, Amir Temur buyuk dav1at arbobi va yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan dono hukmdor bo'lib, ham siyosiy, ham ma'naviy jihatdan juda katta tarixiy ahamiyatga egadir. Zero:
1. Amir Temur XIV asrdayoq mam1akat va mintaqalararo munosabat1arni chuqur1ashtirib, yagona iqtisodiy makonga bir1ashtirishga harakat qildi. Integratsiyani ish1ab chiqib, Buyuk Ipak yo'li o'tgan .mam1akat1ar o'rtasida madaniyat1ar mu1oqotini bosh1ab berdi.
2. Amir Temur dav1at tizimi va boshqaruvni tashki1 etishda o'ziga xos maktab yaratdi, ado1at1i jamiyat qaror toptirishda qonun ustuvor1igiga rioya qi1di.
3. Amir Temur dav1atchi1ik tamoyi11arini rivoj1antirdi, uni aq1-idrok sa1ohiyatiga tayanib, taktik va strategik asosda shakllantirdi;
4. Amir Temur sa1tanati ma 'naviyat va oliy darajadagi
madaniyatga yo'g'ri1gan sa1tanat edi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgach, vatanimiz tarixini yana ham chuqurroq o’rganish imkoniyati vujudga keldi. Sal kam bir yarim asr davom etgan, dastlab rus podshosi, so’ngra bol’sheviklar o’rnatgan sho’ro saltanatining mustamlakachiligidan ozod bo’lish katta tarixiy voqea bo’ldi. Uning aks sadosi mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va milliy qadriyatlarni, o’zlikni anglash, ayniqsa, tariximizga bo’lgan munosabatda ham yaqqol ko’rinib turibdi. O’zligini anglashga bel bog’lagan har bir xalq va millat avvalo buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari va ulug’ allomalarining mamlakat qolaversa jahon tarixida tutgan o’rni, xizmatlarini e`zozlashni o’rniga qo’yadi, boshqalarga ham uni e`tirof ettiradi. Biz tutgan bu yo’l buyuk sohibqiron Amir Temur, Ahmad Yassaviy, Iso at-Termiziy, Imom al-Buxoriy, Najmiddin Qubro, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Bobur va boshqa allomalarimizning tavallud topgan sanalarini nishonlashda o’z isbotini topdi.
O’zbekiston Respublikasini XXI asrda jahonning ilg’or va etakchi davlatlari qatorida bo’lishini ta`minlashga qodir va qobil izdoshlarga ehtiyoji kun sayin ortib bormoqda. Ular ona Vatan-O’zbekiston manfaatlarini har jihatdan, chunonchi siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ma`naviy-ruhiy himoya qila oladigan salohiyatga ega bo’lishlari lozim. Buning uchun nafaqat hozirgi zamon dunyoviy ilmlarini, balki o’tmishda o’tgan buyuk bobolarning hayoti va faoliyatini mukammal bilishlari shu kunning asosiy talabi hisoblanadi. Bularni egallamay turib biror bir shaxs komillik darajasiga erisha olmaydi.
Tarixda o’tgan buyuk shaxslarimiz, ayniqsa. Amir Temurning hayoti va faoliyati bunda asosiy mezon bo’la oladi. Uning har qanday mushkul siyosiy, harbiy, diplomatik vaziyatlardan chiqib keta olish zakovati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi, topqirligi, temir irodaviy xususiyatlari avlodlar uchun ibrat, hayot maktabi, vatanga xizmat qilish namunasi bo’lib qolishi lozim.
Endigi gap ana shunday bemisl va betakror, butun jahon e`tirofiga sazovor bo’lgan buyuk siyosiy va harbiy arbob, fan vak madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temurning hayotini chuqur va zehn bilan o’rganishda qolgan. Yoshlarimiz uni qanchalik mukammal o’rgansalar, undan shunchalik saboq oladilar. O’zbekistonning sobitqadam, jasur, aql-idrokli ona vatan qudratini jahonga ko’z-ko’z qilishga qodir va xos fidoiy farzandlari bo’lib etishadilar.
Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida buyuk sohibqiron Amir Temur alohida o’rinda turadi. Ulug’ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali muammo emas. Shu boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza va o’lchov bilan baholab bo’lmaydi. Uning to’g’risida keragidan ortiqcha ko’p kitoblar, maqolalar, esdaliklar, sahna asarlari yaratilgan. Ammo ular bir-biriga o’xshamaydi, bir-birini inkor etadi. B uyozma manbalarning ba`zilarida Temurning ijtimoiy-siyosiy va davlat faoliyati xolisona va ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan bo’lsa, boshqa birovlarida g’arazlik, ochiqdan-ochiq dushmanlik, ko’rolmaslik jarayonida turib, sub`ektiv fikr va xulosalar ilgari surilgan. Bunday manba asarlarining mualliflari ulug’ bobolarimiz Amir Temurni «qonxo’r», «bosqinchi», «kallakesar», «o’g’ri» va hakozo deb tuhmat qiladilar. Masalaning eng ayanchli va mudhish tomoni shundaki, G’arbiy Evropaning ilg’or mamlakatlari Angliya, Frantsiya, Germaniya va boshqalarda ilm-fan va davlat arboblari Temurga ijobiy baho berib, ilmiy, badiiy va sahna asarlari yozganlar, uni e`zozlab o’quv yurtlari dasturlariga kiritganlar va muzeylar tashkil etganlar. Masalan, nemis olimi Dagenxard 1913 yildayoq Ovrupa sharqshunoslarining Amir Temur va temuriylar davriga bag’ishlangan asarlar ro’yxati bibiliografiyasini chop etgan edi.
Taniqli frantsuz olimlari L. Keren «Temerlan yoxud sohibqiron salatanati» va J. Ru «Temerlan» nomli kitoblarida har biri amir Temur haqidagi 100 dan ortiq asar ro’yxatini keltirgan bo’lsalar, «Ulug’bek astranomiya sultoni» (Parij-1994) nomli to’plamda 40 asr, «Samarqand 1400-1500: Temerlan poytaxti: saltanat va uyg’onish yuragi» (Parij-1995) nomli asarda 27 kitob haqida ma`lumot berilgan.
Abdulhay Habibiyning 1974 yili Tehronda nashr etilgan 1018 sahifadan iborat «Temur davri san`atlari» nomli asari Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixi, majaniyati va san`atiga oid kitob va risolalar ro’yxati hamda dunyoning qaysi kutubxonalarida saqlanayotganligi bilan tanishtirishga bag’ishlangan.
«Ahmad Zakiy Validiy asarlarining tartibi» kitobida 23 asar va kitob ko’rsatilgan (Yosh Leninchi gazetasi 1991 yil 1 iyun’) yoki N. Muhiddinovning «Temuriylar tarixi-xalqimiz tarixi» maqolasida temuriylar sulolasi to’g’risidagi 44 dan ortiq manba, asarlar ro’yxati berilgan (Fan va turmush 1992 yil 11-12 sonlar).
Akademik B. Ahmedovning «Tarixdan saboqlar» va «Amir Temur» asarlarida sohibqiron va temuriylar sulolasi haqida ko’pgina tarixiy hamda hozirgi zamonda chop etilgan kitoblar tahlil berilgan.
Rus sharqshunoslari ham XIX asrning II-yarmidan Amir Temur shaxsini o’rganishga astoydil kirishganlar. eng avvalo bir qancha xorijiy davlatlarda chiqqan asrrlar rus tiliga tarjima qilingan. Masalan, taniqli sharqshunos olim N. Ostroumovning tashabbusi bilan va uning rahbarligida frantsuz tilidan tarjima qilingan «Temur tuzuklari» ni va e. M. Langleyning «Temur hayoti» nomli asarlarini ko’rsatish mumkin. Bulardan tashqari Kastiliya qirolining elchisi Rui Gonsales de Klavixoning «Amir Temur saroyiga sayohati kundaliklari» 1990 yili Moskvada «Nauka» nashriyotida qayta nashr etildi.
N. Likoshin o’zbek tilidan Amir Temurning «Tarjimai holi»ni 1894 yilda rus tilida nashr qilgan.
T. N. Granovskiy, M. I. Ivanin, D. N. Logofet, L. Zimin, I.I. Umnyakov va boshqa bir qator rus sharqshunoslari Amir Temurning sarkardalik mahoratiga e`tibor berilgan maqolalarni chop ettirishgan. Rus temurshunosligida ayniqsa, salmoqli o’rinni mashhur akademik V. V. Bartol’dning chuqur tadqiqotlari «Turkiston mo’g’ul istilosi davrida», «Ulug’bek va uning davri» kitoblari, hamda taniqli sharqshunos A. Yu. Yakubovskiyning «O’zbekiston xalqlari tarixi» ning Amir Temur va temuriylarga bag’ishlangan bo’limi, uning hammualliflikda B. D. Grekov bilan yozgan «Oltin O’rda va uning qulashi» va boshqa bir necha maqolalari muhim o’rinni egallaydi.
Bu va bir qator ko’zga ko’ringan temurshunoslarning maqolalari 1922 yili nashr etilgan katta hajmli to’plamda berilgan.
Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida sohibqiron Amir Temur alohida o’rinda turadi. Ulug’ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali muammo emas. Shu boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza va o’lchov bilan baholab bo’lmaydi.
Shuni chuqur taassuf bilan ta`kidlamoq lozimki, XX asrning 60-80 yillarida markscha-lenincha mafkura tayziqi ostida bo’lgan ayrim sovet tarixchi olimlari Amir Temur shaxsini «faqat qora ko’zoynak orqali» talqin etadilar. Ular Amir Temur bobomizni «qonxo’r», «bosqinchi», «kallakesar», «o’g’ri» va h. k. deb atadilar.
Sobiq sho’rolar davrida markscha-lenincha mafkura hukmronligi tufayli Amir Temur haqida ijobiy fikr bildirilgan asar yoki maqola yozish u yoqda tursin, buyuk vatandoshimizning hatto nomini ham tilga olish ta`qiqlab qo’yilgan edi. Amir Temurning nomi faqat qora bo’yoqlarda o’quv qo’llanmalari va darsliklarga kiritildi.
Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixini chuqur bilish nima uchun zarur?
Birinchidan, o’z tarixini, nasl-nasabini, merosini bilmagan millatning kelajagi bo’lmaydi. CHunki har bir xalqning o’z tarixi mavjud. O’z tarixini bilmagan, uning ijobiy va salbiy tajribalarini o’rganib, tegishli xulosalar chiqarmagan xalq bugungi hayotning qadrini va muammolarini tushunib eta olmaydi, o’z kelajagi haqida aniq tasavvurga, puxta ishlangan dasturga ega bo’la olmaydi. Biz kelajagi buyuk O’zbekistonni barpo etishga kirishgan ekanmiz, bobokalonimizning ulug’ hayoti va faoliyati bizga katta ishonch, intilish, qattiyat va kuch-quvvat baxsh etadi.
Ikkinchidan, Amir Temur va temuriylar tarixini har tomonlama chuqur o’rganish faqat ilmiy va ma`rifiy ahamiyat kasb etib qolmasdan, tarbiyaviy va amaliy ahamiyatga ham egadir. Bu davrda shikllangan va rivojlangan tarix saboqlaridan mustaqillik yo’lida foydalanish zarur.
Tarix har bir insonni o’z vataniga muhabbat, sadoqat, o’z xalqining o’tmishi qaqida aniq tasavvurga ega bo’lish, uning hozirgi kuni va kelajagi bilan g’ururlanish ruhida tarbiyalashning muhim vositalaridan biridir. Shu boisdan Amir Temur va temuriylar davri tarixini o’rganish va tahlil qilish hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Download 120,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish