2.2. Pyotr I davrida Rossiyaning Buxoro va Xiva xonliklari bilan munosabatlari.
Rossiyada yakka hukmronlik qilgan Pyotr davrida O’rta Osiyo xonliklari bilan munosabatlar butkul o’zgardi. Rossiya Buxoro va Xiva xonliklarini o’zi bilan teng ko’rmasdan, hattoki Xivani o’zining tasarrufidagi hudud deb bilardi. Buning sababi, Buxoroda Abdulazizxon, Xivada Anushaxon xonliklaridan keyin beqarorlik hukm surardi. Xonlar tez almashininb, tayin bir tuzum yo’q edi. Bu tartibsizliklar, Buxoro xonligining qulashiga Xiva xonligining qudratsizlanishiga olib keldi. Buyuk Pyotr ushbu vaziyatdan foydalanib, bu xonliklarni bo’ysundirish payiga tushdi.
1700-yil Rossiyaga Xiva elchisi Do’stbek Bahodir keldi. Uning Pyotrga keltirgan nomasida Shohniyozxon o’zi hukmronlik qilayotgan Xiva davlatini Rossiyaga qo’shib olishni taklif qildi va uning bu iltimosi qondirildi. Shu yilning 30-iyunida Pyotr buni o’z yorlig’ida tasdiqladi va 1703-yil may oyida taxtga o’tirgan Arab Muhammadxonga yubordi. Bu haqda Moskva vedomstlarida 1703-yil aprel sanasi bilan shunday yoziladi: “ Xiva xoni buyuk hukmdorga o’z elchisini yo’llab, ya’ni o’z hukmronlik qilayotgan xonlikning barcha yerlarini, molk- mulklari bilan birga o’z qo’liga olishini so’ragan. Bu iltimosni Buyuk Pyotr qabul qildi va Xiva xoniga o’z vakilini yubordi.65
Yuqorida qayd etganimizdek, o’z vaqtida shahzoda Afg’on podshoh Mihail Feodrvichga murojaat qilib, agar uni xon etib tayinlashsa, u Xivani Rossiyaga qo’shib olishga roziligini bildirgan edi.Pyotr davrida ham shu takrorlandi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, o’sha paytda O’rta Osiyo davlatlarida Rossiyaga qarashli degan tushuncha butunlay boshqacha ma’no kasb etgan. Biror davlat qaramog’iga o’tish o’sha davrda ko’pchilik tomonidan emas, balki ayrim shahslar tomonidan ilgari surilgan. Bundan ular o’z manfaatlarini ko’zlaganlar. Ya’ni, nomigagina birovga bo’ysunish, kimdadir sovg’a- salom olish va hokazo. Xiva hukmdorining, 1703-yilgi iltimosi esa, o’zlarini Buxoro xonidan himoya qilish uchun edi. Ammo Pyotr shved va turklar bilan urush tufayli , vaqtincha bo’lsa ham Sharq bilan shug’ullana olmatoygan bo’lsa ham , ammo Xivaning nomiga bo’lsa ham,Rossiyaga qaram bo’lganligi Pyotrning Buxoro bilan munosabatlarini olib borishiga zarar qilmasdi.
1705-yil Ubaydullo Bahodirxon Moskvaga elchi qilib, Olimbek Qochoqbekni yubordi. Elchilik karvonida xonning 35ta, elchining 15 ta, savdogar Mirqurbon Mirgadoyevning o’zi va uning 7 ta odami bor edi.66
Shu yilning 17- fevral kuni tantanali qabul marosimida elchi tomonidan topshirilgan xon yorlig’ida yozilishicha, yaqindagina Xiva taxtiga chiqqan Ubaydullaxon o’zining rus podshosi bilan oldindan o’rnatilgan do’stlik aloqalarini davom ettirish istagini bildirgan, elchi bilan kelgan savdogar Mirzayevning podshohga yaqin kishisi hisoblangan Novgorod hokimi, knyaz va boyar Boris Alekseyvich Galitsinga topshirgan nomasida xon , savdogar bilan yuborgan mollarni u yerda sotishga ruhsat so’ragan. Shuningdek, sotilgan va sotib olingan mollardan soliq olmasliklarini iltimos qilgan.Elchi va savdogarlarga javob nomasi yozib, podshoh Ubaydullaxon (1702-1711 y)ga elchilar uchun minnatdorchilik bildirib, buxoroliklarning Rus davlatida , ruslarning esa Buxoroda savdo-sotiq ishlarini qo’llab- quvvatlashini bildiradi va xonga yuborgan sovg’alari uchun minnatdorchilik ramzi sifatida chervonlar yuborganini bildiradi.
Savdogar Mirzayevning Pyotr huzurida bo’lganligi xususida ayrim noaniqliklar mavjud. Moskva Tashqi Ishlar kollegiyasi arxividagi hujjatlarga ko’ra , savdogarning ismi sharifi Mirqurbon Mirgadoyev deyilgan bo’lsa, Ubaydullaxon yuborgan ishonch xatida Nuregimboy deb atalgan . Bu narsani aniqlash ancha qiyin, chunki podshoh Pyotrning javob nomasida savdogarning nomi tilga olinmagan, faqat elchi Olimbek ta’kidlangan xolos.
Xullas, keyinchalik Pyotrga O’rta Оsiyo haqida yangi ma’lumotlar yetib kela boshladi.Shu sabab podshoh bu hududga alohida e’tibor qaratishga ahd qildi.
1713-yil Turkman Xo’ja Nasaf degan kimsa Astraxanga keldi va u yerlik knyaz Mixail Samononv bilan do’stlashib, unga podshoh uchun juda muhim yangiliklar borligini aytadi. Uni Peterburggga olib kelishganda, u shunday ma’lumot berdi: Amudaryo qirg’og’ida joylashgan davlatda oltin qum olinadi.Ilgarilari bu daryo Kaspiy dengiziga quyilgan .O’zbeklar ruslardan xavfsizlanish maqsadida uning o’zanini Orol dengiziga yo’naltirishgan, ammo to’g’onni buzish yo’li bilan uning yo’nalishini oldingi o’zaniga qaytarish mumkin.Bu ishga turkmanlar yordam berishga tayyor.
Bundan tashqari, taxminan 1714-yilda Pyotr Sibir gubernatori knyaz Gagarindan ham oltin haqida ma’lumot oldi. Uning aytishicha, “ Buxoroning Yorkent shahri yaqinida daryo qirg’og’ida oltin qum bor.Yorkent shaharini egallash maqsadida knyaz Gagarin Tobolskdan Yorkentgacha istehkom chizig’ini tiklashni taklif etadi. Birinchi qo’rg’onni Irtish yaqinindagi Balxash daryosi bo’yida, keyinchalik ko’rsatmaga binoan boshqalarini qurishni taklif etadi.” 67
Knyaz Gagarin taklifnomasiga Pyot o’z qo’li bilan shunday deb yozdi: “Balxash daryosi yaqinida, qayiqlar suzib bora oladigan joyda , daryo bo’ylab shahar, undan yuqoriroqda esa istehkom qurilsin. U yerdan quruqlik orqali Yorkent shahrini egallash yo’llari qidirilsin. U yerdan quruqlik orqali Yorkent shahrini egallash yo’llari qidirilsin.68 Bu vazifani bajarish uchun,1500-2000ta (vaziyatga qarab) soldat jalb etilsin. Bundan tashqari. Shvedlardan mutaxasisslar, muhandislar, shuningdek, shved ofitser va artellistalri ham 3 yil muddatga ishga taklif etilsin. Ammo shunga alohida e’tibor qaratilsinki, shvedlarning soni o’zimizning umumiy soldat va ishchilarimiz miqdorining uchdan bir qismidan oshmasligi kerak.”
Shu paytda Xiva elchisi Ashurbek Rossiyada edi. U Xivaning taxtiga yangi xon Xo’jamuhammad Bahodirxonning chiqqanligi xabarini olib kelgan edi. Ashurbek ham knyaz Gagarinning bu taklifini qo’llab, Pyotga Amudaryoning Kaspiy dengiziga tutashadigan joyida istehkom qurishni taklif etadi.
Pyotr esa Qirg’iziston yoki Turkmaniston orqali O’rta Osiyoga darvoza ochmoqchi edi. Shuning uchun Yorkent shahrini egallashi uning davlati mavqeini ko’tarishini yaxshi tushunar edi. Buyuk Pyotr u yerlardagi qumda haqiqatan ham oltin bor-yo’qligini aniqlashni topshirdi. Bordi-yu bu daryolarda oltim qum bo’lmasa ham, har holda mahalliy aholi bilan savd-sotiq qilib, oltinga ega bo’lish mumkin edi –da.
Pyotr oltinlarga ega bo’lish maqsadida Sharq davlatalari bilan yaqin aloqa qilib, u yerlarga egalik qilishni istardi. Mana shu maqsaddda Pyotr ajoyib reja tuzdi, ammo bu reja bajarilmay qoldi. Buning sababi, rejada qo’yolgan topshiriqlarning qiyinligida emas , balki uni bajarishga tayinlangan kishilarning o’quvsizligida edi.69
O’sha paytlarda O’rta Osiyo xonliklarining atrofida qaroqchi to’dalari va bosqinchilarning ko’pligi tufayli ahvollari tangligini Pyotr yaxshi bilar edi.Shuning uchun ular o’z mavqeilarini tiklash uchun saroyga o’z rus otryadlarini hech qanday e’tirozsiz qabul qilishlari kerak edi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, Pyotr O’rta Osiyoga ikkita ekspeditsiya yubormoqchi bo’ldi.Birinchisi-Buxgolts boshchiligida bo’lib, ular Irtish daryosining yuqori irmog’i bo’ylab, Balxash daryosi yoqasida istehkom qurishlari; u yerdan Yorkent shahriga yurish qilib, uni egallashlari, va oltin olinadigan joylarni aniqlashalari kerak edi. Ikkinchisi akspeditsiyaning boshlig’i esa Preobrejinskiy polka , Leyb gvardiyasining kapitan - poruchigi, knyaz Bekovich Cherkasskiy bo’lib, u Xivani egallashlari kerak edi.
1714-yil 29-mayda Rus hukm dorining knyaz Bekovich Cherkasskiyni Xivaga yuborish to’g’risidagi buyrug’i chiqdi. Unga “ Xiva xoni taxtga chiqishi munosabati bilan tabriklash va shu yerdan Buxoroga o’tib , Buxoro xonidan o’zaro savdo- sotiqni rivojlantirish uchun nimalar kerakligini so’rash buyurildi.
Asl maqsad Yorkent shahri haqida ma’lumot to’plash bo’lib, bu shahar podshoh saroyidan qancha uzoqlikda joylashganligi, u yerda daryo orqali yo’lning bor-yo’qligi, Kaspiy dengizi yoki daryo orqali shaharning yaqinrog’iga borsa bo’ladimi-yo’qmi shularni aniqlashdan iborat edi.
Ekspeditsiya 1714-yilning kuzida boshlandi. Knyaz Bekovich 28-oktabrda Astraxandan o’zining 2000 kishilik otryadi bilan kemalarga o’tirib, 7- noyabrda Kaspiy dengizning Uralga quyiladigan joyidagi Gureyev shaharchasiga yetib keldi. Qattiq qish, Muzliklar kemalar harakatiga halaqit bergani sabab, Bekovich ortga qaytishga majbur bo’ldi.70
1715-yilning 25-aprelida yana Astraxandan chiqib, Mang’ishloqqa yetib keldi. Bu yerlik turkmanlardan Amudaryoni qanday qilib oldingi o’zaniga qaytarish mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar to’pladi. Dvoryanlar Fyodorov va Zvanskiylarni turkman Xoji Nasaf bilan Amudaryoning eski o’zanini aniqlashga yubordi, o’zi esa “ Qizil dengiz”ga , ya’ni oldingi Krasnovodsk shahri o’rnidagi Balxansk buxtasiga jo’nadi. Amudaryoning asl o’zanining Kaspiy dengiziga quyiladigan joyi shu yerda edi.O’zanni aniqlashga yuborilgan dvoryanlar ham shu yerga kelishlari kerak edi. Bekovichning qo’l ostidagi ofitserlar Kaspiy dengizining sharqiy qirg’oqlarini xaritaga tushirishdi. Shu xaritani Bekovich Feodorov va Zvanskiy to’plagan ma’lumotlar hamda bir guruh hodimlar bilan birga Buyuk Pyotr dargohiga yubordi.Bekovichning o’zi esa Kaspiy dengizining sharqiy qirg’oqlarini , ya’ni Tepaqo’rg’ondan to Amudaryoning dengizga quyiladigan joyigacha xaritaga tushirish bilan kifoyalandi. Shundan so’ng, u 1715-yil 9- oktabrida Astraxanga qaytib keldi.
Knyaz Bekovivch yuborgan xarita va ma’lumotlar Pyotrni nihoyatda qiziqtirdi, shuning uchun u dengiz floti porichigi Kojinni 1716-yil 27-yanvar sanasi bilan imzolangan bayonnoma bilan Kaspiy dengizining sharqiy qirg’og’iga yubordi. Unda quyidagi ko’rsatmalar o’z aksini topgan edi:
1) Astraxanga borib, u yerdan o’ziga kerak bo’lgan ikki yoki undan ortiq kemalarni va boshqa kerak bo’ladigan jihozlarni tanlab olib, shu kema bilan Kaspiy dengizining ko’rsatilgan qirg’og’I xaritaga tushirilsin. Shu qirg’og’da mavjud daryolar, to’xtash joylari, orollar ham xaritada ko’rsatilsin.;
2) “U yerda uchragan odamlarning nima qilib yuribsiz?” - degan savollariga : “ Savdo- sotiqni yaxshi yo’lga qo’tish uchun yo’llar izlayapmiz” - deyishsin, bundab boshqa hech qanaqa javob berishmasin, bu narsa tub joylik xalqalarning havotirga tushmasliklari, hech qanday shubhaga bormasliklari uchun kerak;
3) Bekovich tuzgan dengiz xaritasining to’g’riligi tekshirilsin; agar xatoliklar o’tkan bo’lsa, unga o’zgartirishlar kiritilsin;
4) Qirg’oqlarin xaritaga tushirgandan so’ng, kattaroq kema tanlab, dengizning hamma yerini tekshirib chiqilsin va u ham xaritaga tushirilsin.71
Shunday qilib, Kojin Bekovich to’plagan ma’lumotlarni tekshirishi va ularni to’ldirib Kaspiy dengizningto’liq xaritasini tuzishi kerak edi. Ammo buyuk Pyotrning Astraxandan kelgan knyaz Bekovich bilan suhbati Kojinning safariga o’zgartirishlar kiritdi.1716-yil 21-yanvarda Moskvadan Peterburgga chaqirilgan Bekovich rus podshosining orqasidan Rigaga keldi va u yerda birinchi ekspeditsiya yakunlari haqida axborot berdi va bu xizmatlari uchun gvardiya kapitani unvoniga sazovor bo’ldi.
Birinchi ekspeditsiyaning natijalari Buyuk Pyotrni ikkinchisini yuborishga ruhlantirdi va podshoh bu ekspeditsiyaning rahbari etib, yana Bekovichni tayinladi.Bekovichga 13 ta bo’limdan iborat bo’lgan instruksiya berilib, bu ko’rsatmalarga binoan Bekovich Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyiladigan azaliy o’zani yonida 1000 kishiga mo’ljallangan istehkom qurishi kerak edi. Agar iloji bo’lsa eski o’zan orqali, daryo suvi yuborilishi,Xorazmning Hurfa shahri yaqinida Amudaryo to’g’oni qurilishi, shundan so’ng Xivaga borib, xonga yordam tariqasida rus gvardiyasini berishi va bu yordam uchun xonni rus podshohiga sadoqatli bo’lishga undashi kerak edi.Faqat bu gvardiyani moddiy jihatdan xonning o’zi ta’minlashi kerak edi.72
Xullas, Bekovich-Cherkasskiy Xivada o’rnashib olgandan so’ng, xonga mahalliy xalq vakillari bilan birga ikkita rus askarini yuborib, Amudaryo bo’ylari va Yorkent tuprog’ini tekshirishni taklif etishi kerak edi.Shuningdek, u xon yordamida rus savdogarlarini Hindistonga yuborishi kerak edi. Bu savdogarlarning asl maqsadi quruqlik va Kaspiy dengizi orqali Hindistonga boradigan eng yaqin yo’lni aniqlash edi.Shuningdek, Xivadan Buxoro xonligiga yo’l olib, xonni hozircha Rus hukmdoriga nisbatan itoatkorlikda bo’lmasa ham, do’stlikka moyil etishi kerak edi.Mana shu maqsadlar uchun Bekovichga 4000 piyoda, 15000 yants, 500 otliq kazak va 100 ta dragun berilgan edi.Buyuk Pyotr bergan ko’rsatmaga binoan, Bekovich ekspeditsiyasining a’zosi, harbiy dengiz poruchigi dengiz yo’li orqali Hindistonga borishi kerak edi.
Bekovich ekspeditsiyasiga podshoh nihoyatda katta e’tibor qaratib, uni tyez kunlarda yuborish uchun senat a’zolariga shunday murojaat qildi: “Belgilangan ko’rsatmalar nihoyatda zarurligi tufayli, bu ekspeditsiyaga doir barcha masalalar tezda hal etilsin”.
