Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti "ekologiya"kafedrasi



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/32
Sana31.12.2021
Hajmi1,17 Mb.
#245442
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
tabiiy landshaftlarning urbolandshaftlar bilan orin almashish

Davlat 

buyurtmaxonalari 

«Muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar 

to‘g‘risida»gi  Qonunga  muvofiq    davlat  buyurtmaxonalari  (TMXR  4-toifasi)  va 

tabiat yodgorliklari (TMXR 5-toifasi) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sirasiga 

kiritilgan. 1988 yilda O‘zbekistonda 6 ta buyurtmaxona faoliyat yuritardi: 

Arnasoy – Jizzax viloyati; 

Dengizko‘l – Buxoro viloyati; 

Qo‘hitong – Surxondaryo viloyati; 

Sangardak – Surxondaryo viloyati; 

«Efa» - Surxondaryo viloyati; 

Gurlan – Xorazm viloyati. 



63 

 

Bugungi  kunda  O‘zbekiston  hududida  10  ta  faoliyat  yuritayotgan 



buyurtmaxona  mavjud.  «Dengizko‘l»  davlat  ornitologik  buyurtmaxonasi 

Respublika  Vazirlar  Kengashining  1973  yildagi  530-sonli  qarori  bilan  tashkil 

qilingan, faoliyati muddati Buxoro viloyati ijroqo‘mining 26.06.90 yildagi 157-11-

sonli  qarori  bilan  (muddatsizga)  uzaytirildi.  Buyurtmaxona  maydoni  50  ming  ga. 

Tashkil  qilishdan  maqsad  –  uchib  o‘tadigan  suvda  suzuvchi  qushlarni  muhofaza 

qilish  va  qayta  tiklash,  qishlash  erlarini,  yashash  muhitini  saqlab  qolishdir. 

Buyurtmaxonani  muhofaza  qilish  davlat  tabiatni  muhofaza  qilish  inspeksiyasi 

tomonidan  amalga  oshiriladi.  Muhofaza  doimiy  emas,  operativ  reydlar  orqali 

yuritiladi.        «Qoraqir»  davlat  buyurtmaxonasi  Buxoro  viloyati  ijroqo‘mining 

25.01.92  yildagi  151-sonli  qarori  bilan  tashkil  qilingan.  Buyurtmaxonaning 

muddati  cheklanmagan.  Maydoni  30  ming  ga.  Tashkil  qilishdan  maqsad  –  uchib 

o‘tadigan  qushlar  va  boshqa  hayvonlarni,  ular  yashash  va  ko‘payish  erlarini 

muhofaza  qilishdan  iborat.  O‘zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish 

davlat  qo‘mitasi  ixtiyorida.  Buyurtmaxona  hududini  muhofaza  qilish  davlat 

tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtmaxona 

o‘z  soqchilariga  ega  emas.  Arnasoy  ornitologik  buyurtmaxonasi  Jizzax  viloyati 

Forish  tumanidagi  Tuzkon  ko‘lida  O‘zSSR Vazirlar  Kengashining  9.09.83  y.dagi 

521-sonli  qarori  bilan  tashkil  qilingan.  Buyurtmaxona  maydoni  63,3  ming  ga. 

Buyurtmaxona  muddati  cheklanmagan.  Tashkil  qilishdan  maqsad  –  uchib 

o‘tadigan  va  uya  quradigan  qushlarni  muhofaza  qilishdir.  Buyurtmaxonani 

O‘zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo‘mitasi  –  Jizzax 

viloyati  tabiatni  muhofaza  qilish  qo‘mitasi  va  Davbionazoratning  Arnasoy 

inspeksiyalari 

muhofaza 

qiladi.«Saygachiy» 

davlat 


buyurtmaxonasi 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashining  29.11.91  y.dagi  311/42-

sonli  qarori  bilan  tashkil  qilingan.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Mo‘ynoq 

tumanida  joylashgan.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashining 

11.02.2001  y.dagi  33/1-sonli  qarori  bilan  buyurtmaxona  tartibining  amal  qilish 

muddati  2010  yilgacha  uzaytirildi.  Buyurtmaxona  maydoni  1  mln.  ga. 

Buyurtmaxona  sayg‘oqlar  (Saiga  tatarica)  CITES  II  va  ular  yashash  joylari  – 



64 

 

migratsiya  yo‘llari,  qishlash  va  ko‘payish  erlari,  shuningdek,  boshqa,  birinchi 



navbatda,  Qizil  kitobga  kiritilgan  hayvonlar  –  tuvaloq  (Otis  Tarda)  UzRDBRL, 

yo‘rg‘a-tuvaloq  (Chlamydotis  undulata)  UzRDB  RL  kabilarni  muhofaza  qilish 

maqsadida  tashkilqilingan.  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza 

qilish davlat qo‘mitasiga bo‘ysunadi. 




Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish