165
- demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatida tarbiya kontseptsiyasini ishlab
chiqish, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini huquqiy asoslarini yoshlar
ongiga singdirish metodikasini takomillashtirish, huquqiy madaniyatli shaxs modelini va
huquqiy fuqarolik tarbiyasi texnologiyasini yaratish;
- estetik tarbiyada milliylik va umuminsoniy uyg’unligi mazmuni va metodlarini
takomillashtirish, Sharq estetik qadriyatlarini o’rganish, ta’lim-tarbiya jarayonida
yoshlarni go’zallik qonuniyati asosida yashashga tayyorlash pedagogik texnologiyasini
yaratish;
- kasb va mehnat tarbiyasini takomillashtirish, kasbga yo’llash ta’lim-tarbiyada
ustuvorligini, har bir kasb shaxsining modelini, kasbnomalarini ishlab chiqish,
boqimandalik illatidan qutilish, yoshlarni hayotga, mehnatga tayyorlash, mehnatni
ijtimoiy zaruriyatga aylantirish metodikasini takomillashtirish. Mehnat shaxs
kamolotining omili, komil inson, ya’ni barkamol shaxs fazilatining tarkibi ekanligini
ilmiy asoslash. Bozor iqtisodi sharoitida yoshlar ijtimoiy-foydali mehnati tizimini,
mezonini ishlab chiqish;
- iqtisodiy ta’lim va tarbiya kontseptsiyasini ishlab chiqish, bozor iqtisodi sharoitida
yoshlarda iqtisodiy madaniyatni shakllantirish, tadbirkorlikka yo’llash metodikasini
yaratish. Iqtisodiy ta’lim va tarbiya pedagogik texnologiyasini ishlab chiqish, bu boradagi
rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o’rganish va ommalashtirish;
- mintaqani ekologik muammosidan kelib chiqib ekologik tarbiyaning mazmuni va
metodlarini takomillashtirish. Yoshlarda ekologik madaniyatni shakllantirish
kontseptsiyasini ishlab chiqish, fanlarni o’qitishning ekologik tarbiyaviy imkoniyatini
oshirish;
- sog’lom avlod dasturi asosida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasini
takomillashtirish, milliy sportni targ’ib qilish, axloqiy, estetik, mehnat, va jismoniy
tarbiyaga kompleks yondashish pedagogik texnologiyasini yaratish;
- ma’naviyat va ma’rifat ishlarining pedagogik qonuniyatlarini o’rganish, barkamol
shaxsni tarbiyalashda ma’naviyatning tutgan o’rni milliy mafkuradan kelib chiqadigan
ma’naviyatning mazmunini ishlab chiqish;
- milliy mafkura, milliy g’oyani har bir ijtimoiy guruhga singdirish, yoshlarning
ijtimoiy ongini shakllantirish metodikasini yaratish. Ma’naviyat ishlarini amalga oshirish,
qo’llanmalarni tayyorlash, uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya metodikasini ishlab
chiqish;
- ma’naviyat va ma’rifatning o’zaro bog’liqligini asoslash, ma’rifatning didaktik
qoidalari, ma’naviyat va ma’rifat ishlarining samarali shakllari va vositalarini
takomillashtirish kabi istiqbolli vazifalarni va dolzarb muammolarni hal etish,
yangilangan pedagogik fikrlarning mohiyati va uning ustivor yo’nalishlari ta’lim tizimida
muayyan o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Ta’lim tizimida o’zgarishlar
qilish quyidagi sabab – ehtiyoj va zaruriyatlar bilan asoslanadi:
1. Ta’limda totalitarlikdan demokratik ta’lim tizimiga o’tish.
2. Shaxsning o’ziga xos qiziqishlarini hisobga olib, ta’limni insonparvarlashtirish.
3. Ta’lim tizimi va jamiyatni yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish
ehtiyoji.
4. O’quvchi-talabalarning bilimlarni sifatli o’zlashtirishini ta’minlaydigan ta’lim
tizimini shakllantirishga sharoit yaratish.
Zamonaviy ta’lim taraqqiyotida paydo bo’layotgan
“Innovatsion yondoshuv”,
Do'stlaringiz bilan baham: