I.2. Didaktik o`yinlarning mazmuni va vazifasi
Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o’yin degan tushuncha mavjud.
Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator usublari va usullari hamda turli
shakldagi pedagogik o’yinlar “o’yinli pedagogik texnologiyalar”ni tashkil etadi.
Pedagogik o’yinda ta’limning pedagogik maqsadlari aniq qilib
qo’yiladi.Pedagogik o’yinlar asosida o`quvchilarni o’quv faoliyatiga yo’llovchi
o’yinli usullar va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi.
G.K. Selevko tomonidan pedagogik o’yinlar tasnifi va uni amalga oshirishning
asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan.
Pedagogik o’yinlar quyidagi asosiy yo’nalishlarda bo`ladi:
-didaktik maqsad o’yinli vazifa shaklida qo’yiladi;
-o’quv faoliyati o’yin qoidalariga bo’ysunadi;
-o’quv materialidan o’yin vositasi sifatida foydalaniladi;
-o’quv
jarayoniga
didaktik
vazifa
o`yinga
aylantirilgan
tarzda
musobaqalashish unsurlari kiritiladi;
-didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o’yin natijalari bilan
bog`lanadi.
Didaktika pedagogikaning ta’lim va o`qitish nazariyasini ishlab chiqadigan
tarmog`idir. Hozirgi davrda didaktika o`qitishning mazmuni metodlari va tashkiliy
shakllari ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy
didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo`yicha ta’lim
metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning
ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o`rganish va ta’lim berishning nazariy
asoslarini belgilaydi. Har bir o`qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishlari va
ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash
bo`yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Qarashlarning turlicha bo`lishi
didaktikaning metadalogik kategoriyalarining aniq ajratilmaganligi bilan bog`liq.
11
Ko`pchilik olimlar ta’lim ob’ekti deb o`qitish jarayonining maqsadi, mazmuni,
qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko`rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy
tajriba berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga
tayyolash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etuvchi o`qituvchi-
o`quvchi- o`quv materiali, o`quvchi- boshqa o`quvchilar o`rtasidagi munosabatlar
yuzaga keladi.
Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy
hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o`quvchining
o`quv materialiga bo`lgan munosabati ya’ni bilimlarni o`rganish munosabatini
asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko`p. Darxaqiqat o`qish,
o`rganish ta’lim jarayoning ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai
nazaridan yondashilsa ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq
ta’limga pedagogik ya’ni ijtimoiy tajribani berish, o`rgatish nuqtai nazaridan
qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat - ikki shaxs (o`qituvchi va
o`quvchi) o`rtasidagi munosabatlar yetakchi o`rin egallashi lozim ekanligi
anglanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |