Tayanch so`z va iboralar:
ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar,
globallashuv jarayoni, mafkuraviy immunitet, g`oyaviy tahdid,
jaholat, ma`rifat, institutsional tizim, islohot.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga
ko`tarish to`g`risida”gi PQ - 3160 sonli qarorida qanday vazifalar
belgilab berilgan?
2. Bugungi kunda ma`naviy-ma`rifiy sohada qanday islohotlar amalga
oshirilayapti?
151
3. Ma`naviy-ma`rifiy sohani yanada rivojlantirish bo`yicha qanday
me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan?
4. Ma`naviy-ma`rifiy ishlarni tashkil qilishda nimalarga e`tibor berish
kerak?
5. Globallashuv davrida jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish
g`oyasining ahamiyatini izohlab bering.
15-MAVZU: MILLIY G`OYA VA MA`NAVIYATGA DOIR
FANLAR ORQALI YOSHLARNING IJTIMOIY-
SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH.
Reja:
1.O‘zbekistondagi ta’lim tizimiga o‘ziga xos yondoshuv va milliy
g‘oya.
2. Mamlakatimizda yuksak intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash
siyosatining ustuvor yo‘nalishlari.
3.Milliy g‘oya va ma’naviyatga doir fanlar orqali yoshlarda ijtimoiy-
siyosiy faollikni tarbiyalash istiqbollari.
O‘zbekistondagi ta’lim tizimiga o‘ziga xos yondoshuv va
milliy g‘oya.
Har bir tarbiya, jumladan ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini milliy
mafkura tashkil etadi. Milliy istiqlol g‘oyalarini o‘quvchi yoshlar
ongiga sindirishga qaratilgan o‘quv, ilmiy-uslubiy va tarbiyaviy
ishlarning samaradorligini ta’minlash va yanada takomillashtirish
maqsadida 2001 yil 18-yanvarda “Milliy istiqlol g‘oyasi: asossiy
tushuncha va tamoyillar” fani bo‘yicha ta’lim dasturlarini yaratish va
respublika ta’lim tizimiga joriy etish to‘g‘risida Prezident Farmoyishi
e’lon qilindi. Bu milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishning nazariy,
amaliy va tarbiyaviy ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatdi. Zero,
ma’naviy yetuk insonlargina barkamol jamiyatni qurishi mumkin.
Ta`lim asosida jamiyat rivojlanishining obyektiv ehtiyojlari
turadi. Ta`lim insonning mehnat olamiga samaraliroq kirishini,
jamiyat hayotiga qo‘shilishini ta’minlaydi. Mustaqillikka erishib,
erkin bozor munosabatlari asosida demokratik huquqiy davlat sifatida
shakllanish yo`liga o‘tgan
O‘zbekistonda hozirgi bosqichda
xalq ta`limi tizimiga, pedagogika faniga, yosh avlodda mustaqillik va
152
faollikni, ishbilarmonlik va tadbirkorlikni shakllantirishga jiddiy
e’tibor berilmoqda.
Ta’lim jarayon bo‘lib, u natija va tizimdir. Ta’lim jarayon
sifatida bilimlar, ko‘nikma va malakalarning ma’lum yig`indisini,
faoliyat va munosabatlarning tegishli tajribasini o‘zlashtirishga
qaratilgan maxsus ishlarning tashkil qilinishidir. Ta’lim natija sifatida
bilimlarni, faoliyat va munosabatlar tajribasini o‘zlashtirishda
erishilgan darajadir.
Ta’lim tizim sifatida davlat muassasalari va boshqarish
organlarining majmuasi bo‘lib, ular doirasida insonni tarbiyalash
jarayoni amalga oshiriladi. Shu tariqa, ta’lim doimo bir yo‘la
tarbiyalash jarayonini ham, o‘qitish jarayonini ham ifodalaydi.Yosh
avlod haqida gap borar ekan, shaxsning kamol topishi, o‘z mavqeyini
anglash va o‘zini ko‘rsatish masalalari birinchi o'rinda turadi. Bu
masalalar butun jamiyat va maxsus yaratilgan ijtimoiy institutlar va
insonning o‘zi tomonidan tasodifiy ravishda ham, maqsadga muvofiq
yo‘sinda ham hal qilinishi mumkin. Ta’lim tizimida shaxsning
ijtimoiylashuvi, kasbni egallashi va moslashuvi jarayonlarini
maqsadga muvofiq tarzda boshqarishga ham da’vat etilgan. Bugungi
kunda har bir xalqning faqat o‘z milliy madaniyati asosida o‘qishi va
tarbiyalanishi yetarli emasligi, u jahon madaniyati boyliklarini ham
anglashi zarurligi to‘g‘risidagi fikrlar tasdiqlanmoqda. Bilimdon
kishilarni tarbiyalashdek an’anaviy vazifa o‘rniga atroflicha fikr
yuritadigan ijodkor kishilarni kamolga yetkazish vazifasi olg‘a
surilmoqda. Ilgari ma’lumotlilik darajasi o'rganilgan qoidalar, tahlil
qilingan asarlar, yodlangan she’rlarning soni va bir xil masalalarni
yechish ko‘nikmasi bilan belgilanganligi bois, hozirgi kunda bu daraja
miqyosi kengaydi. Eng muhim masalalarni qo‘ya bilish har qanday
ishga ijodiy yondashish kabi xislatlar ma’lumotlilik darajasini
ko'rsatadi.
Avvalgi vaqtlarda o‘quvchilarni axborotlardan xabardor qilingan
bo`lsa, endi ularda hayotni o‘zgartirish, uni yaxshi tomonga burish
ko‘nikmalari va qobiliyatlarini shakllantirishga jiddiy ahamiyat berish
zarur. Eng muhimi, butun tarbiyaviy jarayonni insonga qaratishdir.
Ta`lim insonlarni bilimlar bilan qurollantiribgina qolmasligi, balki uni
shaxs sifatida kamol toptirishi va takomillashtirishi ham kerak.
Boshqacha aytganda,
jamiyatda ta’limni insonparvarlashtirish
g‘oyalari tobora keng yoyilmoqda. Shubhasizki, jamiyat va maktabni
153
insonparvarlashtirish muammosi ta’limning og‘zaki axborot usulini
unumli, yaratuvchilik usuliga aylantirish bilangina hal bo‘lmaydi.
Mazkur jarayonning eng muhim yo‘nalishi ta`lim mazmunini
insonparvar qilishdir. Bu tadbir,
- birinchidan, shaxsda madaniyatni shakllantirishda fanlarning
rolini oshirishdan, xalq milliy madaniyatining barqaror boyliklarini
tushunishdan,
- ikkinchidan, tabiiy ilmiy va texnika fanlarini ekologik hamda
ijtimoiy ahamiyatli jihatlar bilan boyitishdan iboratdir.
Ta’limni insonparvarlashtirishning eng zarur tomonlaridan biri
maktab o‘quvchilarga faqat ma’lum hajmdagi bilim, ko‘nikma va
malakalarni o‘zlashtirishda yordam berib qolmay, balki ularni
madaniyati, uning boyliklari va xilma-xilligiga jalb etishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |