haqida ko’rsatmali qo’llanma», «Son to’g’risida ko’rsatmali ta’lim» degan kitoblari
bosilib chiqdi, bu kitoblarda boshlang’ich ta’limining yangi usullari bayon qilindi.
Pestalotstsi hammani tarbiya va ilm olish huquqiga ega bo’lishi lozim, deb da’vo
qilib, maktablar jamiyatni ijtimoiy jihatdan o’zgartirishning muhim vositalaridan biri
bo’lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, har bir kishining haqiqiy insoniy kuchlari
harakatga kelib, mustahkamlanganidagina eng muhim ijtimoiy masalalar hal qilinadi,
tubdan ijtimoiy o’zgarishlar ro’y beradi. Bunga tarbiya yo’lli bilangina erishish mumkin.
Pestalotstsining fikricha, mehnat shaxsni tarbiyalash va o’stirishning zng muhim
vositasidir, mehnat shaxsning jismoniy kuchlarinigina emas, shu bilan birga, aqlini ham
o’stiradi, shuningdek, unda axloq ham tarkib toptiradi. Mehnat bilan shug’ullanastgan
shaxsda mehnatning jamiyat hayotida juda katta ahamiyati bor degan ishonch tug’iladi,
bunday ishonch esa shaxslarni ahil va mustahkam ijtimoiy ittifoq qilib, bir-biriga
bog’lovchi eng muhim kuchdir.
Pestalotstsining fikricha, bilish sezgi organlari orqali idrok qilishdan boshlanadi va
tasavvurlarni qayta ishlash yo’li bilan g’oyalar darajasiga ko’tariladi, g’oyalar esa, garchi
ravshan bo’lmasa ham shaxsning ongida tarkib toptiruvchi kuch; tariqasida mavjud, lekin
o’zining namoyon bo’lishi va jonlanishi uchun sezgilar etkazib beruvchi materialga
muhtojdir
188
Pestalotstsining fikricha, tarbiyaning maqsadi shaxsning barcha tabiiy kuchlarini va
qobiliyatlarini o’stirish, o’stirganda ham har tomonlama va bir-biriga uyg’un ravishda
o’stirishdir. Tarbiyaning tarbiyalanuvchiga ko’rsatayotgan ta’siri uning tabiatiga uyg’un
bo’lishi lozim.
Pestalotstsi tarbiyaning mohiyati to’g’risidagi tasavvuriga asoslanib, tarbiyaning
yangi metodlarini shaxsning kuchini inson tabiati bilan muvofiqlashtirib o’stirishga
yordam beradigan metodlarni yaratishga intiladi. Bolani tarbiyalashni deydi u, uning
tug’ilgan kunidanoq boshlash lozim: «Bola tug’ilgan soat – unga ta’lim berishning
birinchi soatidir». Shu sababli chinakam pedagogika onani to’g’ri tarbiyalash metodlari
bilan qurollantirishi kerak. Pedagogika san’ati esa shu metodikani har bir ona, jumladan,
oddiy dehqon ayol ham egallab oladigan qilib soddalashtirib berishi lozim. Oilada
tabiatga muvofiq qilib boshlangan tarbiya maktabda ham davom ettirilishi lozim.
Barcha insoniy kuchlar va imkoniyatlar eng oddiy narsalardan rivojlana boshlaydi
va sekin-asta murakkabroq darajaga jo’tarila beradi. Tarbiya ham ana shu yo’ldan borishi
lozim.
Har bir bolaga xos bo’lgan tug’ma kuch va qobiliyatlar kurtaklarini tabiiy tartibga
muvofiq, inson kamolotining abadiy va o’zgarmas qonunlariga muvofiq holda
muntazamlik bilan mashq qildirib, o’stirish kerak.
Pestalotstsi ta’lim nazariyasiga ko’ra tarbiyalash eng oddiy elementlardan
boshlanib, asta-sekin tobora murakkabroq darajaga ko’tarilib borishi lozim.
Pestalotstsining elementar ta’lim nazariyasi jismoniy tarbiyani, mehnat tarbiyasini,
axloqiy va estetik tarbiyani hamda aqliy tarbiya va o’qitishni o’z ichiga oladi.
Tarbiyaning mana shu hamma jihatlarini Pestalotstsi bir-biriga bog’lab olib borishni
taklif qildi, mana shunday tarbiyalash natijasidagina insonning hamma jihatlari bir-biriga
uyg’un bo’lib kamol topishini ta’minlash mumkin, dedi.
Pestalotstsi shaxsning barcha jismoniy kuchlari va imkoniyatlarini o’stirishni ularni
jismoniy jihatdan tarbiyalashning maqsadi deb, bolaning harakatga, o’ynashga, bir joyda
o’tirib qolmaslikka, hamisha harakatda bo’lishga majbur qiluvchi tabiiy intilishini
jismoniy tarbiyalashning asosi, deb hisobladi.
Pestalotstsi inson shaxsini kamolotga etkazishda jismoniy tarbiyaga juda katta
ahamiyat beradi va uni shaxsning o’sishiga oqilona ta’sir ko’rsatishning birinchi turi, deb
hisobladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, o’qitishni unumli mehnat bilan qo’shib olib borish
Pestalotstsining pedagogik tajribasi va nazariyasidagi asosiy qoidalardan biri bo’ldi.
Pestalotstsining «Lingard va Gertruda» romanida yozilishicha, (maktabda bolalar kun
bo’yi yigirish va to’qish dastgohlarida ishlash bilan vaqt o’tkazadilar; maktab huzurida er
uchastkasi bo’lib, bu uchastkada har bir bola o’ziga ajratib qo’yilgan paykaldagi ekinlarni
parvarish qiladi, chorva mollarini parvarish qiladi. Bolalar zig’irpoya tolasini va junni
ishlashni o’rganadilar, qishloqning eng yaxshi xo’jaliklari bilan, shuningdek,
hunarmandchilik ustaxonalari bilan ham tanishadilar. O’qituvchi ish vaqtida, shuningdek,
ishdan bo’sh vaqtlarida bolalar bilan mashg’ulotlar o’tkazadi, ularga savod, hisob va
turmush uchun zarur bo’lgan boshqa bilimlarni o’rgatadi. Pestalotstsi shaxsning
kamolotga etishi uchun mehnat tarbiyasining ahamiyati katta ekanini uqtirib o’tdi. U ish
vaqtida «bolalarning ko’nglini xushvaqt qilish va aqlini o’stirishga» intildi.
Pestalotstsi axloqiy tarbiyaning asosiy vazifasi kelgusida ijtimoiy hayotda qatnashib
foyda etkaza oladigan va hamma jihatlari uyg’un bo’lib kamol topgan inson etishtirishdir,
deb biladi. Bolani boshqalarga foyda keltiradigan ishlarda muttasil mashq qildirish yo’li
bilan uning axloqi voyaga etkaziladi. Pestalotstsining fikricha, bola organizmining
189
kundalik ehtiyojlarini qondirish asosida bolada onaga nisbatan tug’ilayotgan mehr-
muhabbat axloqiy tarbiyaning eng oddiy elementidir. Bolaning axloqi uchun oilada
zamin solinadi. Bolaning onaga bo’lgan muhabbati asta-sekin oilaning boshqa a’zolariga
ham o’tadi.
Pestalotstsi axloqiy tarbiya diniy tarbiya bilan chambarchas bog’langandir, deydi.
Pestalotstsi rasmiy dinni tanqid qiladi va tabiiy din to’g’risida gapirib, odamlarning
yuksak ma’naviy xislatlarini o’stirishni tabiiy din deb tushunadi. Pestalotstsi «... xudoni
Do'stlaringiz bilan baham: |