Oliy ta’lim
Oliy ta’lim sirasiga Yaponiyada universitetlarnigina kiritish mumkin.
Universitetlarga katta o’rta maktablar yoki 12 yillik oddiy dasturda faoliyat ko’rsatuvchi
maktablarning bitiruvchilari qabul qilinadilar.
Ma’lumotlarga ko’ra, bu mamlakatda 460 ta universitet bo’lib, ulardan 95 tasi
davlat tasarrufida, 34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiydir. Ularda 1 million 843 ming
talaba tahsil oladi. Talabalarning 77,4 foizi yigitlar, 22,6 foizi qizlardir. Aspiranturalarda
tahsil olayotgan aspirantlarning bor-yo’g’i 12,9 foizi ayollar bo’lib, ular asosan
gumanitar fanlar, san’at, maorif va dorishunoslik sohasida izlanishlar olib boradilar.
Kichik kollejlarda esa ahvol buning tamoman aksi bo’lib, bu erda erkaklar 10,1
foizni, ayollar 89,9 foizni tashkil etadi. Umuman olganda, qishloq xo’jaligi va
muhandislikdan tashqari barcha fakultetlarda ayollar ham ta’lim oladilar.
Universitetlar o’zining texnik jihozlanishi, moddiy bazasining bekamu ko’stligiga
qarab ikki toifaga bo’linadi. 1-toifadagi universitetda har bir o’qituvchiga 8 nafar talaba,
2-toifadagi universitetda esa 20 nafar talaba to’g’ri keladi. 1-toifa universitetlari har
jihatdan 2-toifa universitetlaridan ustun turadi.
Kafedralar tarkibiga asosan profsssor, dotsent va o’qituvchilar kiradi. Kafedra 4
nafar yuqori kurs talabasini bakalavr dasturida, 4 nafarini magistr va 3 nafarini
doktorantura dasturida tayyorlashga mas’uldir. Kafedralarda shy yo’sinda biriktirilgan
talabalar xuddi ilmiy tekshirish guruhlaridagidek faoliyat ko’rsatadilar.
Yapon universitetlariga kirish uchun ikki muhim bosqichdan o’tish lozim. Birinchi
bosqich abiturientlarning turar joyida amalga oshirilib, ular yapon, eski yapon tili,
matematika, fizika, ximiya, jamiyatshunoslik, tarix va boshqa fanlar bo’yicha test
sinovlaridan o’tadilar. Test sinovi natijalariga ko’ra, ular qaysi universitetga munosibligi
belgilab chiqiladi. Eng yuqori natijalarga erishgan abiturientlar Tokio universiteti, Kioto,
Osako, Sapporo universitetlariga qabul imtihonlari topshirishlari uchun yo’llanmalar
beriladi.
Xususiy universitetlar esa, qabul imtihonlarini mustaqil ravishda oladilar. Kirish
imtihonlari suhbat tarzida o’tkazilib, unda ko’rsatilgan fanlarni bilishdan tashqari tez
fikrlash, topqirlik, zukkolik mahoratlari ham sinab ko’riladi.
Bir qator xususiy dorilfununlar o’z tarkibida maktabgacha tarbiya muassasalariga
ham ega. Bunda tarbiyalanuvchilar ta’limning barcha bosqichlarini shu universitetning
o’zida o’taydilar, pirovard natijada kirish imtihonisiz universitetga qabul qilinadilar.
Universitetlarda tahsil olayotgan talabalar o’rtasida kasb nisbati quyidagicha:
Jamiyatshunoslik fanlari 40 foiz;
Texnika fanlari 20 foiz;
Gumanitar fanlari 1-4 foiz;
Psdagogika fanlari 8 foiz;
Qishloq xo’jaligi, tibbiyot, tabiiy fanlar 3 foiz;
San’at, ro’zg’orshunoslik 2 foiz.
Universitetdan talabalarni haydab yuborish mumkin emas. Chunki, birinchidan,
yuqori malakali mutaxassislarning imtihonidan o’tgan talabalar o’qib keta oladilar,
ikkinchidan, talabalar dorilfununlarda o’qiganliklari uchun katta miqdorda pul tulaydilar.
Univsrsitstlarda 4 yillik o’qish ayrim talabalar uchun 5, hatto 6 yilgacha cho’zilishi
mumkin.
211
Yapon universitetlarida talabalar o’quv jarayonida 140-150 sinov birligi
topshiradilar. Ularda baho mezoni – «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli», «qoniqarsiz». Yapon
universitetlari asosan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Shunga qaramay,
Yaponiyada «Universitet kishini bilim va kasbga yo’naltiradi xolos, uni takomillashtirish,
mo’kammallashtirish kishining o’ziga bog’liq» deb hisoblaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |