Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


I.2. Malayya arxipelagida tashkil topgan ilk sinfiy jamiyat va davlatlar



Download 187 Kb.
bet6/11
Sana31.12.2021
Hajmi187 Kb.
#262278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qadimgi janubiy-sharqiy osiyo sivilizasiyasi

I.2. Malayya arxipelagida tashkil topgan ilk sinfiy jamiyat va davlatlar

Malayya arxipelagidagi bu o'lkaning qadim tarixi, diniy e'tiqodi, davlatchiligi va madaniyati taraqqiyoti to'g'risida so'z borganda, dastlab uning jug'rofiy xususiyatlarini inobatga olib fikr yuritmoq maqsadga muvofiq. Chunki qariyb uch mingdan ziyod orollardan tashkil topgan Indoneziya xalqlarining turmush tarzi va milliy an'analari aynan mavjud orollarning o'ziga xos tabiiy shart - sharoitida shakllangan17.

Mahalliy aholining o'zaro munosabatlariyu suv yo'llari orqali uzoq o'tmishdan olib borilgan tashqi dunyo bilan savdo aloqalari ham mavjud muhitga moslashgan holda kechgan. Shu bois ham tabiiyki, Indoneziyadagi dastlabki davlatlar minglab orollarning faqat eng yiriklarida vujudga kel­gan. Bular - Yava, Sumatra, Kalimantan, Sulavesi va bosh­qalar18.

Ma'lumki, davlatchilikning vujudga kelishi ijti­moiy-iqtisodiy munosabatlarni qay yo'sinda paydo bo'­lib, qanday asoslarda rivojlanganligiga bog'liq jarayon hisoblanadi. Xususan, arxipelag orollarining jug'rofiy ji­hatdan joylashuvi ularda yashagan jamoalarning nisbatan o'z holicha mustaqil hayot kechirishini taqozo qil­gan. Ya'ni, yerlik tilda ta'riflaganda, har bir "Desa" - jamoa o'z hududidagi yer, o'rmon, yaylov va suv zahiralariga o'zlari egalik qilib, ulardan mustaqil foydalanganlar.

Jamoadagi ijtimoiy tamoyillarga ko'ra, u yoki bu oroldagi kishilar doim hamjihatlikda mehnat qilib, ular shuningdek, o'zaro yaqin qarindosh -urug'chilik rishtalarini bog'laganlar. Balki xuddi shu sababdan Indoneziya quldorlik formatsiyasidan xoli qol­gan bo'lishi kerak. Qolaversa, orollardagi yerlarning sharoiti va qamrovi ham qullar mehnatidan foydalanish imkonini bermasdi.

Lekin ertami-kechmi “Desa”larga Indoneziya hududiga yaqin bo'lgan Janubiy va Sharqiy Osiyo davlatlarida joriy tabaqalanishga asoslangan feodal munosabatlarining ta'sir ko'rsatishi turgan gap edi. Amalda bu jarayon orollarda qabila sardorlarining savdo va harbiy harakatlarida orttirgan boyliklari tufayli jadallashdi.

Binobarin, agar bir tomondan, mavjud sharoit bois aholi o'rtasida tabaqalanish ruhi sezila boshlangan bo'lsa, ikkinchi tomondan, hududlarning kengayishi bilan fuqarolar soni ham orta borgan. Natijada aholi sonining ortishi va jamoa hududining kengayishi hukmdorlar va fuqaro o'rtasidagi munosabatlarda boshqaruv hamda huquqiy tizimning joriy etilishiga olib keldi. ''Desa"larning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi yiriklashuvning dastlabki belgilari, keyinchalik ilk indonez davlatchiligi poydevori sifatida takomillashdi19.

Ilmiy adabiyotlar ta'kidicha, bu yerdagi davlatchilikning paydo bo'lishida rojalarning aholi tushunchasidagi ilohiylik mavqei muhim ahamiyat kasb etgan. Demak, sobiq jamoalar sardori shaxsiyati va uning davlatchilik faoliyatidagi huquqiga ilohiy ixtiyor ham uyg'unlashgan. Bu fikrning amaliyotini qadimda toshlarda o'yilgan bitiklar matni misolida ko'rish mumkin: “Bu - Tarum davlatining qudratli va bemisl hukmdori Purnavarmananing oyoq izlari, bamisoli tangri Vishnu poyi izlaridek muqaddas”20.

Milodning I-VI asrlarida indonez orollarida asosan ikki guruhga taalluqli davlatlar faoliyat ko'rsatgan: g'arbiy va sharqiy. Bu ikki guruh davlatlari taraqqiyotining ayrim o'ziga xos xususiyati shundan iborat bo'ldiki, agar ularning birida - Sumatradagi g'ar­biy davlatlarga xos markazlashuv nisbatan yuqori bosqichga ko'tarilgan bo'lsa, Malakdagi sharqiy davlatlar esa o'z qo'shnilariga nisbatan hali mazkur jarayondan ancha uzoq edi. Ammo shunda ham, markazlashgan va kichik dav­latlar suv yo'llari yuzida bo'lganliklari uchun, ularda tashqi dunyo bilan savdo ishlari yaxshi olib borilgan. Shuningdek, g'arbiy Yavadagi Taruma va Kalimantandagi davlatlarda agrar tizim ustuvor bo'lgani uchun dehqonchilikka mo'ljallangan ekin yerlarining fuqarolarga bo'lib berilishi va suv inshootlari qurilishi masalasi doim davlat zimmasida bo'lgan. Sababi, "orol-davlatlar"dagi yer va bo'lak tabiiy resurslar bari qonunan dav­lat mulki hisoblangan.

Garchi arxipelag davlatlari xususidagi manbalarda ma'lumotlar u qadar ko'p bo'lmasa-da, lekin o'tmish sayyohlaridan qolgan xabarlarda Indoneziya davlatlari haqida juda ko'p ijobiy fikrlar bildirilgan. Masalan, saroylarning bezagi, podsho qo'shinlarining harbiy qudrati, madaniyat borasida, aytaylik, shahar aholisi orasida adabiy asarlarning o'qilishi, buddizm va hinduizm matnlarining o'rganilishi va o'zlashtirilishi hamda g'arbiy Indoneziya davlatlarining sharq va g'arb mamlakatlari bilan diplomatik-savdo aloqalari haqida fikrlar bildirilgan.

Antik ma'lumotlarda ko'rsatilishicha, birinchi mingyillikning o'rtalarida orollar mamlakatida yettitadan o'ntagacha, aslida esa, undanda ko'proq davlatlar faoliyat ko'rsatgan21. Davlatlarning son-sanog'i, ularning jug'rofiy hududlari va nihoyat, tarixi haqidagi ma'lumot­larda, afsuski, aniqlik yetishmaydi va buning o'z sabablari bor. Ulardan eng muhimi va murakkabi, orollar sonining ko'p bo'lganligi tufayli o'tmish davlatlarining sarhadlarini aniqlash muammosi. Ya'ni, qadim indonez davlatlari va ularning qay darajada taraqqiy topganligini tasavvur etishda eng ishonchli manbalardan biri - bu ibodatxonalar, boshqa me'moriy obidalar va mehnat qurollari qoldiqlari.

Janubiy-Sharqiy Osiyodagi ilk davlatlar haqidagi yozma manbalar deyarli saqlanmagan. Xitoy yilnomalari va Hind manbalarida qisqa, yarim afsonaviy ma'lumotlar mavjud bo'lib, bu hududlardagi ilk davlatlar tarixini asosan arxeologik ma'lumotlar asosida o'rganish mumkin. Arxeologik ma'lumotlardan shu narsa ma'lumki, shimoliy V'etnamda Xongxa (qizil) daryo quyi oqimida mil.av. VII asrda ilk davlat birlashmasi bo'lgan YuE davlati tashkil topadi22. Bu davlat strukturasi sodda tuzilishga ega bo'lib, yerga jamoa bo'lib ishlash xo'jalik hayotida ustun mavqega ega bo'lgan.

Mil.av. IV-III asrlarda Janubiy-Sharqiy Osiyoda Dongshon madaniyati gullab yashnagan davrlarda Vanglang (keyinchalik Rulak deb atalgan), Tayau, Namvet davlatlari tashkil topadi. Bu davlatlarda Xitoy madaniyati ta'siri sezila boshlanganini ko'rish mumkin. Ushbu davlatlarda hukmron tabaqani mayda ishlab chiqaruvchilar tashkil etgan holda, qulchilik munosabatlari, urug' a'zolarining ham qulga aylantirish o'sib borgan.

Lakvet (v'etnamliklarning ajdodlari) davlatlari tepasida veong (monarx) turgan bo'lib, uning hokimiyati oqsoqollar tomonidan cheklab turilgan. Keyingi pog'onalarda yer egalari, aristokratlar va amaldorlar turgan. Lakvetlar e'tiqodida ota-bobolar ruhiga e'tiqod, timsoh-ajdodga e'tiqod va ayrim qushlarga e'tiqod qilish mavjud bo'lgan. Mil.av. 221-214 yillarda Aulak, Tayau, Namvet davlatlari Sin imperiyasi bilan urushlar olib boradilar23.

Janubi-sharqiy Osiyodagi faqatgina Aulak davlati o'z mustaqilligini saqlab qoladi. Mil.av. 207 yil Namvet o'z mustaqilligini tiklab Aulak davlati bilan birlashadi. Bu davrlarda davlat apparati, ijtimoiy, sinfiy struktura murakkab ko'rinishga ega bo'ldi.

Ushbu davlatlarda qulchilik (no-le) davlat va xususiy qullarga bo'linadi. Mil.av. II asrda Namvet Xan imperiyasi bilan kurash olib boradi. Mil.av. 111 yil Xan imperiyasi qo'shinlari Namvetni bosib oladi.

Mil.av. III-II asrlarda Janubiy-Sharqiy Osiyoning tog'li hududlarida Tay-Avstroosiyo xalqlariga oid qabilalarida ham ilk davlatchiligi Diyen va Yelan vujudga keldi24. Bu yerda dehqonchilikdan ko'ra ko'proq chorvachilik ustun mavqega ega bo'lganini ko'rish mumkin. Qullar safini bo'ysundirilgan qabilalar hisobidan to'ldirib borganlar.

Diyen davlati yozuvi Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarining hozirgacha saqlangan yagona yozuvi bo'lib, u Xitoy yozuvidan keskin farq qiladi. Xan imperiyasi mil.av. I asrda bu hududlarni bosib oladi. Shimoliy V'etnamda mil.av. 44-40 yillarda ikki opa-singillar Chinglar qo'zg'oloni bo'lib, uni lashkarboshi Ma Yuan katta qiyinchilik bilan bostiradi. Xan imperiyasi parchalangan aristokratlarning Xitoy madaniyatiga intilishi ham pasayib boradi.

Miloddan avvalgi III-V asrlarda Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasiga yangi din, buddizmning kirib kelishi bilan Dongshon madaniyati izlari ham asta-sekin yo'qolib boradi. Aholi orasida budda dini va Xitoy madaniyati katta ta'sirga ega bo'la boshlaydi.

Janubiy-Sharqiy Osiyodagi ilk davlatlar haqida Xitoy manbalarida Chjou davlati elchilari Bakpoga kelganliklari, sovg'a salomlar almashingani haqida ma'lumotlar mavjud. Lakvetlarning Vanglang davlatida mil.av. IV asrda hunarmandchilik rivojlangani, temirga ishlov berish taraqqiy qilgani ham qayd etilgan.

Bundan tashqari, Vanglangda hokimiyat tepasida Xuonviong dinastiyasi turgan bo'lib, vyung Xitoyga van (knyaz) ekanligi, mil.av. 258 yil tashkil topgan Aulak davlati uni bosib olishi, Aulakni Txuk sulolasi boshqargani, davlat poytaxti Ko-lao shahri pishiq g'isht devor bilan o'ralgani haqidagi ma'lumotlar ham Xitoy manbalarida uchraydi.

Milodimiz boshlarida Mon-Kxmerlarda xo'jalik taraqqiy etib, temirga ishlov berish kuchayadi. Ijtimoiy asosni kichik qishloq jamoalari tashkil qilgan. Dastlabki paydo bo'lgan Bopnam (Funan) Shrik - shetra (tarekittara), Suvannabxumi, Tyao-Praye va boshqa davlatlar dastlab tekisliklardagi, aholi zich yashaydigan sholichilik taraqqiy qilgan hududlarda tashkil topdi. Qirg'oq bo'yidagi kichik qishloqlar dengiz savdosi natijasida yirik shaharlarga aylandilar.

Mamlakat hukmdori barcha yerlarning egasi, dunyoviy va diniy boshqaruvning yetakchisi ham edi. Hukmron tabaqa va erkin jamoachilar jamiyatning asosini tashkil qilganlar. Qullar hali xo'jalikda asosiy mavqeni egallamaganlar, ekspluatatsiyaning asosiy shakli renta - (mahsulot solig'i) bo'lib, uni davlat rahbarlari va yer egalariga to'langan.

Mon-Kxmer davlatlarining ko'pchiligi milodiy I asrda tashkil topadi. Ularning orasidan hududi va kuch qudrati bilan Bopnam davlati ajralib turgan. Xitoy manbalarida bu davlat Funan deb nomlanadi25. U o'zining eng qudratli davrida butun Janubiy Hindixitoyni egallaydi. Bopnam kurungi (monarx)xi Fanshiman kuchli flot tuzib, istilochilik yurishlari olib borgan. IV asrgacha Bopnam eng qudratli davlat bo'lgan. V-VI asrlarda shimoliy Mon-Kxmerlar kuchayib, asta-sekin Bopnam davlatini istilo qiladi.

Bapnam davlati bilan bir vaqtda Iravadi daryosi deltasida Pegu davlati tuziladi. Hind manbalarida u Ramaniya-Desha deb tilga olinadi. Molluk yarim oroli shimolida Menam daryosi deltasi botqoqliklarida Dravati davlati milodiy IV asrda vujudga keladi. Xuddi shu davrda janubiy Hindixitoyda Srok-Kxmer davlati ham paydo bo'ladi.

Xitoy yilnomalarida Mon-Kxmerlar past bo'yli, tim qora tanli, jingalak sochli odamlar degan ma'lumotlar saqlanib qolingan. Mon-Kxmerlarga mansub Tyamna xalqlari ham milodiy IV asrda Hind madaniyatiga beriladi, braxmanizm keng yoyiladi, hind yozuvi tarqalib, sanskrit tili davlat tili deb qabul qilinadi.

Indoneziya orollarida milodiy I-VI asrlarda shakllangan davlatlarni shartli ravishda ikki qismga g'arbiy (malayya) va sharqiy (Yava)ga bo'linadi. G'arbiy guruhga Sumatra oroli va Molluk yarim oroli janubidagi ilk davlat birlashmalari kiradi. Bu davlatlar xo'jalik hayotidagi dengiz savdosi katta ahamiyatga ega bo'lgan. Mon-Kxmerlar va indoneziyaliklar o'z davrining mohir dengizchilari edi.

Hindlar Indoneziyani Samudradesha “dengiz mamlakati” deb nomlaganlar. Hind manbalarida Shalmaladvipa (Molluk yarim orollarining qadimda Hind manbalarida nomlanishi)ning mil.av. II asrdagi ilk davlati Lankasuka, Kataxa, Tambralinga bo'lgan. Bu davlatlarda Sanskrit tili, yozuvi, buddizm, hinduizm dini keng tarqalgan. Yava, Kalimantan orollarida Taruma va Mulavarman davlatlari eng ko'zga ko'ringan davlatlar bo'lib, ularning ijtimoiy-siyosiy tuzumi Bapnom davlatiga o'xshab ketgan.

Davlat irrigatsiya inshootlari qurilishiga homiylik qilgan. Tяmpa davlati Hindixitoy yarim oroli sharqiy qismida bo'lib, dengiz savdosida faol ishtirok etgan. Agrar va ijtimoiy jihitdan Vet jamiyatiga o'xshab ketgan.

Milodiy IV asrda shimoliy-g'arbiy Yavada Taruma davlati tashkil topdi26. 415 yilda mahalliy podshoh Purkavarman boshchiligida janubiy Borneoda ham davlat tashkil topgan. Indoneziyaning Palenbang orolida tashkil topgan Banka shahri dengiz yo'llari kesishgan savdo markazi bo'lgan. Hind madaniyati, tili, yozuvi katta ta'sir ko'rsatgan. Sanskrit-malay alfaviti, qadimgi pallav alfavitidan mahalliy yozuv vujudga kelgan.

Hind qurilish arxitekturasi keng qo'llanilgan. Hind manbalarida Sumatra Suvarkadvipa - oltin orol, Yava esa Yavadvipa - javohir orol deb nomlangan. Indoneziya aholisi asosan savdo-sotiq bilan shug'ullangan. O'rta Osiyoda ishlab chiqarilgan tovarlar arxeologlar tomonidan Indoneziyadan topilgan. Indoneziyaliklarning bir qismi Madagaskar oroliga borib, u yerda madaniyat jihatidan malayyaliklarga yaqin bo'lgan malgash xalqi va madaniyati tashkil etdi. Indoneziyalikda ham malgashlarda ham kastachilik tizimi mavjud bo'lgan.


Download 187 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish