Mavzu: ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI, FOYDA VA
RENTABELLIK
Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini
sarflaydilar. Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari
eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot
ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko‘rsatadi, ya'ni mahsulotning ishlab chiqarish
tannarxini tashkil qiladi.
Mahsulot (ish, xizmat) tannarxini tashkil qiluvchi xarajatlar iqtisodiy
mazmuniga ko‘ra, quyidagi elementlarga asosan guruhlarga taqsimlanadi:
moddiy xarajatlar;
asosiy fondlar amortizatsiyasi;
mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar;
ijtimoiy ehtiyojlarga mo‘ljallangan xarajatlar;
boshqa xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |