Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Mahbuba Xamidova O’zbekiston davlati va huquqi tarixi (o’quv qo’llanma). Toskent., “Sharq”, 2005-yil.
Shamsuddinov R, Karimov Sh Vatan tarixi.- T., “O’zbekiston Respulikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi”, 2009-yil.
Hasanov A. Makka va Madina tarixi T., “Mehnat”, 1992-yil.
Muhammedov H Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi. II qism.- T., “Toshkent Davlat yuridik istituti”, 2005-yil.
Abdirahimova N.A, Isakova M.S, Suleymonova Z.M Davlat muassasalari tarixi. –T., “Sharq”, 2007-yil.
Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. – T., SHarq, 2000-yil.
Eshov B O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruv tarixi.-T., “O’zbekiston Milliy Universitet”, 2012-yil,
Sagdullaev A. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T., Akademiya, 2000-yil.
Alimova D.A, Rtveladze E.V O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari.- T., “Sharq”, 2001-yil.
Sagdullayev A.S, Eshov B O‘zbekiston tarixi. II-nashr.-T., “Universitet”, 1999-yil.
Xulosa
Hozirgi vaqtada tarixchi olimlar tomonidan o’lka tarixi uning boy madaniyati aholining turmush kechirish tarzi, azaliy qadryat va an’analarini bilishga shuningdek, davlatning siyosiy hokimiyatining tashkil topishi va faoliyatini chururroq o’rganishda ilmiy tahlillar orqali yoritishga dav’at etmoqdalar. Shu nuqtai nazardan ham “O’rta Osiyo va O’zbekistonning davlat muasasalari tarixi” nomli o’quv-uslubiy qo’llanmada ham ilmiy tahlillar, manbalarga e’tibor qaratilgan holda yozilganligi bilan ahamiyatlidir.
Davlat va davlat muasasalari tarixini, O’rta Osiyodagi turli qabilalarni ilk davlatchilik an’analarini biz zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” orqali bilib olamiz. “Avesto”da ijtimoiy-iqtisodiy hayotni, hokimiyatni boshqarishning axloqiy, hukmdorlarning xislatlarini, siyosiy huquqiy muammolariga oid ko’plab masalalarni keng yoritilganligini ko’rishimiz mumkin.
Bu ta’limotdagi siyosiy huquqiy qadryatlarning g’oyat muhim xususiyatlaridan biri insoniyatga qirg’in keltiruvchi urush va mojoralarning qoralanganligi tinch-totuv yashash, sulhparvarlik kabi g’oyalarni ilgari surganligini ko’ramiz. “Avestoda” xalq faravonligini ta’minlash diniy odatlarni ado qilish shuningdek, hukmdor, qabila va qabilalar ittifoqining vazifa vakolatlari ularning xislatlariga ham urg’u berib o’tilgan. Masalan: Yerni odil hukmdor pokiza qalb egasi, ezgu niyatlar bilan boshqarilishi kerakligi uqtiriladi. Umuman Zardushtiylik ilgari surgan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-huquqiy fikrlar harbiy demokratik tipidagi qabilalar birlashmasi emas, balki boshqaruvning markazlashgan tizimi va uning faoliyatiga asos bo’lgan qonunlar, qat’iy tartib - intizomga tayanadigan davlatlarga asoslanishi kerakligi ko’rsatiladi. Qo’llanmada “Avesto”ni yaratilishi va undagi odatlar, davlat hokimiyati amaldorlarning vazifa va vakolatlari ham o’z aksini topgan.
Ahamoniylar va yunonlarni O’rta Osiyoga qilgan bosqinchilik yurishlari, mahalliy qabila rahnamolarining ularga qarshi harbiy harakatlari natijalarini bilishga imkon beradi. Bunda tashqari, ushbu qo’llanmada ahamoniylar, yunonlarning davlat boshqaruv odatlarining kirib kelishi satrapliklar faoliyati, ularning majburiyatlari, soliq yer egaligi sud-jazo organlari faoliyati hamda harbiy qo’shin tuzulishi ta’minoti bo’yicha ma’lumot berilgan.
Shuningdek uslubiy-qo’llanmada Qang’, Eftaliylar, Turk xoqonligi davlatlarining tashkil topishi ularning boshqaruv apparati, davlat amaldorlarining vazifalari va nomlanishini hamda o’zbek xalqining etnik shakllanishida bu xalqlarning jamiyatda tutgan o’rniga baho berilib o’tilgan. Qolaversa arablar davri tarixi, davlat tuzimining ham yoritilib o’tilganligi, undagi boshqaruv tizimlari, huquqiy munosabatlarga ham urg’u berib o’tilgan. Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmani keng kitobxonlar hukmiga havola etamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |