boshqarishning maqsadlarini
quyidagi turlarga bo‘lib
tasniflashimiz mumkin:
amalga oshirish muddatiga ko‘ra - joriy va istiqbolli;
ahamiyat darajasiga ko‘ra - asosiy (strategik) va ikkinchi darajali (taktik);
boshqaruv obyektiga munosabatiga ko‘ra - xususiy va umumiy;
natijaga erishish darajasiga ko‘ra - yakuniy va oraliq yoki bosqichli.
Boshqaruv qarori
- boshqaruv faoliyati texnologiyasidagi muhim bo‘g‘indir.
Boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshirish ko‘p jihatdan qarorlarning
to‘g‘ri qabul qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv qarori bir tomondan asosan
korxonaning rahbarlari tomonidan amalga oshiriluvchi mantiqiy-fikriy faoliyat
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, emotsional-psixologik xatti-harakatdir.
Boshqaruv qarorlari quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |