Gruziya qiroli Bagrat V Amir Temurga yozgan maktubida o'zini "Xudoning O'g'li" deb atagan, chunki u o'z davlatida taxt uchun kurashlarni to'xtatgan.Ammo, dunyoning yarmidan ko'pini zabt etgan, borgan joyini bosib olib, mag'lubiyat ta'mini totmagan Amir Temur unga javoban yozgan maktubida "Men Xudoning xizmatkori Temurman" deb yozgan. Jan Pol Rux, «Turklar tarixi» - Gruziya qiroli Bagrat V Amir Temurga yozgan maktubida o'zini "Xudoning O'g'li" deb atagan, chunki u o'z davlatida taxt uchun kurashlarni to'xtatgan.Ammo, dunyoning yarmidan ko'pini zabt etgan, borgan joyini bosib olib, mag'lubiyat ta'mini totmagan Amir Temur unga javoban yozgan maktubida "Men Xudoning xizmatkori Temurman" deb yozgan. Jan Pol Rux, «Turklar tarixi»
Xorij tarixshunosligida Amir Temur tarixiga oid yozilgan asarlarning salmoqli va ilmiy qimmati bilan ajralib turadigan qismi Rossiya tarixshunosligiga taaluqli. Rus muarrixlarining Amir Temur shaxsi va uning tarixdagi o`rni haqidagi fikrlari sovet tarixchilari uchun asosiy dasturilamal bo`lgan. - Xorij tarixshunosligida Amir Temur tarixiga oid yozilgan asarlarning salmoqli va ilmiy qimmati bilan ajralib turadigan qismi Rossiya tarixshunosligiga taaluqli. Rus muarrixlarining Amir Temur shaxsi va uning tarixdagi o`rni haqidagi fikrlari sovet tarixchilari uchun asosiy dasturilamal bo`lgan.
- V.V.Bartol’d, A.Yakubovskiy va boshqalarining asarlari bir necha tillarga tarjima qilingan hamda jahon temurshunosligi rivojlanishiga ham ma`lum darajada ta`sir ko`rsatilgan.
Mustafo Kamol "Otaturk" - Turkiya respublikasining asoschisi - Agarda men Temurning davrida yashaganimda, uningchalik buyuk ishlar qila olardimmi yo‘qmi bilmadim. Ammo Temur mening davrimda tug‘ilganida, mendanda buyuk ishlar qilar edi!
Rossiya bosqini davridagi qarashlar - XX asrning 20-80 yillar Rossiya tarixshunosligining o`ziga xos jihatlaridan biri shu bo`ldiki, bu davr tarixshunosligida o`tgan asrlardagi rus shovinizmining ta`siri ma`lum darajada saqlangan holda, unga yangi salbiy jihatlar qo`shildi. Bular tarixga va tarixiy shaxslarning hayoti, faoliyatini o`rganishga kommunistik mafkura talablari asosida partiyaviy va sinfiy nuqtai nazardan yondashish edi. Natijada Amir Temur shaxsini qoralash, uni faqat salbiy bo`yoqlarda yoritish avj oldi. Bu hol, ayniqsa, XX asrning 70-yillarida yaqqol namoyon bo`ldi. A.P.Novosel’tsevning 1973 yili «Voprosы istorii» jurnalida e`lon qilingan «Ob istoricheskoy otsenke Temura» maqolasi Amir Temur ustidan o`qilgan hukmdek yangradi. Shundan so`ng XX asrning 70- va 80-yillarida Amir Temur haqida birorta temurshunoslik ilmiy saviyasi bilan farqlanuvchi tadqiqot ishi e`lon qilinmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |