Xom ashyoni keltirish. Konservalash korxonasining xom ashyo bazasi, odatda, bir necha kilomertli radiusda joylashgan bo‘ladi. SHuning uchun xom ashyoni tashishning asosiy transporti avtomashinalar hisoblanadi.
Meva va sabzavotni 16–20 kg sig‘imli yog‘och taralarga solib, avtomashinalarga yuklab tashish usuli keng tarqalgan. Bu usulda yuklash va tushirish ko‘p mehnat talab qiladi, avtomashinaning yuk ko‘tarish qobiliyatidan to‘la foydalanish muammosi ham mavjud.
YUklash va tushirish ishlarini mexanizatsiyalash uchun poddonlardan foydalaniladi. Ularga xom ashyo solingan yashchiklar o‘rnatiladi, poddon sanchiqli avtoyuklagich yordamida avtomobilga ko‘tarib qo‘yiladi yoki undan tushiriladi.
Sabzavotni sig‘imi 300 kg dan 1 tgacha bo‘lgan konteynerlarda tashish ko‘p iqtisodiy samara beradi. Bo‘linmalarga ajratilgan konteynerlar maydoni 0,8 0,6 va balandligi 0,2; 0,3 yoki 0,4 m bo‘lgan alohida seksiyalardan iborat. Seksiya balandligi 0,2 m bo‘lganda uning sig‘imi 65–70 kg-ni tashkil etadi.
To‘qimalari dag‘al sabzavotni tashish vositasi sig‘imi 0,45 m3 bo‘lgan konteynerlardan iborat. Katta sig‘imli (500–600 kg) konteynerlarning polkalari sabzavot ezilmasligi uchun qiya shaklda tayyorlanadi.
O‘zi bo‘shatuvchi konteynerlar – sig‘imi 250 kg bo‘lgan vanna turidagi parabolik profilli yig‘uvchilar aravalarda 6 donadan o‘rnatiladi. Arava dalada harakatlantiriladi va tomat yig‘uvchi ishchilar chelakdagi tomatlarni konteynerlarga ag‘darishadi.
Dag‘al to‘qimali sabzavot (ildizmevalar, sabzi, lavlagi) yoki mustahkam qobiqli xom ashyo (piyoz, jo‘xori) o‘ziag‘darar mashinalarda tashiladi. Nozikroq xom ashyoni tashishda mashina kuzovi balandligining yarmini qoplagan javonlar bilan jihozlanadi. Dastlab suvda yuvilgan va 180S temperaturali ko‘k no‘hot doni o‘ziag‘darar mashinada joylashtirilgan sig‘imi 2,5–2,8 t bo‘lgan “lodochka” nomli konteynerlarda yaxshi tashiladi.
Loviya, rangli karam, shirin jo‘xori, shpinat, qovoqlarni 0,9 t sig‘imli savat-poddonlarda tashish mumkin.
Donalangan ko‘k no‘hot, butun tomat sovuq suv solingan avtotsisternalarda tashiladi. Sabzavot va suv nisbati 2:1 bo‘lishi lozim.
Tara va transport turini tanlashda meva hamda sabzavot turi, xom ashyo zonasidan korxonagacha bo‘lgan masofa hisobga olinadi.
Xom ashyo bazasining markazida joylashgan boshlang‘ich qayta ishlash punktlarida tayyorlangan yarim tayyor mahsulot (maydalangan tomat, uzum yanchilmasi) avtotsisternalarda qayta ishlash zavodiga keltiriladi. Bu avtotsisternalar iloji boricha sovutgichli bo‘lishi kerak. Maydalashdan to zavodda qayta ishlanguncha 2 soat vaqt o‘tishiga ruxsat etiladi.
Transport va taraga har bir tashishdan so‘ng sanitariya ishlovi beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |