Xususiy standartlar kompaniyalar yoki shaxslarga tegishli bo'lgan texnologiyalar va dizaynlarni nazarda tutadi. Xususiy standartlarning aksariyati, de facto bozor ishtirokchilarining individual tanlovi asosida paydo bo’ladi. Shunday qilib, Adobe Systems mulki bo'lgan pdf fayl formati va Philips va Sony kompaniyasiga tegishli CD formati bozorda tanlash jarayoni tufayli standartlarga aylandi. Biroq, xususiy standartlar hukumat tuzilmalari tomonidan ham belgilanishi mumkin. 1953 yilda Federal aloqa komissiyasi «CBS"tizimi o’rniga «RCA" ning rangli televideniyening efirga uzatish formatini tanladi.
Umumiy va xususiy standartlar raqobat qilishi mumkin. Misol uchun, raqamli audio fayllarni siqish uchun "MP3" standarti ommaviydir (xalqaro standartlashtirish tashkiloti — ISO ning ishchi guruhi tomonidan yaratilgan), lekin "Real Audio"xususiy formati bilan raqobatlashadi.
De-fakto standartlari bilan bog'liq muammo shundaki, ba'zan ularning paydo bo'lishi ko'p vaqt talab etadi, bu esa investitsiyalarni takrorlashga va bozor rivojlanishida kechikishga olib keladi. AQShda koleyaning standart kengligi bo'yicha kelishuvga erishish 40 yil davom etdi. AQShda simsiz telekommunikatsiyalarning analoglidan raqamli texnologiyalarga sekin o'tishining sabablaridan biri TDMA va CDMA standartlari o'rtasidagi raqobatdir. Aksincha, 1992 yilda Yevropa rasmiy ravishda GSM standartini (TDMA bilan chambarchas bog’liq) qabul qildi. Standartning juda kech paydo bo'lishi, texnologiyani butunlay yo'q qilishi mumkin. 1970-yillarda stereofonik tovushni kvadrafonik bilan almashtirishga urinishining muvaffaqiyatsizligi audio uskunalarni ishlab chiqaruvchilar o'rtasida texnik standartlarning mos kelmasligi tufayli yuzaga keldi. Dominant standartning yo’qligi ovoz yozuvchi kompaniyalar va iste'molchilarning kvadrafonik tizimlarga sarmoya kiritishni rad etishiga olib keldi. Yuqori aniqlikdagi televideniye ("HDTV") xuddi shu yo'ldan borishi mumkin.
Standart ochiq yoki yopiq bo'lishi mumkin. Ochiq standartlar - bu asosiy texnologiyaning tafsilotlari uchinchi tomonlarga ular qo'shimcha tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqishi uchun taqdim etilishi mnumkin.
Yopiq - bu yerda tafsilotlar boshqa firmalar uchun mavjud emas yoki faqat ma'lum cheklovlar asosida mavjud. Masalan, "Microsoft Windows" - yopiq standart hisoblanadi: garchi to’ldiruvchi va dasturiy ta'minot bilan shug’ullanadigan saralangan kompaniyalarga "ishlab chiquvchi to'plamlari"ni yuborsada, Microsoft asosiy dasturiy kodini hammaga ochiq qilmaydi.