Mehnatga vaqtbay haq to‘lash tarif tizimida ko‘zda tutiluvchi ishlab
berilgan vaqt - kalendar vaqt emas, balki normativ vaqt uchun to‘lanadigan haqni
anglatadi.
Vaqtbay-mukofotli haq to‘lashda ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan
tashqari, ushbu ish haqiga ma'lum bir foiz hisobida mukofot ham oladi.
Mehnatga akkord haq to‘lash tizimi mehnatga ishbay haq to‘lashning bir
turi bo‘lib, uning mohiyatiga ko‘ra, bunda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarni
muddatini ko‘rsatgan holda baholash amalga oshiriladi.
Ko‘pchilik korxonalarda ish haqini hisoblash tarif tizimi, ayniqsa uning tarif
stavkasi va tarif setkalari kabi elementlari asosida amalga oshiriladi.
Tarif stavkasi
turli guruh va kategoriyadagi ishchilarning vaqt birligidagi
mehnati uchun to‘lanuvchi haqning mutlaq (absolyut) o‘lchamidir. Minimal tarif
stavkasi yoki birinchi razryadli stavka boshlang‘ich hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |