Bu dunvoda yaxshi-yomon kunlur ko ‘rdim,
O 'kinchim yo ‘q, mayli, yillar qaddim egsin,
Men hamon bir askaringmcm, ona yurtim.
Sen tomonga otilgun o'q menga tegsin...
Tong nurisan. Vat an, konglim osmonida Erking azal ajdodlarning armonida,
Mehring abad avlodlarning iymonida Shu iymonga otilgan o q menga tegsin.
Shunday qilib, Erkin Vohidov ijodida asosiy o‘rinni hozirgi zamonning dolzarb, ijtimoiy mavzulari tasviriga bag‘ishlangan chuqur mazmunli, jiddiy, o'ychan she’rlar egallaydi. Bundan tashqari, shoir bisotida kulgili voqea yoki komik holat asosida yaratilgan quvnoq, xushchaqchaq, samimiy yumorga boy she’rlar ham mavjud. Shoirning «Donish qishloq latifalari» turkumiga kirgan «Matmusaning qishlog'i», «Matmusaning qalpog'i», «Matmusaning lagani», «Matmusaning charxpalagi», «Matmusaning tandiri», «Matmusaning uylanishi», «Qiziquvchan Matmusa», «Matmusa — rassom», «Matmusaning dutori», «Tandir kiygan Matmusa» kabi xushchaqchaq she’rlari o’quvchilarga manzur bo'ldi. Bu she'rlar o'quvchilarga yaxshi kayfiyat bag'ishlash bilan birga, ularni ezgulik ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
Erkin Vohidovning hozirgi zamoni ing turli mavzularida yozilgan hajviy she'iiari ham muhim tarbiyaviy-estetik qimmatga ega. Shoir «Majlis qiling», «IV anfaat falsafasi», «Sen menga tegma», «Boshimdadir», «Nasihat», «Soch madlii», «Ko‘chamen» kabi hajviy she’rlarida h; yotda mavjud boigan har xil illatlar ustidan kuladi.
Erkin Vohidov hajviy-yumoristik asarlarida «qissadan chiqariladigan hissa»ni juda aniq va ixcham qilib ifodalaydi. Bir she'rida: «Qo'lni ishga mohir etma, tiini gapga usta qil», deya kinoya qilsa, boshqa bir asarida: «Sendan ul va mendan bul», «Qo‘lni qo'l yuvar, do‘stim, Nafi yo'q jiyan kelsa. tog‘a ham quvar, do‘stim», — deb pichi lg qiladi («Manfaat falsafasi»).
Qisqasi, Erkin Vohidov she’riyatning rang-barang janr va shakllariga murojaat qiladi hamda har ‘afar uning yangi-yangi namunalarini yaratadi. Shoir xalq va janiyat taqdiriga taalluqli jiddiy she’rlarida ham, «kulgi mushoiralari»da ham voqea- hodisalarni quruq bayon etish yolidan emas, aksincha, asar g'oyasini badiiy tarzda gavdalantirish, sodda va oarazli, ixcham va teran baytlar yaratish yolidan boradi va jiddiy /utuqlarga erishadi.
Shoir asarlari yengil o‘qiladi, oson «hazm» qilinadi. Buning asosiy sababi shundaki, muallif jonli ?alq tili boyliklaridan. turli tasviriy vositalardan uniimli foydalanib, yangi-yangi tashbihlar, ajoyib o'xshatishlar, yorqin s fatlashlar, sodda. lekin serhikmat misralar yaratadi.
Shoirning «0‘zbek Navoiyni o‘qinay qo‘ysa...» she’ri kuyinchaklik bilan yozilgan bo'lib, unia katta ma’no, teran hikmat bor. Asarda ana shu katta ma’no xalqona so‘z va iboralar ko'magida ustalik bilan ociib berilgan. Navoiy asarlarini o'qib-o'rganish va ularni xalq orasida keng targ‘ib etishning buyuk ma’naviy-ma’rifiy al amiyati ehtiros bilan ifodalangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |