13-mavzu: Erkin Vohidov she`riyati
Reja:
Shoirning hayot va ijod yo`li.
Lirik asarlari tahlili.
Dostonlarining o`ziga xosligi.
Tayanch tushunchalar: 0‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi, imtiyozli diplom, 0‘zbekiston Qahramoni, ijtimoiy pafos
0‘zbekiston xalq shoiri, noyob iste’dod sohibi Erkin Vohidov she’riyatimizning porloq yulduzidir. Shu bilan birga, u taniqli jamoat arbobi hamdir.
Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ziyolilar oilasida tug‘ildi. 0‘rta maktabni oltin medal bilan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi 0‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetini esa imtiyozli diplom bilan bitirdi. «Yosh gvardiya» hamda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotlarida ishladi. «Yoshlik» jurnalini tashkil qilib, unga Bosh muharrir bo‘ldi. 1983-yiIda «Sharqiy qirg‘oq» to‘plami uchun 0‘zbekiston davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Shoir 1999-yilda 0‘zbekiston Qahramoni yuksak unvonini olishga sazovor bo'ldi.
Erkin Vohidov adabiyotning turli janrlarida ijod qilib, asardan asarga o‘sa bordi. Shoirning ijodiy o‘sishida uning xalq hayoti va ustozlar mahoratini o‘rganishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Erkin Vohidovning ustozlardan ijodiy o‘rganishi, asosan, ikki yo‘l bilan sodir boidi: birinchidan, u yoshligidan boshlab Navoiy, Fuzuliy, Pushkin, Yesenin, H. Olimjon, G‘ayratiy kabi ko‘plab shoirlarning asarlarini sinchiklab o‘qib- o‘rgandi. Ana shuning uchun ham u, masalan, Hamid Olimjon haqida: «Men uni ustoz deyman. Meni ilk bor she’riyatning sehrli gulbog‘iga g‘oyibona yetaklagan, xanda urib oqqan misralari yosh qalbimga shaloladay quyilgan, menga baxt va shodlikni kuylash san’atini o'rgatgan shoir shu ustozdir», — deb yozgan edi. Ikkinchidan, Erkin Vohidov o‘z faoliyati davomida Abu Ali ibn Sino, Hofiz Sheroziy, Bedil, Fridrix Shiller, I. Gyote, A. Pushkin, S. Yesenin, A. Blok, M. Svetlov, A. Tvardovskiy, Silva Kaputikyan, A. Malishko, Rasul Hamzatov singari shoirlarning bir qancha asarlarini tarjima qildi. Ayniqsa, I. Gyotening «Faust», Sergey Yeseninning «Eron taronalari» asarlarini o'zbek tiliga mohirona o‘girdi. Shu jarayonda bu shoirlar ijodidan ta’sirlandi, ulardan ko'p narsani o'rgandi.
Erkin Vohidov adabiyotga XX asrning 60-yillarida kirib keldi. Uning o‘ziga xos iste’dodi, avvalo, uning shoir sifatida o‘zbek she’riyatiga kiritgan yangiliklarida yorqin namoyon boladi. Ma’lumki, E. Vohidov adabiyotga kirib kelgan davrda she’riyatda ko'tarinki ijtimoiy pafos yetakchi bo'lib, insonning his-tuyg‘ularini tasvirlashga keraklicha yo‘l berilmas edi. Erkin Vohidov bu g'ayriestetik aqidani buzib, she’riyatni inson tuyg'ularining ifodasiga aylantirishga, uning hayot bilan aloqasini mustahkamlashga, asarga badiiy jilo berishga e’tibor qaratdi. U chinakam lirikaning ajoyib namunalarini yaratib, she'riyatimiz saviyasini oshirish uchun faol kurash olib bordi.
Erkin Vohidov dastlabki she'rlaridayoq badiiy mahoratga, asar sifatiga alohida e’tibor berdi va juda yaxshi natijalarga erishdi. Bunga shoirning «Tong nafasi» (1961), «Aql va yurak» (1963), «Mening yulduzim» (1964) kabi dastlabki to‘plamlari misolida to‘liq qanoat hosil qilish mumkin. Chunki, bu to‘plamlarga kirgan she’rlarning aksariyati mayin, dilrabo, yoqimli lirika namunalari bo'lib. ularda fuqarolik his-tuyg‘ulari ufurib turadi. Shoir chin insoniylikni ulug'lab, jamiyatdagi barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning bunyodkori boigan inson sezimlari. ko‘ngil mavjlari haqida so‘z san’ati vositasida mushohada yuritadi. Jamiyat taqdiri inson qo‘lida ekanini samimiyat bilan yorqin ifodalaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |