4
“Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish
zarur va ular davlat muhofazasidadir”
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 50-modda.
Kirish
Kishilar tabiatdagi o‘simlik boyliklaridan juda qadim zamonlardan foydalanib
kelgan. Biroq XX - XXI asrlarga kelib insonni o‘simliklar dunyosiga bo‘lgan
salbiy ta’siri kuchayib bormoqda. Bunga sabab qishloq xo‘jaligi rivojlanib borishi
va tabiiy maydonlarning keng miqyosda o‘zlashtirilishi sabab bo‘lmoqda. Bu esa
o‘simliklar olami genofondi kamayib borishiga olib kelmoqda. Har qanday
yovvoyi o‘simliklar turi madaniy ekinlarning navlarini barpo etishda manba
sifatida muhim rol o‘ynaydi. Olimlar keltirgan ma’lumotlarga qaraganda,
sayyoramizda tirik moddalar umumiy og‘irligining 99 foizini yashil o‘simliklar
dunyosi tashkil qilar ekan. O‘simlik deganimizda biz quruq yerlarda joylashgan
dov-daraxt, ekin, o‘t-o‘lanlarnigina nazarda tutmaymiz, balki daryo, dengiz va
okeanlardagi suv o‘tlari, fotosintez qobiliyatiga ega o‘simliklarning hammasini
ko‘z o‘ngimizga keltiramiz. O‘simliklar olamining salmoqli qismi sayyoramiz
o‘rmonlariga to‘g‘ri keladi, ular butun quruqlikning 40 foiz maydonini egallagan.
Biz madh etadigan mana shu o‘simliklar dunyosi insoniyatni kislorod bilan
ta’minlab turuvchi “tiriklik fabrikasi” hisoblanadi.
O‘zbekiston hududida o‘suvchi yuksak o‘simlik turlarni
4000
ga yaqin
tabiatdagi yovvoyi holda o‘suvchi turlardir. Ular orasida muhofazaga muhtoj nodir
turlar ham talaygina. Afsuski, sayyoramizning eng katta boyligi bo‘lgan
o‘simliklar dunyosi inson faoliyati, qolaversa ilmiy texnika taraqqiyoti ta’sirida
borgan sari kamayib bormoqda. Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab,
ijod qilayotgan Yer kurrasida bundan bir yarim ming yil muqaddam o‘rmonlar 47
foiz maydonni ishg‘ol etgan bo‘lsa, hozir ular 27 foizga tushib qoldi. Ko‘p
mamlakatlardagi sanoat korxonalarida foyda ketidan quvish oqibatida juda katta
o‘rmonlar kesilib, o‘rniga katta-katta zavod, fabrika va kombinatlar qurilmoqda.
Ustiga-ustak, atrof-muhitning ifloslanishi natijasida ko‘plab nodir va noyob
o‘simlik turlari qirilib ketmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti buyurgan rasmiy
ma’lumotlarga qaraganda, sanoat rivojlana boshlagan davrdan buyon 150 turdagi
jonivor yo‘qotilgan bo‘lsa, kelajakda 250 ming xil o‘simlik turi tamomila yo‘q
bo‘lib ketish xavfida ekanligi qayd qilinadi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning ta’biri bilan aytganda: “Hozir, XXI asr
bo‘sag‘asida, fan-texnika taraqqiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda.
Dunyoning jug‘rofiy-siyosiy tuzilishi o‘zgarmoqda. Bunday sharoitda inson
tomonidan biosfyeraga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot
bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson
va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan
sari dolzarb bo‘lib qolmoqda… Taraqqiyotning hozirgi bosqichida inson bilan
tabiatning o‘zaro ta’siriga oid bir qator muammolarni hal etish faqat bir mamlakat
doirasida chegaralanib qola olmaydi. Ularni butun sayyoramiz ko‘lamida hal qilish
zarur. Ko‘rinib turibdiki, tabiiy muhitni inson yuritadigan xo‘jalik faoliyatining
zararli ta’siridan himoya qilish bilan bog‘liq ko‘pgina muammolar keng ko‘lam
5
kasb etadi. Shu sababli ular faqat xalqaro hamkorlik asosida hal qilinishi lozim”.
Shundan kelib chiqib, O‘rta Osiyoning yirik cho‘llaridan biri hisoblangan
Qizilqum cho‘lining Markazida joylashgan Buxoro viloyatining endemik
o‘simliklari bioekologiyasiga bag‘ishlangan ushbu bitiruv malakaviy ishi nodir
o‘simliklarning muhofazasini tashkil etishda katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: