Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti


Tarbiyasi qiyin va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar faoliyatini stimullashtirish



Download 80,54 Kb.
bet2/27
Sana29.12.2021
Hajmi80,54 Kb.
#79022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
bo'sh o'zlashtiirsh

1. Tarbiyasi qiyin va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar faoliyatini stimullashtirish

“Stimulus” qadimgi grekcha so`z bo`lib, ma’nosi hozir qo`llaniladiganiga taqqoslaydigan bo`lsak, unchalik xayrli emas. Gap shundaki, qachonlardir ho`kiz va qoramollarni haydaydigan, uchi yo`nib o`tkirlashtirilgan uzun tayoqni shunday ataganlar. Bugungi kunda esa “stimullashtirish” - “insonni qandaydir faoliyatga etaklash, turtkilash” degan ma’noda qo`llaniladi. Inson asli tabitan shunday yaratilgan: ichki yoki tashqi turtki, eslatma bo`lmasa, hatto ba’zan majburlash bo`lmasa o`rnimizdan ham qimirlay olmaymiz.

SHunday zamonlar ham bo`lganki, ishga, mehnatga nisbatan sovuqqonlik ishyoqmaslik, dangasalik deb atalgan hamda uni yengish uchun oddiy va tabiiy usul – majburlashning turli ko`rinishlaridan foydalanishgan. Bu usul insoniy munosabatlar tarixida chuqur ildiz otgan. Yillar mobaynida “inson qalbi” deb nomlangan nozik matoning asosiy ipini topish uchun olimlar juda ko`p mehnat qildilar. Vaqt o`tishi bilan insonga samarali ta’sir etadigan munosabatlarning turli vositalari izlab topila boshladi, Natijada ularni majburlash borgan sari qiyinlashib qola boshladi. O`z haq-huquqlari bilan himoyalangan ozod va mustaqil shaxs yangicha yondashuvlarni talab etadi.

Stimullashtirish borasida amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlarning darajasi va salmog`i nihoyatda yuqori. Ammo shunisi achinarliki, amaliyotchi-pedagog juda ko`p miqdordagi kontseptsiyalar, nazariyalar, g`oyalardan o`z faoliyati uchun yaroqlisini kamdan-kam topishi mumkin. SHu nuqtai nazardan qaraganda amaliyot metodlar quyuni ichida o`z yo`lini yo`qotib qo`ygan. Ammo, aytish joizki, ta’lim jarayoni samaradorligiga ijobiy ta’sir ko`rsatadigan omillar ichida stimullashtirish etakchi o`rin egallaydi. “Nazarimda, o`z pedagogik faoliyatimning boshlanishida men juda ko`p xatolarga yo`l qo`yganman. Tabiiyki, ularni takrorlashni istamayman,- deb tan oladi taniqli amerikalik pedagog A.Dreer,- men uchun eng qiyin muammo o`qishga motivlashtirish bo`lgan”.3

Ehtiyojlar, motivlar, stimullar – bir dalaning hosilidir. Bu tushunchalarning ierarxiyasi, tizimidagi o`rni to`g`risida uzoq bahslashish mumkin, qaysiki nazariyotchilarimiz asosan shu bilan mashg`ul. Ammo xulosa bir xil – stimullar ehtiyoj va motivlardan ajralmagan holda, ularga asoslanadi. Shuni ta’kidlash joizki, inson odatda, bir yo`la turli ko`rinishdagi ehtiyoj va motivlar ta’siri ostida bo`ladi hamda ulardan eng kuchlisiga mos ravishda harakat qiladi. Shunday bo`lishi ham mumkinki, bir nechta bir xil ta’sir kuchiga ega bo`lgan ehtiyoj va motivlar maydonga chiqib qolishi, ular orasida ziddiyat paydo bo`lishi mumkin. Shunday vaqtda kishi ular orasidan o`zi uchun ma’qul bo`lgan xatti-harakatlar yo`nalishini tanlashiga to`g`ri keladi. Insonning aynan u yoki bu yo`lni tanlashida hal qiluvchi rolni stimullar bajaradi. Demak, tanlashda, yo`nalishni aniqlashda, to`g`ri qaror qabul qilishda va kerakli yo`nalishda harakat qilishda stimullar yordamga keladi.

Ayni paytda zarur, ammo bajarish istagi kam bo`lgan stimullarni tanlash o`quvchidan katta kuch va sabotni talab etadi. Bu juda qiyn jarayon bo`lib, kichik bolalar u yoqda tursin kattalar ham buni bajarishga qiynaladilar. Ba’zan hissiyotlar aqldan ustunlik qiladi. SHunda o`quvchi ko`proq o`ziga jalb qilib turgan xulq-atvor yo`nalishini tanlash uchun bahona yoki chora izlaydi va uni topadi. Masalani yana to`g`ri tanlangan va qo`llanilgan stimullar hal etadi.

Ma’lumki, qo`zg`otuvchi motivlar aniq mavjud bo`lganda bizning xatti-harakatlarimiz g`ayratliroq va izchil bo`ladi. Ta’sir ko`rsata oladigan motivlashtirish ba’zan o`quvchilar xatti-harakatlariga shu darajada ijobiy ta’sir ko`rsatadiki, birinchi qarashda bu kutilmagan natijaga o`xshab ko`rinadi. Motivlashtirish o`quvchilarni turli darajadagi xatti-harakatlarni bajarishga undaydi. Natijada turli shart-sharoitlarda turli xildagi motivlashtirish, turli xildagi o`zlashtirish ko`rsatgichlariga olib keladi.

Motivlashtirish yutuqlarga erishishning zarur sharti sifatida g`arb psixologlari tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Taniqli psixolog D.Karnegi ta’kidlaganidek, dunyoda odamlarni nimadir qilishga undaydigan birgina usul bor. Mohiyatan bu usul odamni nimadir qilishni istashga majburlash demakdir. Mashhur amerikalik faylasuf va pedagog D.Dyuining fikriga ko`ra, inson tabiatiga xos bo`lgan eng asosiy intilish – bu “ahamiyatli – qadrli bo`lish istagi”dir.

Kichik maktab yoshi davrida faoliyatni va xulq-atvorni motivlashtirish o`ziga xos xususiyatlarga ega. “Bolalar nimani yaxshi ko`rishadi va nimani istashadi?” degan savolga S.T.Shatskiy shunday javob beradi:


  1. Bolalarda til topishish instinkti kuchli rivojlangan, ular bir-birlari bilan tezda tanishib oladilar – o`yinlar, hikoyalar, o`zaro gap sotish, lofchilik kabilar ana shunday instinkning belgilaridir.

  2. Bolalar tabiatan mohir tadqiqotchi. Ulardagi tez qo`zg`aluvchanlik, oxiri ko`rinmaydigan savollar, hamma narsaga tegib ko`rish, ushlab ko`rish, tatib ko`rishga intilish sababi ana shunda.

  3. Bolalar o`zini ko`rsatib turgisi keladi, o`zi haqida, o`z taassurotlari haqida gapirgisi, o`rtoqlashgisi keladi. O`z menligini tez-tez namoyish etib turishi ana shundan. Uning fantaziyalari va tasavvurlari boy bo`ladi – bu bolalar ijodkorligi instinktidir.

  4. Bolalar hech narsadan bir narsa yaratishni, qandaydir g`ayrioddiy narsalarni to`qib chiqarishni yaxshi ko`rishadi.

  5. Bolalarda xarakterning shakllanishida taqlidchanlik instinkti katta rol o`ynaydi.4

Shularni yaxshi tushunib olsak, tashqaridan olib kiriladigan soxta stimullarni qidirib yurishimizga to`g`ri kelmaydi. Chunki barcha samarali stimullarni bola tabiatining o`zidanoq topish mumkin. O`qituvchilarning barcha xato va kamchiliklari ularning o`quvchi xulq-atvorining haqiqiy motivlarini bilmaslikdan, u yoki bu xatti-harakatlarga yuzaki baho berishdan kelib chiqadi. Stimullashtirish sohasida o`quvchilarni o`rganish yangicha mazmun kasb etmoqda. Bugungi kunda mos stimullarni qidirib topish va to`g`ri qo`llash maqsadida o`quvchilarni o`rganish talab etilmoqda.


Download 80,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish