Buxoro davlat universiteti repablic of uzbekistan



Download 0,98 Mb.
bet33/81
Sana31.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#260711
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
Bog'liq
2 5287471291064913011

Tiniq, ko ‘kka yag ‘rin bergan shu keng dala,

Vlug ‘ shaxmat taxtasiday ola-bula.

Chevar qizlar qirq kokili kabi tekis,

Sonsiz jo ‘yak hansiraydi to 'la-to ‘kis.

Baxt kelinin bo ‘ynidagi marjon kabi Har tup g ‘o 'za shoxlarida ko ‘sak safi.

Biroq shuni ham qayd etish kerakki, shoirning 30-yillarda yozilgan ayrim asarlarida, jumladan, «Ikki vasiqa» balladasida, ayniqsa, «Ko'kap» dostonida yangi tuzumni bo‘yab-bezab ortiqcha maqtab ko‘rsatish hollari ko‘zga tashlanadi. 0‘tmish va davr voqeligini taqqoslashda ba’zan soxtalikka yo‘l qo'yiladi.

Umuman olganda, G‘afur G‘ulom kommunistik mafkura va sotsrealizm siquvlariga qaramay, 30-yillarda barakali ijod etib, xalqchil va novator shoir sifatida keng tanildi.

G‘afur G‘ulom ikkinchi jahon urushi yillarida o‘z ijodini butunlay mudofaa yo‘nalishiga qaratdi. G‘afur G'ulom 1942- yilning bahorida akademik Habib Abdullayev rahbarligida 0‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida frontga borib, jang manzaralarini, jangchilarimizning qahramonligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib keldi va bundan o‘z ijodi uchun tegishli xulosalar chiqarib oldi.

G‘afur G‘ulom urush davrida harbiy mudofaa mavzularida «Kuzatish», «Xalq otlandi», «Men yahudiy», «Sen yetim emassan», «Sog‘inish», «Biz yengamiz», «Bizning ko'chada ham bayram bo'lajak», «G‘oliblar», «Salom va tabrik» kabi ajoyib she’rlar yaratdi. Bu she’rlarida jangovar davr ruhi, chuqur falsafiy mazmun mahorat bilan ifodalangan. «Kuzatish» (1941) she’rida shoir o‘gii Jo‘raning frontga safarbar etilishi haqida yozgan. Asarda G‘afur G‘ulom o‘z shaxsiy kechinmalarini jamiyat hayotida ro‘y berayotgan hodisalarga bog‘lab tasvirlaydi. Shu sababli otaning farzandiga aytgan so‘zlari Vatan mudofaasiga otlangan barcha jangchilarga qilingan murojaat tarzida yangraydi:

Saflar oldida bo 7, mard bo 7, botir bo 7,

Do ‘stlarga hamohang jo ‘ra bo 7, jo ‘r bo 7...

G‘afur G‘ulom she’rda o'glim bosqinchi yovga qarshi jangga jo‘natgan ota obrazini yorqin poetik bo‘yoqlarda yaratgan.

Shoirning «Sog‘inish», «Sen yetim emassan» she’rlarida ham vatanparvar va mehribon otaning barkamol obrazi chizib berilgan. Bu asarlarda ota obrazi (link qahramon) xalqimizga xos milliy xislatlami o‘zida gavdalantiradi. Shoirning «Sog‘inish» she’ri bilan «Kuzatish» she’ri mazmun-mohiyat jihatidan bir-birini to‘ldiradi. Chunki «Kuzatish» she’rida otaning o‘z o‘g‘lini frontga jo‘natishi bilan bog‘liq bo'lgan ruhiy holati aks ettirilgan boisa, «Sog‘inish»da ana shu otaning frontda jang qilayotgan o‘g‘lini jon-dildan sog‘ingandagi kayfiyati, ichki kechinmalari tasvirlanadi.

G‘afur G‘ulomning «Men yahudiy» she’rida ham insonparvarlik va xalqlar do‘stligi shoir ijodiga xos uslubda — quyma misralarda kuylanadi. Gitlerchi fashistlaming kirdikorlari, yovuz qilmishlari ayovsiz fosh etiladi. She’r ikki qismdan iborat. Birinchi qismda shoir uzoq o‘tmishdagi tarixiy voqealami eslaydi. Jahon madaniyati tarixini yaratishda yahudiylaming ulkan hissasi borligini obrazli tarzda ko‘rsatib beradi. She’rning ikkinchi qismida esa fashistlaming irqiy «nazariya»sini qoralab, xalqlar o‘rtasidagi tenglik va do‘stlikni ulug'laydi.

G‘afur G‘ulomning «Suv va nur» balladasida esa urush davridagi umumxalq qurilishi — Farhod GES bunyod etilishi tasvirlanib, xalqning mehnat qahramonligi tarannum etilgan. G‘alabaga ishonch tuyg‘ulari asarning umumiy ruhiga mahorat bilan singdirib yuborilgan. G‘afur G‘ulomning urush davrida yozilgan she’rlarida vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari g‘alabaga ishonch tuyg‘usi bilan uzviy birlikda namoyon bo‘ladi. Shoir she’rlarining sarlavhalaridan («Bizning ko‘chada ham bayram boiajak», «Biz yengamiz» kabi) tortib barcha unsurlariga, qisqasi, asarlarning butun to'qimasiga ko'tarinki ruh — g‘alabaga ishonch tuyg‘usi singdirib yuborilgan. G‘afur G‘ulom urushning birinchi yilidayoq «Tong yaqin, tong yaqin, oppoq tong yaqin» deb yozganida misra mazmuniga chuqur ramziy ma’no berib, g‘alabani oppoq tongga o‘xshatgan va uning yaqinligiga imon keltirgan edi.

Xullas, G‘afur G'ulom urush davrida «po‘lat nayza kabi o‘tkir, bukilmas» asarlar yozib, benazir «she’rlar soldatini shaylantirdi». G‘afur G'ulomning harbiy lirikasi adabiyotimizning bebaho yutug‘idir.

G‘afur G'ulom urushdan keyingi yillarda zamonaviy mavzularda, ayniqsa, tinchlik va do‘stlik, ona Vatan, halol mehnat va mehnatkash inson haqida ko'pgina badiiy go‘zal, sermazmun she’rlar yaratdi. G‘afur G‘ulomning urushdan keyingi she’riyatida jahonda tinchlik uchun kurash mavzusi katta o‘rin tutadi. Shoiming «Yashasin tinchlik», «Tinchlik ko‘klami», «Tinchlik nashidasi», «Bu — sening imzong», «Biz tinchlik istaymiz», «Tinchlik minbaridan», «Tinchlik ahdi» singari o'tkir she’rlarida tinchlik uchun kurash mavzusi g'afurona uslubda, rang-barang shakllarda tasvirlangan. «Biz tinchlik istaymiz» she’rida tinchliksevar xalqlarning irodasi atom va vodorod bombalaridan ham kuchli ekanligi chuqur mantiq asosida ko'rsatib berilgan.

G'afur G‘ulomning «Sharaf qo‘lyozmasi» (Ingliz lordining bizlarni qabila deb ataganiga javob) she’rida xalq tarixidan faxrlanish, o‘zlik tuyg‘usini himoya qilish ochiq sezilib turadi:




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish