Mamlakatimizda yuksak intellektual salohiyatli kadrlar
tayyorlash siyosatining ustuvor yo‘nalishlari.
Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab yuksak
intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash siyosati olib borilmoqda.
Xususan, 1991 yil 20 noyabrda davlat xalq manfaatlarini kо‘zlab,
“О‘zbekiston
Respublikasining
davlat
mustaqilligi
asoslari
tо‘g‘risida”gi qonunga asoslanib, respublika yoshlarning ijtimoiy
hamda ma’naviy kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish
maqsadida 2016 yil 14 sentyabrda Qonuni qabul qilingan edi.
Mazkur qonunning 1-moddasidayoq qonunning mazmun va
mohiyati tо‘laligicha о‘z ifodasini topgan: “Yoshlarga oid siyosat
О‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustivor yо‘nalishi
bо‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol
topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yо‘lida imkoni boricha
tо‘la-tо‘kis rо‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy,
tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan
iboratdir”
1
.
О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati
quyidagi qoidalarga asoslanadi:
•
millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va
siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar yoshlar tо‘g‘risida g`amxо‘rlik
qilish;
1
O`zbekiston Respublikasining “О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat
siyosatining asoslari tо‘g‘risida”gi O`RQ-406-son qonuni. 2016 yil 14 sentyabr.
https://lex.uz/docs/-3026246.
154
•
yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish;
•
milliy, madaniy an’analarning avloddan avlodga о‘tishi,
avlodlarning ma’naviy aloqasi;
•
yoshlarning
tashabbuslarini
qо‘llab-quvvatlash,
yoshlar
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari doirasida о‘z
manfaatlarini amalga oshirish yо‘llarini erkin tanlab olishlariga
kafolat berish;
•
jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga
oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda
yoshlarning bevosita ishtirok etishi;
•
huquq va burchlarning erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining
birligi”.
Mamlakatimizda yuksak intellektual salohiyatli kadrlar tayyorlash
siyosati ta’lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter
texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli
telekommunikatsiyalarning
zamonaviy
usullarini
о‘zlashtirish,
bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg‘or
yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy о‘quv yurtlariga,
balki har qaysi oila, hayotiga keng kirib borishi uchun zamin
hozirladi.
Ushbu siyosatning uzviy tarkibiy qismi sifatida O`zbekiston
Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonunni (2020 yil 23
sentyabr) keltirish о‘rinli.
Ushbu qonun mazmunida barkamol shaxs va malakali
mutaxasisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati
tо‘laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining
har bir bosqichi о‘zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni
yuqori bosqichlarga kо‘tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga
yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
keng
kо‘lamli
islohotlarda
yoshlarning
faol
ishtirokini
ta’minlash, yuksak
ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan
yutuqlarini puxta о‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol
avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini
izchil amalga oshirish maqsadida, davlat va jamoat tashkilotlarining
takliflarini inobatga olib 2014 yil 6 fevralda О‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasida yoshlarga
155
oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qо‘shimcha chora-
tadbirlar tо‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli Qarori qabul qilindi
Do'stlaringiz bilan baham: |