Barcha tayyorgarliklar ko’rilgach, 1716-yilning 20-sentabrida knyaz Bekovich Astraxandan yo’lga chiqdi va 9-oktabrida Tepaqo’rg’on qo’ltig’iga keldi. Xiva xononini qo’llab-quvvatlash, uning ishonchini qozonish va elchisi sifatida xon saroyiga borishini yetkazdi.Shuningdek, bir paytning o’zida Buxoroga elchi qilib dvoryan Davidov noma bilan yuborildi. Bunday nomalarniBekovich Peterburgdaligida olgan edi.Tepaqo’rg’onda istehkom qurish uchun polkovnik Xrushyov o’z polki bilan qoldirildi. Keyinchalik bu qo’rg’on Pyotr nomi bilan atalgan .Bekovichning o’zi esa qolgan otryadi bilan Krasnavodsk qo’ltig’i tomon suzdi.73
Yo’lda u Bextir Liman qo’ltig’ida to’xtadi, keyinchalik bu qo’ltiq Bekovich sharafiga Iskandarboy deb atalgan. Bu yerda qo’rg’on tiklangan, kichik bir garnizon qoldirildi va knyazning o’zi esa 3-noyabrda Krasnovodskga keldi. Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyiladigan hamda Balxash qo’ltig’iga kirish joyida uchinchi qo’rg’on qurildi. Qo’rg’on hali qurib tugatilmasdan turib, Bekovich yangi ekspeditsiya yuborishga shaylandi. Shunda qalmiqlar xoni Ayuka unga Achinsen Qashqa ismli chopar yuborib, Xivaga bo’lgan yo’lning og’ir hamda hatarli ekanligini tushuntirdi.Bir tomondan yo’lda suv va oziq - ovqatning yetishmasligi, ikkinchi tomondan Xiva qurolli kuchlarini xavf solib turishini aytdi. So’ngra bizning (muallif fikricha ) Xivaga yuborgan elchimiz tomonidan ham Xiva xoni Sherg’ozixonni ruslarga qarshi qo’shin to’playotgani , hattoki qarshi chiqa boshlagani haqida xabar yetkazdi. Shuningdek, Buxorodan Rossiyaga kelayotgan elchi ham, shunday nohush xabarni yetkazdi.Biroq bu xabarlar Bekovichni cho’chita olmadi.Dekabr oyida knyaz quruqlik orqali Astraxanga yo’l oldi va Guryev orqali Xivaga borish va yo’lda yangi qurilish istehkomlariga qo’shimcha qo’shin yuborib, ularni mustahkamlash hamda turkmanlarni o’zlari tomonga o’tishga undamoqchi bo’ldi.Ammo bu turkmanlar betarflik holatini afzal ko’rishdi. Ular bu ikki raqib tomonningqaysinisi yengib chiqsa, keyinchalik g’olib tomonga qo’shilish niyatida edilar.
1717-yil iyun oyining boshlarida Bekovich bilan birga Astraxanga kelgan Kojin keyingi ekspeditsiyada qatnashishdan voz kechdi. Bekovich uning bu harakatini xoinlik deb atadi. Kojinning Bekovich bilan borishdan bo’yin tovlagani buyuk Pyotrga ham yetib borgan bo’lsa kerak.74
Gureyevdan cho’l tomon yurishning 5-kuni, Emba atrofida Bekovich podshohdan noma oldi. Pyotrning buyrug’I quyidagicha edi : “ O’sha yerliklar tilini biladigan biror ishonchli kishini Turkiya orqali Hindistonga yuboring .O’sha yerdan Xitoy orqali Buxoroga qaytsin va uchragan barcha davlat va shaharlar,xususan, oltin qum to’g’risida batafsil ma’lumot to’plansin.”Bu safar Bekovich qo’riqchi Mirza Tevkelevni tanladi. U suv orqali Kaspiy dengizning janubiy-sharqiy qirg’og’iga borib , u yerdan Shemahaga va quruqlik orqali Isfaxonga borishi kerak edi.Ammo bo’ron uni Astrabodga olib keldi va bu yerda u Eron hukmdori Safoqulixonga asir tushdi.Eron saroyiga yuborilgan rus elchisi uni ozod qilgunga qadar u asirlikda bo’ldi.75
Bekovich- Cherkasskiyning muvaffaqiyatsizliklaridan xabar topgan Tevkelev keyinchalik Rossiyaga qaytib ketdi. Shundan so’ng Xiva elchi qilib dvoryanin Kereytov yuborildi. Bu elchi ham Bekovichning tinchlik maqsadida kelayotganini xabarini yetkazishi kerak edi.Ammo Xivada bu ekspeditsiya haqida nohush gaplar yurardi, shuning uchun ham xon bunga shubha bilan qarardi va ruslarga qarshi o’z qo’shinini hujumga yubordi. Ikki kunlik janglardan so’ng Xiva qo’shini tor-mor etildi. Ochiq maydonda rus qo’shinlarini yengishga ko’zi yetmagan xon ayyorlik yo’liga o’tdi.Xon Bekovichga chopar orqali : “Bu hujum mening buyrug’imsiz uyushtirilgan, men undan bexabarman.Men ruslar bilan sulh tuzish tarafdoriman”, - mazmunida noma yubordi. Muzokara va kelishuvlar Bekovich lagerida olib borildi, hattoki uning shartlari ham kelishib olindi va keyin xon Bekovichni o’z lageriga taklif etdi. Bekovich o’zining 700 askari bilan xon lageriga keldi va ishonch xatini topshirdi. So’ngra sharqona urf-odatlarga binoan sovg’a- salomlar topshirilib, mehmondorchilik boshlandi. Xon Qur’onni o’pib do’stona munosabatlarga xiyonat qilmaslikka qasamyod qildi.Shundan so’ng, xon o’z qo’shini bilan Xiva tomon yo’l oldi.O’zi bilan Bekovichni ham Xivaga taklif etdi.Yo’lda keta turib, xon Bekovichga rus qo’shinlarining barchasini Xivada saqlashga sharoit yo’qligini aytib, ularni kichik guruhlarga bo’lib, Xiva atrofidagi shaharlarda saqlashni taklif etdi( bu Porsungun daryosi bo’yida sodir bo’ldi). Bekovich taklifni qabul qildi va o’zi bilan 200 askarni saqlab, qolganlarini 5 ta guruhga bo’ldi.Rus qo’shini bo’linib, tarqalgani zahotiyoq, xon lashkari hujumga o’tdi va birinchi bo’lib Bekovichning boshi olindi.Butun qo’shin qirib tashlandi va Bekovichning boshi Buxoro xoni Abdulfayzxon (1711-1747y)ga yuborildi. Abulfayzxon Sherg’ozixonning bu “tortig’idan” nihoyatda jahli chiqib: “Buni darhol qaytarib olib ketinglar, xonlarning bu noodamiyligini ko’rib, men undan qo’limni yuvib, qo’lig’imga urdim; xonlaring qonxo’r hayvon emasmi ?” - degan. Fikri ojizimcha , Buxoro xoni rus ekspeditsiyasining halokatiga daxlsiz qolish uchun shunday qildi. Aks holda buning oxiri voy bo’lishi mumkin edi.76
Bekovichning bu yurishi haqidagi ma’lumot Xivaning tarixiy manbalarida ham saqlanib qolgan.Ularda Bekovichning musulmoncha ism sharifi- Davlat Girey nomi tilga olinib, uni ochiq jangda emas, balki ayyorlik yo’li bilan yengilgani qayd etilgan.
Chet el safarida bo’lgan buyuk Pyotr bu xabarni 1717-yilning sentabrida eshitdi va Qozon gubernatoriga Tepaqo’rg’on va Krasnovodskdagi garnizonlarni mustahkamlashni buyurdi.Ammo endi kech bo’lgan edi.
Moskvadan- hech qanday buyruq kelmagach, iste’hkom komendatlari o’lim xavfi ko’payishi tufayli, omon qolgan askarlarni olib Astraxanga qaytishdi.Bekovichning yurishi O’rta Osiyo xonliklarining ruslarning qasos olishlaridan qo’rqishlari, hadiksirashlariga olib keldi. Bu voqea Rossiyaning Xiva bilan keying aloqalariga ta’sir qilishi aniq edi.77
Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi haqida gapirganda, u bilan bir paytda tashkil etilgan boshqa bir ekispeditsiyani ham eslash joizdir.Buyuk Pyotr YorkentgaSibir tomonidan borish uchun bu ekspeditsiyani tashkil etdi.
O’sha paytda g’arbiy Sibirning sharqiy tomonida qalmiq va jung’orlar davlati mavjud edi.Irtish daryosi qirg’oqlaridan Om daryosigacha bo’lgan yerlar ularning hududiga kirar edi. Mana shu joylarga buyuk Pyotr tomonidan Bekovich ekspeditsiyasi bilan ayni bir vaqtda Ivan Buxgolts ekspeditsiyasi ham yuborildi. Bu ekspeditsiyaga Buxgolts Tobolskdan 1500 odam bo’lib, qo’shin bilan yangi qurilgan Balxash qo’rg’oniga borishi, u yerda qishlab, keyin qalmiqlarning Yorkent shahriga yurish qilishi va uni egallashlari kerak edi. Shuningdek, u yerda mustahkam o’rnashib olgach, qalmiqlarning daryodan qanday qilib oltin tuproq olishlarini aniqlash vazifasi ham topshirilgan edi. 1715-yil Buxgolts yo’lga chiqdi va oktabr oyida Balxash daryosiga yetib keldi. Buxgolts bu yerda iste’hkom qurishni boshladi, ammo qalmiqlar: “Bu yerlar bizga qarshli ” - deb ularni o’rab olishdi.Shundan so’ng Buxgolts Om daryosi bo’yida Sibir gubernatori Gagarinning ruhsati bilan Omsk isteh’komini qurdi. Shunday qilib, bu ekspeditsiya ham muvaffaqiyat qozonmadi.
Yana bir Xiva elchisi Ashurbek haqida so’zlash joizdir.1714-yil Peterburgga Xiva elchisi Ashurbek Xojimuhammad Bahodirxonning taxtga chiqqanligi haqida xabar olib keldi.Oldiniga Pyotr elchini juda yaxshi kutib oldi. Buyuk Pyotr Astraxan ober-komendanti Chirikovga 1715-yil 5- martda yo’llagan xatida Ashurbekni to’tiqush va qoplon sotib olish uchun Hindistonga yuborishini, shuningdek, xonga tortiq qilish uchun 6 ta harbiy to’p, 8,5 pud porox va to’plar uchun 270 dona o’q(yadro)berishini bildirgan. Ammo keyinchalik bu narsalar elchidan olib qo’yilgan, o’zi esa Astraxanda hibsga olingan.Ashurbekning keying taqdiri noma’lum.
Yuqorida aytganimizdek, Buxoro xoni Xiva xonining Rossiyaga nisbatan xiyonatiga qo’shilmagan edi. Shu bois ham ,1716-yilda Buxoro xoni Abdulfayzxon buyk Pyotr huzuriga Qulibek to’pchiboshi va savdogar Esan boboni (61 kishi hamrohligida ) o’z elchilari sifatida yubordi. Ular Astraxanga 1716-yil 22- fevralda yetib kelishdi va Astraxan knyazi Bekovich bilan uchrashishdi. Bekovich bu haqda Pyotrga xabar berdi.78
1717-yil 26-iyunda yetib kelishdi. Buyuk Pyotr shvedlar bilan bo’lgan jangdan qaytgach, shu yilning 20-oktabrida elchilarni tantanali suratda qabul qildi. Xonnig elchi yuborishdan maqsadi, ilgarigidek, savdo-sotiq aloqalarini davom ettirish, asirlarni ozod qilish, shuningdek, Buxoroga “aql-farosatli” kishilarni elchi qilib yuborishni so’ragan.Xayrlashuv qabulidan so’ng, 1718-yil 18- martda elchilar Peterburgdan Buxoroga jo’natildi. Elchi Qulibekka buyuk Pyotrning yorlig’i ham taqdim etildi.Unda Rossiya podshohi Abulfayzxonning savdo-sotiq munosabatlari va do’stona aloqalarni davom ettirish haqidagi taklifini qabul qilganini hamda rus asirlarini ozod etgani uchun o’z minnatdorchiligini bildiradi. Shuningdek, o’sha vaqtda Peterburgda majburan saqlanayotgan, aslida Astraxanda istiqomat qiladigan buxoroliklarni xonning iltimosiga ko’ra ozod etganligi hamda ularning orasidagi ikkita xonni garchi marhamat ko’rsatib o’limdan ozod etgan bo’lsa-da, ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo’lgan jinoiy xatt- harakatlardan saqlanish maqsadida qandaydir chekka o’lkalarga surgun etganligini ma’lum qiladi.
Florio Benevenining Buxoroga elchiligi .Buxoro xonining : “Buxoroga elchi qilib aql- farosatli kishilarni yuboring- degan iltimosidan foydalangan Pyotr o’zining elchisi qilib podshoh elchilar bo’limimning kotibi, o’qimishli inson, italyan millatiga mansub Florio Benevinini yubordi.Pyotr 1718-yil 13-iyul sanasi bilan elchiga yuborgan ko’rsatmasiga binoan, Beneviniga tezda yo’lga chiqib, vaqtinchalik Astraxanda turgan xon yetib borishni va u bilan birga Buxoroga jo’nashini buyurdi.Agar buning iloji bo’lmasa, boshqa birovning ismi – sharifi bilan xonga hamroh bo’lib ketishini tayinladi. Bundan maqsad, elchi Astraxandan Buxorogacha bo’lgan yo’lni yaxshi o’rganishi, yo’lda uchraydigan pristan, shahar va istehkomlarni, xususan, Buxoro xonligi hududidagi manzilgohlarni eslab qolishi va ularga alohida e’tibor qaratishi , shuningdek, Kaspiy dengiziga quyiladigan daryolarni ham aniqlashi kerak edi. Elchi bu vazifalarni shunday bajarishi kerak ediki, buxoroliklar undan umuman shubha ham qilmasligi, hatto bu harakatlarni sezmasligi ham darkor edi. Elchi Buxoroga yetib borgach, unga ham Eron Eron elchilaridek xurmatda bo’lishlariga erishishlari lozim edi.Bundan tashqari,Rossiyaning Buxoro bilan do’stona munosabatlarini mustahkamlash tarafdori ekanligini uqtirib, dushmanlardan himoyalanish maqsadida o’zaro harbiy yordam shartnomasini tuzishni , xususan , xivaliklarga qarshi kurash uchun bitim tuzishni taklif etishi lozim edi.”79
Biroq bularning orasidagi eng asosiy topshiriq- Buxoroning Turkiya, Eron va Xiva bilan munosabatda akanligini aniqlashdan iborat edi. Shuningdek, xon bu davlatlardan birining Buxoroga hujumidan havotirdami yoki yo’qmi, xalq xonga qarshi qo’zg’olon qilishga moyilmi-yo’qmi, fuqoralar xonga sodiqmi yoki o’zboshimchami , shularni aniqlash ham topshirilgan edi.Buxorodagi hokimyatning qanaqaligi, qaysi davlatalar bilan chegaradoshligi, qo’shin soni, qayerlarda joylashtirganligi, qurollanganlik darajasi, qancha qo’rg’on va istehkomlari borligini aniqlash kabi masalalar ham elchiga topshirilgan vazifalar sirasidan edi. Shuningdek, Beneveni xonga davlat himoyasi uchun rus gvardiyasini saqlashni ham taklif etishi kerak edi.
Rus davlatining Beneveniga bergan siyosiy topshiriqlari mana shulardan iborat edi. Ammo savdo masalalari ham asosiy o’rin egallardi.Siyosiy hamkorlik zaminida keng savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish yotardi .Chunki , Buxoro orqali Hindiston bilan savdo-sotiq qilish niyati Pyotrni nihoyatda qiziqtirardi. Shuning uchun ham u (afsuski, fojiyali yakun topgan ) Bekovich ekspeditsiyasini tayyorlagan edi.
Benevenini Buxoroga yuborishdan oldin unga u yerda sotiladigan mollarni aniqlash, bu molar kimlarga va qaty tartibda sotiladi, u yerda qanday qilib rus mollarini sotishni yo’lga qo’yish mumkin, boshqa davlatlarga rus mollarini qanday qilib sotsa bo’lishini aniqlash vazifalari yuklatilgan edi.Va nihgoyat, unga berilgan oxirgi topshiriqqa binoan , Benevini Xiva xonligi hududida joylashgan oltini ko’p daryolarni aniqlashi, bu yerlardan qancha miqdorda oltin sotib olish mumkinligini, bu ish Rossiya uchun arzonga tushadimi - yo’qmi, Rossiya davlatining u yerlardan oltin sotib olishiga Buxoro xonining munosabatini aniqlashi ham lozim edi.80
1719-yil sentabrida Florio Benevini mana shunday topshiriqlar bilan Moskvadan yo’lga chiqdi. U Astraxanga borib, u yerda ushlab turilgan Buxoro elchisi Qulibek hamrohligida yo’lga tushdi. Ular Shemaha (Eron) orqali Buxoroga o’tishini mo’ljallashdi. Shunday qilib, 1719-yil iyulida ikkala elchi Shemahaga yetib kelishdi.Ammo, o’sha paytlarda Eronning Buxoro bilan munosabatlarining yomonlashganligi tufayli bu elchilar bir yildon oshiqroq mobaynida Shemahada qolib ketdilar va faqatgina 1721-yil noyabrining boshlarida Buxoroga yetib keldilar.
O’sha paytlarda Buxoroda ahvol juda yomon edi. Bir tomondan Xiva bilan olib borilayotgan to’xtovsiz urushlar, ikkinchi tomondan o’zbeklarning noroziligi Buxoro xonining mavqeini ancha tushirgan edi. Shuning uchun Buxoroda uch yil qolib ketgan Benevenining xon bilan harbiy hamkorlik to’g’risida tuzmoqchi bo’lgan bitimi masalasi muvaffaqiyat qozonmadi. Garchi xon Rossiya bilan bunday bitim tuzishni istasa-da, o’zbeklarning noroziligidan qo’rqar edi.
Elchi Florio Benevini Buxoroda juda qiyin ahvolda qolgan edi. Xon bilan ko’rishish uchun u hali xonning opasi, hali uning enagasi , hali xaram og’asi orqali aloqa o’rnatishiga to’g’ri keldi.Elchi o’zining Rossiyaga jo’natgan xatlarida xonning beqarorligi, johilligi haqida yozadi.Keyinchalik podshoh Pyotrdan olgan buyrug’iga ko’ra, Rossiyaga qaytish uchun ko’p qiyinchiliklar bilan Buxorodan chiqib, Eronda joylashgan rus qo’shinlariga qo’shilish maqsadida o’sha tomon yo’l oldi. Ammo u Kerki shahri yonidagi Amudaryo qirg’og’iga yetib kelganida uni tunamoqchi bo’lgan turkmanlarga duch keldi va Buxoroga qaytishga majbur bo’ldi.Bu yerda u Pyotrdan o’zi xohlagan yo’l bilan Rossiyaga qaytish to’g’risida buyruq oldi.81
Benevini Buxoroda bo’lgan paytlarida Xiva xoni unga bir necha marotaba chopar yuborib, saroyiga taklif etgan edi. Xon Rossiyaning Bekovich uchun undan qasos olishidan qo’rqqani hamda bu elchi orqali o’z aybini yuvish maqsadida shunday yo’lni ko’zlayotgan edi.Buxoro hukumatining rus elchisini yo’qotish payida ekanligidan xabar topgan Benevini 1725-yil 8-aprelda yashirincha Xivaga qochdi va u yerga 11 kundan keyin yetib keldi.Elchini Xiva xonining o’zi muloyim kutib oldi, chunki Xiva xoni Sherg’ozixon Saratov va Asraxanda rus qo’shinlarining to’planayotgani va Eronga yurish boshlaganidan xabardor edi. Xonning g’ayridinga ko’rsatayotgan iltifotiga qat’iyan qarshi bo’lgan saroyning a’yonlari va amaldorlari elchini tanlab , ushlab qolishga urinardilar.
Amaldorlarning bu xatti-harakatlaridan havotirlangan elchi xondan yashirincha xayrlashuv marosimini o’tkazib, uni Rossiyaga jo’natishni so’radi.U Xivadan 1725-yil avgust oyining boshlarida yashirin ravishda chiqib, 25 kun deganda Gureyev shaharchasiga yetib keldi. U yerdan Astraxanga shu yilning 17-sentabrida borib yetdi.82
Garchi Benevini Rossiya foydasi uchun na siyosiy, na iqtisodiy va na harbiy bitmlar tuza olmagan bo’lsa ham , Buxoro hududidagi qazilma minerallar haqida boy ma’lumotlar to’pladi.Buxoroga kela turib,Amudaryoning kechuv joyidan , daryoning qumlik qirg’og’ida oltin zarrachalarni topdi va bu zarrachalarni Pyotr yozgan xatining chetlarida maxfiy belgilar orqali yubordi.Bundan tashqari, bu xatda elchi Amudaryo boshlangan joyda hech qanday oltin yo’qligi , ammo unga quyiladigan Giokcha daryosida oltinning mavjud ekanligi, shuningdek, bu daryo Badaxshon o’lkasidan boshlanishi , u yerlarda oltin qazuvchilarning juda ko’p ekanligi haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.Bundan tashqari, oltinning olinishi haqida, ya’ni Giokcha daryosi boshlanadigan tog’larda odamlar qo’ylarning junlarini qirqib suvga bostirishi, so’ngra uning uning ustiga qum va loy surtishi, keyin bu junnning oftobda quritilishi haqida yozib yubordi. Shuningdek, Benevini o’z maktubida bu yerlarda oltin qazib olishning ta’qiqlanganligi va qattiq qo’riqlanishi haqida ham ma’lumot berdi.Elchining podshohga yuborgan o’sha sirli xatida yana shunday deyilgan : “Buyuk hukmdor, sizning bir umrlik itoatkor xizmatchingiz sifatida taklifim shundan iboratki, agar siz davlatimiz rivoji uchun xazinani to’ldirmoqchi bo’lsangiz, men tafsilotini bayon etgan joylarni kuch bilan egallash kerak , chunki bu harakatlarda hech qanday katta hatar yo’q.Boz ustiga bu yerlik barcha hukmdorlar bir-biri bilan doimiy ravishda o’zaro urushlar olib boradilar.”83
Mazkur xatda Benevini Pyotr uchun quvonarli bo’lgan quyidagi xabarni ham yozdi:“ Haqiqatan ham garchi hammasi bo’lmasa ham, Amudaryoning bir irmog’i ilgarilari Kaspiy dengiziga quyilgan, ikkinchisi esa azladan Orol dengiziga quyilib kelgan.Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyiladigan o’zani nima sabadan to’silib qolganini buxoroliklar bilishmaydi.Ehtimol daryoning bu oqimi bir vaqtlar tabiiy ravishda qurigan bo’lishi yoki daryo bo’ylarida yashagan urushqoq xalqlar Xiva bilan Buxoroga tinchlik berishmagani uchun ulardan qutulish maqsadida bu ikki davlat xalqlari Kaspiyga quyiladigan irmoqni to’g’on bilan yopishgan bo’lishi mumkin.Suzsiz qolgan xalq esa ko’chib ketgan.”
Afsuski, Benevini to’plagan ma’lumotlar Rossiya uchun hech narsa bermadi.Chunki, kutilmaganda Rossiyaning Eronga yurishi to’xtatildi, keyinchalik buyuk hukmdor Pyotr vafot etdi.Shu sababli, vaqtincha bo’lsa ham, Amudaryo masalasi yakun topdi.Endi tarixning biroz oldingi davriga qaytsak.Bekovich ekspeditsiyasining ayanchli yakunidan so’ng Rossiyaning Xiva bilan har qanday aloqalari ancha vaqtgacha butunlay to’xtatildi.
Xulosa
Rossiyaning Shimoliy urush davrida Angliya bilan munosabatlari xalqaro diplomatik aloqalarda alohida ahamiyatga ega edi.Ushbu munosabatalar Yevropaning xalqaro vaziyatiga hamda Rossiya va Angliyaning hukumat boshqaruviga yaqqol ta’sir ko’rsatgan.
Ingliz diplomatiyasi Shimoliy urushning boshlanishi, urushning borishi hamda yakuniy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordi. Rossiyaning harbiy qudratini oshishi, shved qiroli Karl XII ning mag’lubiyatga uchratilishi, rus flotining Boltiq qirg’oqlariga chiqishi hamda ta’n olinishi, rus flotining qurilishi, qo’shni hududlarda Rossiya ta’sirining mustahkamlanishi, shvedlar ortidan quvib borgan rus armiyasining Germaniya hamda Daniyada paydo bo’lishi, rus iqtisodiyoti va tashqi savdosining rivoji inglizlarni befarq qoldirmadi.
Ispan merosining dastlabki yillari ingliz hukumati uchun qulay va foydali kechdi, negaki Shvetsiya Fransiyaga hech qanday yordam ko’rsatolmay,sharqiy Yevropada Rossiyaga qarshi harbiy harakatlar bilan band edi.Shimoliy urushning dastlabki yillarida, ispan merosi masalalari bilan band bo’lgan Angliya, Boltiq dengizidagi harakatlarda ishtirok etolmadi hamda hech qanday qarshilik choralarini qo’llay olmadi.
Ingliz diplomatiyasi Shimoliy urushning uzoq muddat davom etishini, ushbu urush Shvetsiya hamda Rossiyani vayron etishini ko’zlagan edi.Shu sababdan ham, ingliz hukumati Shvetsiyaning Fransiya tarafdori bo’lsa, ispan merosi uchun olib borilgan urush taqdiri butunlay o’zgacha tus olishi mumkinligi sabab, shuningdek Pyotrning muntazam murojaatlariga qaramay Rossiya hamda Shvetsiya o’rtasida vositachiligni amalga oshirishni ham rad etdi.
Angliya va uning ittifoqchilari ispan merosi uchun kurash ketayotgan bir vaqtda Shimoliy urushni kuzatib bordi.Shimoliy ittifoq hamda Shvetsiya o’rtasidagi kurash naqadar shiddatli tus olsa, bu vaziyat ingliz hukumatini tinchlantirar, yoki aksincha ikki mamlakatdan biri muzokaralar uchun harakat boshlashi (Altranshtadskiy sulh hamda Poltava oldidagi shvedlarning mag’lubiyati) Angliyaning xotirjamligiga rahna solardi.
Poltava g’alabasiga qadar ingliz diplomatlari Rossiyaning shvedlar ustidan g’alabasiga, shuningdek Boltiq dengizida munosib o’rin egallashiga ishonmas edi. Boltiq dengizida Rossiyaning ta’n olinishi, xususiy dengiz flotiga ega bo’lishi Angliyani biroz ajablantirgan edi, xolos.
Poltava g’alabasi Rossiya va Shvetsiya o’rtasidagi harbiy harakatlarga burilish yasagan bo’lsa, Rossiyaning G’arbiy Yevropa bilan munosabatlarini ham tubdan o’zgartirdi. Shuningdek, Angliyaning Rossiyaga munosabati ham o’zgacha tus oldi. Poltava g’alabasidan keyin Angliya Rossiyani harbiy qudratini munosib baholab, uning kuchsizlanishi uchun o’zining harakatlarini boshlab yubordi. Rus hukumatiga qarshi harakatlarni maxfiy, ehtiyotkorlk qarshi foydalanmoqchi edi.Shu yo’lbilan Fransiyani vayron etib, shuningdek Rossiya harbiy qudratini ham zaiflashtirmoqchi edi.Uning bu bilan olib borib, Rossiyani Buyuk ittifoqqa jalb etish bilan Fransiyaga harakatlari samarasiz kechdi.Rossiya va Turkiya o’rtasidagi harbiy harakatlar ham kutilgan natijani bermadi.
Ingliz hukumati rus harbiyalarining Germaniyada paydo bo’lishi, Angliya va uning ittifoqchilarining Fransiyaga qarshi harakatlariga salbiy ta’sir ko’rsatishidan qo’rqdi. Shu sababdan ham muntazam ravishda Angliya Rossiyaning shvedlar armiyasi ortidan Germaniya hududlarida harakatlanishiga qarshilik ko’rsatdi.
Muntazam ravishda ingliz hukumati Rossiyaga qarshi, uning Boltiq dengizida ta’n olinishi hamda rus flotining o’z gavannalariga ega bo’lishi , butunlay Angliya manfaatlariga xizmat qilmagani sabab ham, eng qabih usullar (tuxmat, yolg’on gap-so’z tarqatish ) bilan Rossiyaga diplomatik tahdidlar qo’lladi. Angliyaning Rossiyaga nisbatan beqaror diplomatik siyosat, oxir-oqibat 1716-yillarga borib munosabatlar yanada keskinlashuviga sabab bo’ldi. Angliyaning Rossiyaga qarshi diplomatik tahdidlari, Norris eskadrasining harbiy harakatlari bilan yakunlandi. Shimoliy ittifoqning sobiq a’zolarini o’z tarafiga og’dirishga uringan Angliya, shimolda Rossiyaning yakkalanishini, Norris eskadrasiga munosib qarshilik ko’rsata olmay, Boltiq dengizidan siqib chiqarilishidan manfaatdor edi. Nafaqat manfaatdor, balki Norris eskadrasini yuborilishidan asosiy maqsad ham shunda edi. Biroq, Norris eskadrasining 3 marotaba (1719/1720/ 1721-y) harbiy harakatlari ham samarasiz kechdi.
Uzoq muddat davom etgan (1700-1721y ) Shimoliy urush, Rossiyaning ijtimoiy hayoti, turmush tarziga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmadi. Muntazam ravishda soliqlarning oshib borishi, rekrut harbiy tanlovi oddiy xalqning tinkasini quritdi.XVIII asr boshi Rossiyada antifeodal qarshilik harakatlari davri bo’ldi. Ushbu asrning dastlabki o’n yili, Shimoliy urush davri bo’lib, soliqlarni undirib olish bilan mashg’ul bo’lgan harbiy guruhlar hamda shoh ma’muriyatidan bezor bo’lgan xalq qo’zg’olonlarning asosiy o’chog’lari Don va Nijniy povolje tomon qochdi.1705-1706-yillarda Astraxan hamda 1707-1708-yillarda Don norozilik harakatlariga sabab bo’ldi.
XVIII asrda Rossiya qudratining oshishi Yevropadagi butun xalqaro vaziyatning o’zgarishiga olib keldi. Rossiya Boltiq dengizi bilan Tinch okeani o’rtasidagi territoriyasini o’z ichiga olgan g’oyat katta imperiyaga aylandi, Yevropa tarixida bu imperiyaga teng keladigan imperiya bo’lmagan edi.Shimolda Rossiya oldida Boltiq dengizidagi o’z pozitsiyalarini mustahkamlash va Peterburgning mustahkam ixota qilingan bo’lishini ta’minlash vazifasi turardi.
Ushbu xulosadan kelib chiqqan holda quyidagi tavsiyalarni ilgari surish mumkin:
Ushbu bitiruv-malakaviyishning natijalaridan ta’lim muassasalarida tarix darslarida foydalanish mumkin;
Bitiruv malakaviy ishga jalb qilingan materiallar magistirlik dissertatsiyasi tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |