18
bildiradi. Milliy g‘oya elim, yurtim deb kuyinib yashaydigan fidoyi
insonlarni voyaga yetkazish omillaridan biri hamdir.
Milliy g‘oya har bir fuqaroni iymonli, insofli, halol, mehnatsevar,
mehr-muruvvatli, rahm-shafqatli, adolatparvar, axloqli, odobli
bo‘lishi, ma’naviy kamolotni hal qiluvchi omili deb biladi.
Milliy g‘oya millatni ulug‘lashni
qadrlashni millat manfaati
yo‘lida fidoiy bo‘lishni insoniylik burchi ekanligini har bir fuqaroni
ongi va qalbiga singdirib boradi.
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari ta’limi ma’naviy hayotni
yuksaltirish yo‘lidagi o‘z vazifalarini bajarib borishi va uni yanada
kuchaytirish tarixiy zaruriyatdir. U tizim sifatida quyidagilarni o‘z
ichiga oladi: oila-mahalla, ta’lim tizimi va hk. 1996 yil 9 sentabrda
esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviyat va
ma’rifat” jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va
samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni, 1998 yil 24
iyulda
Vazirlar Mahkamasining “Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Qarori, 1999 yil 3 sentabrda O‘zbekiston Respublikasi
birinchi Prezidentining “Respublika Ma’naviyat va ma’rifat
Kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni chiqdi
1
.
2001 yil 18 yanvarda 2001 yil 18 yanvarda O‘zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning
“Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani boyicha
ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish
to’g’risida”gi Farmoyishi qabul qilindi.
Nihoyat, 2021 yil 26 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini tubdan
takomillashtirish chora
tadbirlari to`g`risida”gi PQ – 5040-son Qarori qabul qilinib, unga
ko‘ra ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy
tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g`oyasini keng targ`ib etish orqali
jamiyatda sog`lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy
harakatga aylantirish, oila, ta`lim tashkilotlari va mahallalarda
ma`naviy tarbiyani uyg`unligini ta`minlash, targ‘ibot-tashviqot va
tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha
bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar
samaradorligini oshirish,
ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan
1
www.lex.uz
19
doimiy monitoring tizimini joriy qilish, el-yurt taqdiriga loqaydlik,
mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga
bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik
kabi illatlarga
barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga
oshirish, aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish
madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi
mafkuraviy immunitetini kuchaytirish,
madaniyat, adabiyot, kino,
teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa
mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy
mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga
erishish, geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish,
terrorizm, ekstremizm,
aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va
boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish
hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish1 asosiy
vazifalardan biri sifatida keltirilgan.
Aslida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ham o‘z o‘rnida ma’naviy
qadriyatlar mezonidir. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma`naviy - axloqiy va
jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim –
tarbiya berish
tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora tadbirlari
to`g`risida” 2018 yil 14 avgustdagi ПҚ-3907-son Qarori, 2017 yil 28
iyuldagi “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani
rivojlantirishni yangi bosqichga ko`tarish to`g`risida” ПҚ-3160-son
Qarori, 2019 yil 3 may “Ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini
oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi
ПҚ-4307-
son Qarori ham milliy g‘oya va ma’naviyat rivojida muhim o‘rin
tutadi. Shuningdek, mamlakatimizda milliy g‘oya va ma’naviy
sohasida olib borilayotgan islohotlar ham bu borada alohida
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: