Noan’anaviy echimlarni izlang. Albatta, sinab ko`rilgan qoidalar asosida ish ko`rish ma’qulroq. Ammo yangi qoidalarni ham kimdir qo`llab, tekshirib ko`rishi kerak-ku. Juda ehtiyotkorlik bilan harakat qilib ko`ring.
O`quvchiga o`z sha’ni va obro`yini saqlab qolish uchun imkon bering. Maxsus psixologik tadqiqotlar mualliflari shuni e’tirof etishadiki, ziddiyatli holatlarning 100 dan 99 tasida qanchalik nohaq bo`lishmasin, odamlar baribir o`zini mutlaqo aybdor deb hisoblashmas ekanlar. Juda soz! Insonning aynan ana shu zaif tomonidan foydalanamiz. Mayli, o`quvchi o`ylasinki, uning yomon baho olishida faqat o`qituvchi aybdor. Mayli, usharoitning noqulayligi, omadsizlikni ro`kach qilib o`zini oqlasin, uning xayollarini buzishga shoshilmaylik. Unga o`z sha’nini saqlab qolish uchun imkon beraylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |