Buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi «umumiy pedagogika»



Download 2,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/250
Sana30.12.2021
Hajmi2,47 Mb.
#86767
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   250
Bog'liq
umumiy pedagogika

SAIDAHMAD  SIDDIQIY  (1864-1927)  ham  1903  yilda  Samarqandning  Holvoyi 
qishlog’ida  dehqon  va  hunarmandlarning  bolalari  uchun  yangi  usuldagi  maktab  ochdi. 
Yangi  uslub  maktabining  o’qish-o’qitish  uslubini  xalq  orasida  yanada  kengroq  yoyish 
maqsadida  Saidahmad  Siddiqiy  1914  yilda  o’zi  ochgan  maktab  qoshida  ko’rgazmali 
qurollar, darslik, jurnal va gazetalar sotadigan «Zarafshon» nomida do’kon ochgan. 
Saidahmad  Siddiqiyning  tashabbusi  bilan  katta  yoshdagi  kishilar  uchun  birinchi 
marta kechki maktab tashkil qilinib, o’zi esa o’zbek, tojik va rus tillarida dars berardi. 
Saidahmad  Siddiqiyning  ma’rifatparvarlik  qarashlarida  eski  maktablarni  isloh 
qilish,  yangi  usul  maktablarini  ko’proq  ochish,  xalqni  savodxon  qilish  kabi  olijanob 
g’oyalar  ilgari  surildi.  U  o’z  xalqining  baxt-saodatini  ilm-ma’rifatda  deb  tushunadi  va 
Turkiston xalqlariga shunday deb murojaat qiladi: 
«...Bu  erda  o’sib,  unishingiz  mumkin.  Men,  bu  ne’mat  qadrini  bilingiz,  deyman. 
Bolalaringizni  maktabga  beringiz.  Maktab  tufayli  ular  o’z  maqsadlariga  erishadilar. 
Madrasalarni isloh etishga chora izlansin. Bu gapni har bir kishi qulog’iga so’ylang. 
Maktablar sonini ko’paytirib, xaloyiqni ilm-fan bilan bahramand etsinlar...»
103

S.Siddiqiy 1911-1914 yillarda Samarqand viloyatining Poyariq tumanida va Chelak 
qishlog’ida  yangi  usul  maktabi  ochib,  bu  maktablarda  faqat  mahalliy  millat  bolalari  – 
o’zbek  va  tojiklarnigina  emas,  balki  rus  bolalarni  ham  o’qitgan.  Masalan,  Chelak 
qishlog’ida S. Siddiqiy tomonidan ochilgan maktabda o’qigan, Samarqand davlat tibbiyot 
instituti  topografik  jarrohlik  kafedrasining  sobiq  mudiri,  professor  Georgiy  Nikolaevich 
Aleksandrov o’z xotiralarida shunday deb yozadi: 
«...Otam  meni  Chelak  qishlog’ida  kambag’al  dehqon  bolalari  uchun  Saidahmad 
Siddiqiy tomonidan tashkil qilingan maktabga o’qishga bergandi. Biz maktabda 10—12 
boladan  iborat  edik.  O’quvchilar  orasida  o’zbek,  tojik  va  o’ruslar  bor  edi.  U  bolalarni 
o’rus tili va adabiyotidan, shuningdek, o’zbek tili va adabiyotidan o’qitar edi. U yumshoq 
tabiatli  kishi  bo’lib,  bolalarni  juda  sevardi  va  hamma  vaqt  kulib  turardi.  Lekin  uning 
kulgilari  ham  bizga  ma’yus  bo’lib  tuyular  va  uning  nimadandir  rozi  emasligi  yaqqol 
sezilardi. 
U  usta  muallim  edi,  bu  mening  xotiramda  juda  yaxshi  saqlangan.  Uning  o’qitish 
uslublari  eskicha  maktablarda  bo’lgan  o’qitish  uslublaridan  tamoman  farq  qilar  edi. 
Bizlar erga to’shalgan sholchaga o’tirib olib, dars tinglardik, muallif doskaga harf, so’zva 
gaplar yozib, bizga tushuntirardi, biz zsa daftarlarimizga yozib olar edik. 
                                                
103
М.Фаттаев Атоқли педагогларимиз. Т.: «Ўқитувчи», 1988, 32- бет.
 


135 
 
Qog’oz  va  daftarlarni  mening  otam  topib  kelar  edi.  Keyinchalik  otam  qaerdandir 
grifel  taxta  (toshtaxta)  topib  keldi.  Bizning  har  birimiz  shu  taxtada  har  xil  mashqlarni 
bajarar edik. 
Muallimimiz  darslarni  qat’iy  jadval  asosida  o’tkazar  edi:  bir  kun  o’rus  tili, 
arifmstika,  jo’g’rofiya,  tarix,  tabiiyot  fanlaridan  dars  o’tkazsa,  ikkinchi  kuni  bu 
darslarning  o’tish  o’rnini  navbat  bilan  almashtirardi.  U  bizga  o’zbek  tilini  ham  o’rgatar 
edi. Men undan o’zbek tilini (grammatikasini) va arab yozuvini yaxshi o’rgandim, hozir 
ham  arab  yozuvida  yoza  olaman.  Tabiat  darsi  bo’yicha  u  bizlarni  Bulung’ur  daryosi 
yoqa-lariga  olib  borar,  tabiat  manzarasi,  har  xil  qushlarni  ko’rsatar  edi.  Hozir  ham  men 
ko’p  qushlarning  nomini  bilaman,  bular  menga  o’sha  davrdan,  undan  esdalik  bo’lib 
qolgan. 
Jo’g’rofiya  bo’yicha  u  bizga  dunyodagi  har  xil  mamlakatlar,  ko’llarni  ko’rsatar, 
globus bilan tanishtirar edi. U globusga jild (chexol) yopib, uni juda ehtiyot bilan saqlar 
edi. Xullas, u bilimlarimizning asosini yaratgan. 
Saidjon aka (biz hammamiz uni hurmat bilan shunday atar edik) dars vaqtida o’qish 
uchun o’ruscha matnlar berar, keyin esa o’quvchilardan bu matnni o’zbek tiliga tarjima 
qilishni talab qilar edi. Uyga vazifa bermasdi. 
Hozir ham eslayman: u o’quvchilarning nutqini o’stirishga alohida e’tibor berardi. 
Nutqni yuksaltirish, mashg’ulot o’tkazish uchun o’quvchilarni darsdan keyin olib qolardi. 
Darsdan keyin qolib, bolalar bilan o’rus tilida suhbat va mashg’ulot o’tkazishni hamisha 
u mendan iltimos qilardi. 
U ota-onalar bilan yaxshi aloqada bo’lardi va juda kamtarin edi. Agar ota-onalar u 
bilan  uchrashgan  vaqtlarida  ta’zim  qilguday  bo’lsa,  bunday  qilish  yaramasligini 
tushuntirib,  ularga  tanbeh  berardi.  U  ota-onalarga  qo’lidan  kelgancha  yordam  berardi. 
Dars  vaqtida  kambag’al  bolalarning  og’ir  ahvolini  ko’rib  muallimimizning  achinganini, 
afsuslanganini, hatto ko’zlariga yosh kelganini hozir ham xotirlayman. 
Uning shunday ajoyib fazilatini   alohida qayd qilish kerakki, u bolalardan tozalikka 
rioya  qilishni  talab  qilar,  dars  oldidan  qo’llarimizni  yuvishga  majbur  etar,  darsda  diqqat 
bilan o’tirishni talab qilar edi. Yana shu narsa ham qimmatliki, u o’quvchilarga jismoniy 
jazo  bermas,  balki  o’quvchilarni  o’z  oldiga  chaqirib  olib,  xilma-xil  tarbiyaviy  usullarni 
ustalik bilan qo’llagan holda do’stona suhbat o’tkazardi...»
104


Download 2,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish