Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti tarix kafedrasi


Bitiruv malakviy ishining hajmi va tuzilishi



Download 85,44 Kb.
bet4/12
Sana19.07.2021
Hajmi85,44 Kb.
#123365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xviii asr birinchi choragida rossiyaning tashqi siyosati

Bitiruv malakviy ishining hajmi va tuzilishi :Bitiruv malakaviy ishi mavzu, kirish, ikki bob, besh paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.


1.Bob.Rossiyaning Shimoliy urushga tayyorgarligi. Urushning boshlanishi.

1.1.Rossiyaning Boltiq dengiziga chiqish uchun harakatlari. Shimoliy urushning boshlanishi.

XVII asr oxiri XVIII asr boshlari Rossiya tarixida , xususan tashqi siyosatida muhim davr hisoblanadi. Mamlakatning xalqaro obro’sini mustahkamlash maqsadida XVII asr oxiridan Rossiyani kuchli dengiz flotiga aylantirish uchun harakat boshlangan edi. Bu maqsadni amalga oshirish borasidagi dastlabki harakat Pyotr I boshchiligidagi Azov yurishlari bo’ldi. Pyotr I 1695 va 1696-yil Azovga yurish qilib, Qora dengizga chiqish masalasini hal etishga urindi.Biroq Azovning egallanishi bilan( 1696-yil 18- iyul) Qora dengizga chiqish masalasi o’z yechimini topmadi.Bu muvaffaqiyat Rossiyaga dengiziga chiqish imkonini bermadi.Qora dengiz turklar qo’lida qolaverdi.Azov yurishlaridan Rossiya olgan foyda shu bo’ldiki , urush tajribalaridan kelib chiqib, u yirik dengiz flotini qurishga erishdi.2Kerchini egallab, Qora dengizga chiqish imkoniyatini qo’lga kiritish uchun Turkiyaga qarshi Yevropaning qudratli davlatlari bilan “Antiturk kaoliysiyasi”ni tuzishga urindi. Eng avvalo, Avstriya va Venetsiya bilan tatar va turklarga qarshi ittifoqni mustahkamlash maqsadida, Azov zabt etilishidan oldin 1695-yil dekabrda Venaga Leopold I huzuriga kotib Kuzma Nefimonov yuborildi. Azov rus armiyasi tomonidan ishg’ol etilgach, K.Nefimononv Ittifoq Shartnomasini tuzishga muvaffaq bo’ldi.1697-yil fevralda 3 yil muddatga Rossiya , Avstriya va Venetsiya davlatlari o’rtasida Turkiyaga qarshi faqat shiddatli hujumni ko’zlagan Venskiy kelishuvi tuzildi.Shuningdek, Rossiyada “Velikoe posolstva” tuzilib, Antiturk kaolitsiyasi tarkibini kengaytirish uchun harakat boshlandi.Unga gen.-admiral F.Lefort rahbarlik qilib, boyar F.A.Golovin, duma amaldori P.B. Voznitsindan tashqari, motros Mixaylov ismi bilan Pyotrning o’zi ham ushbu tarkibda edi. Azov yurishining muvafaqqiyatli yakunidan so’ng, “Antiturk kaolitsiyasi” ni Yevropa qo’llab - quvvatlashiga ishongan,” Velikoe posolstva”  1697-yil martda yo’lga chiqdi3. Angliya va Gollandiyada elchilar turk va tatarlarga qarshi bu yurish butun xristian xalqlarining harakati ekanini aytib, zamonaviy harbiy qurollar va 100 dona kema bilan yordam berishini so’radi. Qariyb bir oy davom etgan muzokaralar natijasida Golland hukumati (Shtatlar) Fransiya bilan yaqinda bo’lib o’tgan urushning oqibatlari hamda Rizvisk Tinchlik sulhi sabab rus armiyasini qo’llab - quvvatlashni rad etdi.Golland hukumati Rizvisk sulhi- mustahkam shartnoma emasligini, Angliya, Gollandiya, Avstriyaning Fransiyaga qarshi yangi urush vositasi ekanini yaxshi bilardi. Ingliz qiroliVilgelm III bilan uchrashib, 3 oy davomida kemasozlikni o’rgangan Pyotr ham Angliya hukumati bilan ittifoq shartnomasini tuzishga erisha olmadi. Ingliz hukumati Rossiyani imkoniyatlari o’sishini istamas, Yevropa savdosiga egalik qilgani sabab, Rossiyaning dengizga chiqa olmasligidan manfaatdor edi. Pyotr I Angliyadan Venaga otlanayotgan bir vaqtda, Turkiya Antiturk kaolitsiyasi a’zolari Avstriya, Venetsiya va Polsha bilan muzokaralar olib borayotgan edi. Karlovitslar Kongress (1698-yil kuzi)ida Angliya va Gollandiya vositachiligida Avstriya butun kaolitsiya nomidan ish ko’rib, ispan merosi uchun kurashga otlanyotgani sabab, Turkiya bilan tinchlik sulhini imzolashga urindi. 1697- yil Rossiya , Avstriya hamda Venetsiya o’rtasida Turkiyaga qarshi ittifoq tuziladi.Ammo bu ittifoqqa Gollandiya va Angliyaning qo’shilmaganligi tufayli Avstriya hamda Venetsiya ham turklar bilan separat sulh tuzishga intildi. Muzokaralarda Turkiyaga qarshi kurashda yolg’iz qolishdan qo’rqqan Pyotr ishtirok etdi. Rossiya nomidan vakil P.B. Voznitsin ish ko’rib, butun muzokaralar davomida vositachi davlatlar Angliya va Gollandiyani tan olmadi. Ingliz elchisi Pedjetga Voznitsin muloyimlik bilan “ Biz vositachi davlat sifatida sizlarga qaray olmaymiz , ahir ishonchli do’stlarmiz” deya vaziyatni munosib baholagan. Rossiyaning Qora dengizga chiqa olmasligidan manfaatdor Angliya , butun muzokaralar davomida Rossiyaga yon berishni istamadi.4Shu sabab sobiq ittifoqchilar Avstriya, Venetsiya hamda Polsha ham Rossiyani qo’llab- quvvatlamadi. Angliya va Gollandiya Fransuz imperiyasiga qarshi yangi urushga tayyorgarlik ko’rayotganini anglagan Voznitsin,1699-iyul 14-yanvar Korlovitskiy kongressda Turkiya bilan Tinchlik slhini imzolashga majbur bo’ldi.Tinchlik sulhi 2 yil ( 1698-yil 25-dek.dan 1700-yil 25-dek.) muddatga o’zaro hujum qilmaslik sharti bilan, Rossiya bilan yakuniy muzokaralar 1699-yil 26-avgust Konstantinopolda E.I.Ukrainsov tomonidan olib borildi.Muzokaralar o’z nihoyasiga yetmay,Buyuk Ittifoq( Angliya, Gollandiya, Avstriya) imperiyaga, Pyotr esa Shvetsiyaga qarshi harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko’rdi.

Shvetsiya- XVIII asr boshida Boltiq dengizidagi qudratli davlatlardan biri edi. Shvetsiya ayniqsa, XVII asr birinchi yarmida Gustav Adolf davrida o’z qudratining cho’qqisiga chiqdi.Gustav Adolf Rossiyaga tegishli Boltiqbo’yi hududlarini qo’lga kiritib, uning davrida Boltiq dengizi- “Shved ko’li” nomini oldi. Shvetsiyaning bosqinchilik harakatlari Yevropaning buyuk davlatlari bilan munosabatlarini keskinlashtirdi.Polsha Boltiq dengiziga chiquvchi yo’l- Liflandiyani, Daniya esa Skoniy ( Skandinaviya janubidagi yarim orol)ni qo’ldan boy berdi. Boltiqbo’yi provinsiyalari ( Kurlandiya, Liflandiya va Estlandiya) Shved armiyasi tomonidan egallangach, unga qarshi norozilik yanada kuchaydi. O’z- o’zidan sharoit taqozosi bilan, Rossiya, Daniya va Polsha ishtirokidagi antishved ittifoqi yuzaga keldi.5 XVIII asr boshida Yevropaning qudratli davlatlari ispan merosi bilan band bo’lgan bir vaqtda, Pyotr qulay imkoniyatdan unumli foydalana oldi.1698-yil 3-avgust Raveda Yevropa safari vaqtidayoq Pyotr, Polsha qiroli va Saksoniya kurfyuristi Avgust II bilan uchrashib, Shvetsiyaga qarshi harbiy harakatlarni muhokama qildi.1699-yil 11-noyabr Preobrajensk ( Moskva yaqini)da Avgust II bilan ittifoq rasmiy tasdiqlanib, qirol Avgust Shvetsiyaga qarshi zudlik bilan urushga kirish majburiyatini olib, Rossiya Turkiya bilan yakuniy sulhini imzolagach, harbiy harakatlarni boshlash haqida kelishib olindi.Hech qanday muzokaralar ikkitomonlama kelishuvsiz hal qilinmasligi shartnomaning asosiy shartlaridan biri bo’ldi.Turkiya bilan tinchlik sulhini imzolagach, urushga kirish majburiyati bilan, Rossiya shu yilning 23-noyabrida Daniya bilan ham ittifoq shartnomasini tuzishga muvaffaq bo’ldi. 6 Daniya bilan tuzilgan kelishuv, Rossiya, Saksoniya, va Daniya ishtirokidagi antishved kaolitsiyasini yuzaga keltirdi.Ittifoq tarkibidagi har bir davlat ushbu urushdan o’z manfaatlari uchun foyda ko’zlab, Rossiya qiziqishlari ular uchun ahamiyatsiz edi.Liflandiyalik mashhur dvoryan Patkul ( Polsha elchisi) olib borgan muzokaralarga ko’ra,Polsha olib boradigan harbiy harakatlar xarajatlari Rossiya tomonidan qoplanishi, Kareliy va Ingriya zabt etilgach, Polsha tarkibiga kiritilishi kerak edi.Ittifoqning boshqa bir a’zosi Daniya esa Shvetsiyaga tegishli Skandinav yarim orolning bir qismini qo’lga kiritishdan manfaatdor edi.Ittifoq tarkibidagi har bir a’zo davlatning o’z maqsadi uchun harakati, antishved kaolitsiyasining mustahkam emasligidan dalolat berardi.7

Daniya bilan muzokaralar yakunlangach, Shvetsiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlash uchun Pyotr Turkiyadan xabar kutdi.

1700-yil boshlarida Daniya va Saksoniya Shvetsiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshladi,biroq Angliya,Gollandiya hamda Imperiya ispan merosi uchun urushga tayyorlanayotgan bir vaqtda,Shvetsiya zudlik bilan Shimoliy urushni yakunlab, ispan merosi uchun harbiy harakatlarga kirishi mafaatli edi . Angliya, Gollandiya hamda Shvetsiya o’rtasida dastlab 1698-yil may va takror 1700-yil yanvarda Ittifoq shartnomasi imzolandi.Xuddi shunday shartnomaFransiya bilan ham 1698-yil tuzilgan bo’lib, Fransiya - Shvetsiyani o’zining a’nanaviy ittifoqchisi sifatida e’lon qildi.Shuningdek, Shvetsiya - Fransiyaning Yevropadagi eng yaqin uch hamkorlaridan biri (Polsha va Turkiya) edi. Shuning uchun ham Angliya va Gollandiya Rossiyani Shvetsiyaga qarshi harbiy harakatdan tiyib turishga undadi. Antifransuz kaolitsiyasi uhun Rossiya va Turkiya urushi har tomonlama foydali edi. Rossiya Turkiyaga urush e’lon qilsa, Shvetsiyaga hujum qila olmas, Shvetsiya esa ispan merosi uchun harbiy harakatlarda bemalol ishtirok etishi mumkin edi. Turkiyaning Rossiya bilan urush harakatlaridan foydalanib, Angliya va Gollandiya Avstriyaga hujum qilishni ko’zlagan edi.Shu sababdan ham, antifransuz kaolitsiyasi Konstantinopoldagi Rossiya va Turkiya o’rtasida olib borilayotgan muzokaralarni buzishga urindi. Ukrainsov Konstantinopoldagi muzokaralar haqida so’z yuritib, Pyotr I yo’llagan maktubida: “Ingliz va golland elchilari buyuk shohdan ko’ra Turkiyani mustahkam qo’llab-quvvatlamoqda.8

Turkiya portlari ingliz va golland savdo kemalariga boy , rus kemalarining Azov va Arxangelskda suzishi albatta bularning g’ashini keltirib, bizni ko’rolmasligiga asosiy sababdir.” - deya vaziyatni munosib izohlaydi. Ukrainsov bir necha bora ushbu vaziyat haqida so’z yuritib,” ingliz , golland elchilari “ butun yuragi bilan turklarga yon bosmoqda”deya ma’lum qilib, Golovinga yo’llagan maktubida: “Ingliz, golland, fransuz elchilarini “tuxmatchi va “ikkiyuzlamachi ”- deb, ta’riflaydi.

Yevropa mamlakatkari bilan urushni boshdan o’tkazib, zaiflashgan Turkiya, harchand ingliz va golland elchilarining qarshiligiga qaramay Rossiya bilan Tinchlik sulhini imzolashga qaror qildi.Pyotr I buyrug’i bilan Ukrainsovni Kerchiga qadar go’yoki rus armiyasini qudratini namoyon etgan holda , 22 harbiy kemadan iborat eskadra kuzatib bordi.Pyotr I ning bu taklifi o’z natijasini ko’rsatib, 1700-yil 3-iyulda Ukrainsov ishtirokida 30 yilga mo’ljallangan Rosssiya- Turkiya Yarash bitmi imzolandi. Unga ko’ra Azov ustidan nazorat Rossiya qo’liga o’tdi.9 Biroq Rossiya Qora dengizga chiqish imkoniyatiga ega bo’la olmasa-da, “Shimoliy urush” ning boshlanishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. Ushbu tinchlik shartnoma haqidagi xabar Rossiyaga yetkazilishi bilan rus qo’shinlari shved chegaralari tomon harakatlandi. “Shimoliy urush”ning boshlaninshi Rossiya uchun muvafaqqiyat keltirmadi.Rossiya urushga kirmasdan,Polsha qiroli Avgust II Riga yonida mag’lubiyatga uchradi, Daniya esa Angliya vakilligida Urushdan chiqish haqidagi sulhni imzolashga majbur qilindi.Dastlab Shvetsiya qiroli Vilgelm III diplomatik yo’l bilan Daniyani bo’ysundirishga harakat qildi. Biroq Vilgelmni ushbu harakati ko’zlagan natijani bermagach, Boltiq dengiziga eskadra va 30 ingliz va golland kemasini yuborib, Kopengageginni bombardimon qildi.Birlashgan ingliz va golland kuchlarining yordami bilan, Zelandiyani kechib o’tib, Kopengagenga kirib keldi. Oqibatda Daniya Angliya va Gollandiya kafilligi bilan 1700-yil 8-avgustda urushdan chiqish haqidagi- Travendal Sulhini imzolashga majbur bo’ldi. Daniyani urushdan chiqishi, Rossiyani dengizda urush harakatlarini olib borish imkoniyatidan mahrum etdi. Chunki Saksoniya va Rossiya ham flotga ega emas edi. Travendal Sulhi Shvetsiyaning biroz nafas roslab olishini ta’minlab, Rossiya uchun esa ulkan yo’qotish bo’ldi. Daniyani urushdan chiqishidan qoniqmagan Vilgelm III, 1700-yil oktabrda Angliya vositachiligida Rossiya hamda Shvetsiya o’rtasida yarash bitmini imzolash taklifi bilan yorliq yubordi. Nervi mag’lubiyatidan so’ng, 1700-yil 13-dekabrda Pyotr I javob yorlig’ini yuborib, uning taklifiga roziligini, Vilgelm IIIga uchrashuv joyini belgilashini tayinladi.Vilgelm III shved qiroliga maktub yo’llab, yarash sulhini imzolashga, sulh shartlarini o’zi tuzib berishini ma’lum qiladi. Shimoliy urush davomida Shvetsiyaning Fransiya bilan yaqinligi ko’zga tashlangach, Angliya urushni to’xtatishga boshqa harakat qilib ko’rmadi. Chunki Shvetsiyaning Rossiya bilan urush harakatlarini davom ettirishi, Angliyaga ko’proq foydaliroq edi.10 Ispan merosi uchun kurash boshlangan bir davrda bu- Angliya uchun xavfli edi. Shu sababli Angliya, Shvetsiya va Rossiya o’rtasidagi yarash bitmni tuzilishiga qayta urinib ko’rmadi.

1701-yil iyunda A.A. Matvev( Gagadagi rus elchisi) bergan ma’lumoti bilan, “Angliya va Gollandiya, Shved armiyasini qo’llab - quvvatlash orqali, Rossiya bilan urush harakatlarini davom etishini istashmoqda” - deya yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.Shu sababdan ham dastlab, Rossiya uchun “Shimoliy urush” muvaffaqiyat keltirmadi. Narviyadagi mag’lubiyat, Rossiyaning hali uzoq muddatli jangga tayyor emasligini, g’alaba uchun qudratli qo’shin kerakligini yaqqol tasdiqladi. Keyinchalik Pyotr I Narviydagi mag’lubiyat haqida: “Narviydagi mag’lubiyatni buyuk baxt deb atasak to’g’riroq bo’lardi, chunki u bizni dangasalikdan forig’ etib, mehnatsevarlikka hamda tun-u kun izlanishga undadi” –deya, ushbu mag’lubiyatdan so’ng Rossiyada o’tkazilgan iqtisodiy- siyosiy hamda ijtimoiy islohotlarni eslatib o’tadi. Narviydagi mag’lubiyatdan so’ng, Pyotr I Rossiyani iqtisodiy, siyosiy hamda harbiy jihatdan mustahkamlash maqsadida 1701 -yil 26- fevral Birji(Kurlyandiya) da Avgust II bilan Rossiya tomonidan ko’rsatilgan harbiy va moliyaviy yordam evaziga urushga kirish haqidagi Birjenskiy Traktatini imzoladi. Narviydagi mag’lubiyatdan munosib xulosa chiqargan Pyotr I asosiy e’tiborni sanoat korxonalari bunyod etishga qaratdi.

1701- 1704 - yillar davomida Uralda 4 ta yirik metall zavodi ishga tushib, temir, cho’yan , qurol va yadro ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 11Shuningdek, Olonetskiy hamda Belozerskiydagi rudaga boy hududlarda 5 ta metallurgiya hamda qurol- yarog’ ishlab chiqaruvchi zavodlar ishga tushdi. Shu bilan bir vaqtda, harbiylarni ta’minoti bilan shug’ullanuvchi kiyim, uskuna ,charm, qilich va mato manfakturalarini qurilishi yo’lga qo’yildi. Bu o’z navbatida qisqa fursatda, Narviydagi mag’lubiyat asoratlarini bartaraf etib, qo’shinni muntazam ravishda shakllantirish imkonini berdi.1705-yil fevraldagi farmon orqali askarlarni tanlov yo’li bilan ro’yxatga olish belgilab berildi. 1705 -yildan har yili qo’shin, 30 mingdan ortiq ko’ngillilar bilan to’ldirila boshlandi. Har 20- 30 dehqon va ko’ngilli bir askar tanlab olindi. Armiyaning piyoda askarlar qismi dehqon va shaharliklar bilan to’ldirilib, dvoryanlar ofitserlik lavozimini egallab, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lib. o’quv muassasalarda yoki soqchilar polkasida xizmat qilishgan. Umumlashgan armiya va flotda yangi belgilangan askarlik tizimi qo’shin tarkibidagi askarlar miqdorini o’sishiga xizmat qildi, ya’ni 1708-yilga kelib, 40 ming sonli qo’shin o’rniga, 113 ming askarga ega kuchli armiya tuzildi.

1701-1704-yillar Pyotr I ning o’tkazgan harbiy-siyosiy islohotlari, o’z natijasini berdi va rus armiyasi ketma-ket g’alabalarni qo’lga kiritdi.1703-yil shvedlar qo’lida bo’lgan Liflandiya va Estlandiya rus armiyasi tomonidan egallandi.Karl XII Polsha masalalari bilan band bo’lgan bir vaqtda, rus armiyasi Boltiqbo’yi hududlarini qo’lga kiritish imkoniga ega bo’ldi.Noterburg va Nianshansa shved qal’alarini egallanishi, 1703-yil may oyida imperiyaning yangi poytaxti -Peterburgning asos solinishi uchun qulay sharoit yaratdi. 1703-yil Yam, Koporey va Marienburg , 1704-yil rus qo’shinlari Derptom, Narvoy va Ivangardom hududlarini qo’lga kiritdi.Rus armiyasining 1701-1704-yillardagi g’alabasi (port hududlarining egallanishi), Yevropaning qudratli davlatlari Angliya va Gollandiyani g’ashini keltirdi.Matveyev bergan xabariga ko’ra Angliya va Gollandiya shved hamda polyaklarni yarashuvini qo’llab-quvvatlash orqali, Rossiyaning Boltiq dengizida o’z portiga ega bo’lishiga qarshi chiqayotgani haqida aytib o’tadi.12 Biroq ushbu davrda, Rossiya va Angliyaning iqtisodiy munosabatlari yildan -yilga shakllandi.17 - asr oxiri 18-asr boshida Rossiya va Angliyaning savdo munosabatlari tez su’ratlarda o’sdi. 1697-yilga qaraganda Rossiya va Angliya savdo munosabatlari 3,5 barobar oshdi. Shuningdek , Rossiyadan Angliyaga olib ketilgan tovarlar hajmi 64.191 f.stdan 223.449 f.str.ga oshdi.Arxangelskga tashrif buyurgan yuzdan ortiq chet el kemalarining yarmi ingliz hukumatiga tegishli bo’lgani haqidagi ma’lumotlar rus arxiv manbalari uchraydi.13Angliya ispan merosi uchun kurashda flot ta’minoti uchun zarur buyumlar xarid qilgan bo’lsa, Rossiya “ Shimoliy urush” uchun zaruriy mablag’larni tashqi savdoni o’sishi evaziga kengaytirdi. Shu sababdan ham rus hukumati Angliya “ Shimoliy urush”da Rossiyani qo’llab- quvvatlamasada, uning Boltiq dengizi uchun harakatlariga qarshilik qilmaydi degan umidda edi.


Download 85,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish