Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni


Mustaqillik yillarida O’zbekistonda geografiyaning taraqqiyoti



Download 1,51 Mb.
bet7/144
Sana12.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#336771
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   144
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fan (1)

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda geografiyaning taraqqiyoti. Insoniyat madaniyati, fani tarixida O’zbekiston muhim o’rin egallaydi. Madaniy va ma’rifiy merosga boy xalqimiz (zaminimiz) butun dunyoda ijtimoiy jarayonlarga ham ta’sir o’tkazib kelgan. O’zbekiston o’z davlat mustaqilligini e’lon qilib, ijtimoiy hayotinig barcha jabhalarida tub demokratik islohotlarni amalga oshirar ekan fan, ta’lim va madaniyat sohasida ham o’z istiqlol yo’lini belgilab olgan. Geograflarimiz ham davr bilan hamnafas holda o’z tadqiqot ob’ektlari qamrovini kengaytirib, ulkan siyosiy, iqtisodiy ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Bugungi geografiya ma’lumotlar yig`uvchi tasviriy fandan turli-tuman tabiiy, iqtisodiy, siyosiy ma’lumotlar asosida ilmiy xulosalar chiqaruvchi, umumlashmalar yaratuvchi, ilmiy bashorat qiluvchi fanga aylangan. U ayni paytda tabiiy, xo’jalik va aholining hududiy komplekslari, ya’ni geografik tizimlarni (sistemalarni) har tomonlama tadqiq etuvchi fundamental fandir.

Hozirgi vaqtda geografik bilimlarsiz tabiatdan, uning boyliklaridan oqilona foydalanib bo’lmaydi. Insonning tabiatni o’zgartirishida, uning boyliklaridan foydalanishida yo’l qo’yilgan xatolari zaminida ko’pincha geografik qonuniyatlardan bexabarlik yoki ularga amal qilmaslik yotadi. Ayniqsa, tabiatni muhofaza qilish ishida geografik bilimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish kuchlarini hududiy to’g`ri tashkil qilish, chet ellar bilan iqtisodiy, siyosiy va boshqa aloqalarni oqilona yo’lga qo’yish masalalari ham geografiyada markaziy o’rin tutadi. Aholi geografiyasi masalalari va demografik muammolarni to’g`ri hal qilish ham ko’p jihatdan geografik bilimlarga asoslanadi.

Milliy istiqlol sharofati bilan O’zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-iqtisodiy islohotlar fan sohalarida, shu jumladan geografiyada ham mutanosib o’zgarishlarni talab etmoqda. Bugungi kunda rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti hamda mamlakatshunoslik yo’nalishlari bilan bir qatorda zamon talablariga javob bera oluvchi harbiy-siyosiy geografiyani, bozorlar geografiyasini, turizm geografiyasini, tibbiyot geografiyasini va shunga o’xshash yo’nalishlarni rivojlantirishni ham talab qilmoqda.

O’zbekiston mustaqillikka erishgach (31.VIII.1991) respublikada fan taraqqiyotida ham yangilanish boshlandi. Bugungi kunda O’zbekistonda o’z safiga 20 dan ziyod fan doktori va 150 dan ortiq fan nomzodlarini birlashtirgan geograflar faoliyat ko’rsatmoqda. Ular qatorida Z.M.Akromov karvonboshilik qilgan qishloq xo’jaligi geografiyasi muammolari bilan shug`ullanuvchi iqtisodiy geograflar, A.Soliev boshchiligidagi shaharshunoslar, M.Qoraxonov etakchilik qilgan demograflar, A.A.Rafikov boshchilik qilgan meliorativ geografiya, T.Mirzaliev etakchiligidagi atlas xaritagrafiyasi maktablari vakillari faol mehnat qilmoqdalar.

Hozirgi mustaqillik davrida O’zbekiston hududini mukammal o’rganib, yer kadastirni yuqori sifatli qilib tuzishda va shu ishlar asosida xalq xo’jaligi tarmoqlarini ilmiy asosda tashkil etish, joylashtirish va boshqarishda geografiya fanining ahamiyati va geograflarimiz vazifasi kattadir. Bundan tashqari geograflarimiz O’zbekistonda ishlab chiqilib, qabul qilingan quyidagi ustivor fan yo’nalishlari dasturi asosida ham faol izlanishlar olib bormoqdalar.



  1. Ma’rifat va ma’naviyat dasturi. Yuksak ma’naviyat har qanday vaziyatda ham jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bo’lgan. Ma’naviy jihatdan qashshoqlashgan jamiyat buyuk porloq istiqbolga ega bo’la olmaydi.

Mustaqil O’zbekiston o’ziga xos taraqqiyot yo’lidan borayotgan hozirgi davrda totalitar tuzumdan meros bo’lib qolgan ma’naviy inqirozga xotima yasash, xalqning dunyoqarashini, etiqodini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida rivojlantirish kechiktirib bo’lmaydigan muhim vazifadir. Bu sohada O’zbekiston hududini geografik jihatdan o’rgangan mahalliy geograflar ishlarini ko’rsatish, tahlil qilish katta ahamiyat kasb etadi.

2. APK (agrosanoat majmuasi) dasturi.

3. Energetika dasturi. Energetika (neft, gaz, ko’mir qazib olish, elektroenergiya ishlab chiqarish) iqtisodiyatimizning asosidir.

O’zbekistonda hozir energetika industriyasi poydevori yaratildi.

4. Xalqning sog`lig`ini saqlash dasturi.

5. O’zbekiston cho’l mintaqasini kompleks o’rganish dasturi.

O’zbekistondagi 29 mln. gektardan ortiq cho’l hududi to’liq o’rganilmagan, uni iqtisodiyotimizga xizmat qildirishimiz kerak. Cho’lni o’rganish bo’yicha xalqaro markazlar tuzilishi ko’zda tutilmoqda.

6.Fundamental fan dasturi. Geografiya sohasida istiqbolli fundamental izlanishlarga e’tibor qaratilishi lozim. Bular quyidagilardir:

a) O’zbekiston geograflari uchun asosiy muammo –bu atrof muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan oqilona foydalanish.

b) Echilishi zarur bo’lgan geografik muammolardan biri ekologik xavfsizlikni ta’minlash muammosi.

v) Cho’llashish va tabiatning degradastiyasini (cho’llar maydonining kengayib borishi, tabiiy muhitning o’zgarishini) o’rganish va oldini olish.

g) Tog`li va tekislik hududlar muammolarini har tomonlama tadqiq etish va hal qilish.

d) Ko’chmas mulk kadastrini tuzish. Bunda geograflarning faol qatnashishini ta’minlash. Ma’lumki, «Kadastr» (franstuzcha kadastre-aholini ro’yxatga olish) voqelikning miqdoriy,sifatiy hamda tasviriy jihatdan bir vaqtning o’zida ifodalanishi bo’lib, bozor iqtisodiyoti munosabatlarida muvafaqqiyatning muhim tamoyillaridan biridir. Shu bois ham kadastr tuzish masalasi puxta tayyorgarlikni, intelektual etuklik va teranlikni, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarini, ularning yo’nalishini ko’ra bilishni taqazo qiladi. Bu vazifani hal etishda fanning barcha sohalari vakillari bilan bir qatorda geograflarimiz faol ishtirok etishlari lozim.

e) Aholining davolanishi, dam olishi va turistik sayyohatlarini tashkil qilish muammosi.

Mustaqillik O’zbekiston geograflariga xalqaro ilmiy aloqalarni kuchaytirish imkonini berdi. Geograflarimiz ham jahon fani integrastiyasida faol ishtirok eta boshladilar. Evropa Hamdo’stligi mamlakatlari komissiyasi qoshida tashkil etilgan TEMPUS-TASIS loyihasida bir qator mustaqil davlatlar bilan ilmiy aloqa o’rnatish dasturi tuzilgan va chop etilgan. Bunday dastur O’zbekiston uchun ham mavjuddir. O’zbekiston Respublikasi uchun mo’ljallangan loyihada Evropa Parlamenti komissiyasi bilan hamkorlikda bir qator yo’nalishlarda, jumladan geografiya, geologiya, atrof-muhit, tabiiy resurslarni boshqarish, turizm iqtisodiyoti, o’qituvchilar malakasini oshirish sohalarida O’zbekiston, Belgiya va Italiya oliy o’kuv yurtlari o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida har uchchala tomon urbanizastiya, turizm, landshaft ekologiyasi va tabiatni muhofaza qilish kabi masalalarga oid ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Olimlarimizning AQSh, Franstiya, Belgiya, Rossiya, Xitoy kabi qator davlatlar bilan global ekologik o’zgarishlarni tadqiq etish borasida hamkorikdagi ilmiy izlanishlari mustaqilligimizning muhim yutug`i hisoblanadi.

Mamlakatimizda hozirgi zamon geografiyasining rivojlanishida, geografiya ta’limida, geograf mutaxassislar tayyorlashda Mirzo Ulug`gbek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti geograflarining qo’shgan hissasi beqiyosdir.

Universitetimiz tabiiy geograflari tabiat bilan jamiyatning o’zaro ta’siri va uning oqibatlarini, mamlakatimiz tekislik va tog`lik geografik tizimlarining barqarorligi hamda o’zgaruvchanligini bashoratlash, tabiatdan foydalanishning ekologik-geografik asoslarini ishlab chiqish bilan shug`ullanadirlar. Bu bilan O’zbekastonda amaliy geografiyaga asos solindi.

XX asrning ikkinchi yarmida fan, texnika taraqqiyotining xalq xo’jaligining jadal rivojlanishiga ta’siri oqbatida butun sayyoramizda ro’y berganidek respublikamizda ham geoekolgik vaziyatlarda o’zgarishlar ro’y bera boshladi. Ayinqsa Orol dengizi va va uning atrofdagi hududlarda geoekologik vaziyat, paxta monokulturasi tufayli qishloq xo’jalik hududlarida ekologik sharoit yomonlashdi. Geograflar oldida bu muammolarni tadqiq etish masalasi paydo bo’ldi. Ekologik sharoit yomonlashgan hududlarga universitet geograflari O’zFA Geografiya bo’limi bilan birgalikda bir qancha ekspedistiyalar uyushtirib, bu masalalar tadqiq etildi, muhim natijalarga erishildi (A.A.Rafiqov, 1997). Geoekologik muvozanat, geoekologik muammolarning tarkib topishi va echimi, geoekologik muammolar echimining ilmiy asoslari kabi masalalar tadqiq etildi. Respublikamizning ekologik xaritalari yaratildi.

O’zekistonda tog`-kon sanoatining rivojlanishi, uning tabiiy landshaftlarga ta’siri va tog`-kon landshaftlarining tarkib topishini baholash va bashorat qilish, landshaftlar rekultivastiyasining tabiiy geografik asoslari tadqiqi bilan Vahobov H. shug`ullandi (2001). Hozirgi vaqtda bu sohadagi ishlar davom ettirilmoqda. Bu tadqiqotlar natijasida tog`-kon sanoati landshaftlarining zonallik qonuniyatiga muvofiq tarkib topishi va rivojlanishi aniqlandi, tog`-kon sanoati landshaftlarining tarkib topishini va o’zgarishini bashorat qilishni o’rganishga injenerlik-geografik yondashish ishlab chiqildi, tog`-kon sanoati landshaftlari tasniflandi, O’zbekistonni rekultivastiya nuqtai nazaridan rayonlashtirish amalga oshirildi.

O’zbekiston hududida tarqalgan karst jarayonlari o’rganilib, ularning turlari aniqlandi, g`orlar katalogi tuzildi, g`orlardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi (Mamatqulov M. 1991).

Har bir fanni, shu jumladan geografiyaning ham, chuqur o’rganishda uning termin va tushunchalarini bilish zarur. O’zbekcha geografik termin va tushunchalarni universitetimizda tadqiq etish H.H.Hasanov va N.D,Dolimov tadqiqotlari bilan boshlangan. H.H.Hasanov toponimikaning rivojiga ham juda katta hissa qo’shgan olim. Hozirgi vaqtda uning bu sohadagi ishlarini shogirdlari va o’quvchilari S.Qoraev, P.G`ulomov, M.Mirakmalov, Q.Saidniyozovlar davom ettirishmoqda. Geografiyadan termini va tushunchalarning izohli lug`ati yaratildi.

Iqtisodiy geografik tadqiqotlar ham XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yangi bosqichga ko’tarildi va bevosita xo’jalik ehtiyojlari bilan bog`liq bo’lgan amaliy mazmunga yo’naltirildi. Bunda Z.M,Akromov va uning shogirdlari K.Abirqulov, I.Safarov, T.Egamberdiev, S.Saidkarimov, A.Ro’ziev va boshqalar yer resurslarini qishloq xo’jaligi maqsadlarida rayonlashtirish bilan shug`ullanishdi. O’zbekiston yer boyliklaridan qishloq xo’jaligida foydalanish xaritasi yaratildi.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy yo’nalishi bo’lgan aholi geografiyasi va u bilan bog`liq bo’lgan masalalar eng dolzarb masalalar hisoblanadi. Bu sohadagi ishlar orasida universitet geograflari M.Q.Qoraxnov, O.B.Otamirzaev, T.I.Raimov, A.S.Soliev, M.Bo’rieva tadqiqotlari diqqatga sazavordir. Bu tadqiqotlar O’rta Osiyo, xususan O’zbekistonda aholi joylashishining ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va geografik omillarini o’rganishga va tahlil qilishga, aholi joylashishining istiqboldagi yo’nalishini bashorat qilishga, aholi joylashishining respublikamizga xos bo’lgan regional va tipologik xususiyatlarini aniqlashga, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning muammo masalalarini ochib berishga, O’rta Osiyo va respubliakamizda aholi joylashishi va urbanizastiyaning kelajakdagi rivojlanishining bashorati g`oyalarini ishlab chiqishga qaratildi. Bu borada katttagina yutuqlarga erishildi.

O’zbekiston siyosiy mustaqillikka erishgandan so’ng xalq xo’jaligini qayta qurish va rivojlantirish, tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqa hamda munosabatlarni yangi siyosiy va iqtisodiy sharoitga mos qilib o’zgartirish vazifasi yuzaga keldi. Bu hol iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, aholi geografiyasi, demografiya oldiga yangi vazifalarni qo’ydi. Iqtisodiy geografiya va mintaqaviy iqtisodiyot, iqtisodiy rayonlashtirish va mintaqaviy siyosat, shaharlar geografiyasi hamda urbanizastiya muammolari chuqur tadqiq etilyapti (Soliev A.S. va boshq.2003).

Milliy universitet geograflari respublikamizda geografiya ta’limining ravnaqiga ham salmoqli hissa qo’shib kelmoqdalar.

Universitetimizning jadid ziyoli tashkilotchilaridan biri bo’lgan Munavvar qori Abdurashndxon o’g`li geografiyani rivojlantirish jonkuyarlaridan biri bo’lgan. U universitet ochilishidan oldinroq o’zining geografik ishi–«Er yuzi» risolasini 1915 yilda nashr qilgan. Mazkur risola o’sha davrda mavjud bo’lgan geografiyadan o’quv qo’llanmalari orasida eng mukammali bo’lib, 1928 yilgacha darslik o’rnida qo’llanib kelgan. Sho’rolar davrida o’zbek tili va adabiyotidan boshqa asosiy o’quv dasturlari, qo’llanmalari va darsliklar nashr etish markazlavshtirilgan bo’lib, respublikamizda juda zarurlari o’zbek tiliga tarjima qilinar edi. Shunga qaramasdan universitetimiz geograf olimlari O’zbekistonda geografiya ta’limini rivojlantirishga, metodik adabiyotlar, darslik va o’kuv qo’llanmalari, o’quv xaritalari, atlaslari, terminologik lug`atlar yaratishga munosib hissa qo’shishdi

Bu sohada N.D.Dolimov, H.H.Hasanov, Z.M.Akromov, L.N.Babushkin, N.A.Kogay, V.L.Shulst , P.N.G`ulomov, Sh.S.Zokirov, R.U.Rahimbekov, A.A.Rafikov, A.S.Soliev, A.F.Rasulov, F.Hikmatov, H.Vahobov, R.Y.Mahamadaliev xizmatlarini alohida qayd qilib o’tish mumkin.

DolimovN.D o’zining geografiya ta’limi sohasidagi ishini 1940 yillardan boshlagan. U 1950 yildan geografiya ta’limida muhim o’rin tutuvchi geografik terminlarni tadqiq qilishni boshladi, 1953 yilda o’sha vaqtdagi eng mukammal geografiya terminlarining ruscha-o’zbekcha lug`atining mualliflaridan biri bo’lgan. Oliy maktablar uchun S.V.Kalesnikning «Umumiy er bilimi qisqa kursi», A.A.Polovinkinning «Umumiy tabiiy geografiya» darsliklarini o’zbek tiliga tarjima qilishda ishtirok etgan, «O’zbekiston geografiyasi», «O’zbekistonning tabiiy geografiyasi» darsliklari muallifidir.

H.H.Hasanov O’rta Osiyolik o’rta asr olimlarining geografik merosini yuksaklikka olib chiqib, o’nlab geograf va sayyohlarni biz uchun kashf etish bilan birga butun umrini geografiya fani va ta’limiga bag`ishladi. Hamidulla Hasanovning «O’rta Osiyolik geograf va sayyohlar» (1964), «O’rta Osiyo tarixi nomlari tarixidan» (1965), «Sayyoh olimlar» (1981), «Er tili»(1977), «Gegrafik nomlarning siri» (1985) asarlarining har biri talabalar uchun o’quv qo’llanma bo’ladi. H.H.Hsasanov geografik terminologiya sohasida ham tadqiqot olib borgan. Uning «Gegrafiya terminlari lug`ati» (1964) o’sha vaqtdagi eng mukammal lug`at bo’ldi. H.H.Hasanov o’zbek tilida chop etilgan birinchi «Geografiya o’qitish metodikasi» kitobining tarjimoni bo’lgan. Ustoz geografiya o’qitish metodikasidan talabarlaga dars berar ekan hozirgi vaqtda no’ananaviy uslub deb atalgan «rollarni bajarish», «muammoli darslar», «mavzuli axborotlar», «xarita bo’ylab sayyoxat», «xaritalar asosida tavsif tuzish» kabi metodlarni birinchilardan bo’lib qo’llagan.

Z.M.Akromov iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, geografik ekologiya, tabiat muhofazasi, tabiiy resurslardan to’g`ri foydalanish sohasida ish olib bordi. Uning hamkorlikda yozgan O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi darsligi umumiy ta’lim maktablarida 20 yil mobaynida muqim darslik sifatida qo’llanib keldi.

L.N.Babushkin va N.A.Kogay oliy o’quv yurti talabalari uchun «O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi» (rus tilida ikki qism), L.N.Babushkin «O’rta Osiyo iqlimi» (rus tilida) o’quv qo’llanmalarini yozishgan. Universitet talabalari uchun Tabiiy geografiya va landshaftshunoslikdan Sh.S.Zokirovning «Landshaftshunoslik asoslari» (1994), «Antropogen va amaliy landshaftshunoslik» (1998) va «Kichik hududlar tabiiy geografiyasi» (1999) o’quv qo’llanmalarini, P.N.G`ulomovning «Geografiya va tabiatdan foydalanish» (1985), «Geografiyadan qisqacha ruscha-o’zbekcha atamalar va tushunchalar izohli lug`ati» (1994), «O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi» (hammualliflikda, 2002), R.U.Rahimbekovning «Otechestvennaya ekologo-geograficheskaya shkola: Istoriya eyo formirovaniya i razvitiya» (1995), o’quv qo’llanmalari nashr etildi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, mintaqaviy iqtisodiyot sohasida ham qator o’quv qo’llanmalari nashr qilindi va ta’limga tadbiq etildi. A.S.Soliev va R.Y. Mahamadalievning «Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari» (1999), «Iqtisodiy va sostial geografiyaning asosiy muammolari» (2002) shular jumlasidandir.

Gidrolog talabalar uchun ham hozirgi zamon talablariga javob beradigan bir qancha o’quv qo’llanmalari nashr etildi: A.R.Rasulov va F.H.Xikmatovning «Umumiy gidrologiya» (1995), F.H.Hikmatov Z.S.Sirlibaeva, D.P.Aytboevlarning «Ko’llar va suv omborlari» (2000), F.H. Hikmatov va D.P.Aytboevning «Ko’lshunoslik» (2002) , «Umumiy gidrologiya» (2003) darslik, o’quv qo’llanmalari va b.

O’zbekistonda geograflar, xususan O’zMU geograflari sa’y-harakati bilan mustaqillik yillari O’zbekistonning ekologik, tabiiy, siyosiy-ma’muriy, iqtisodiy, aholi, iqlim xaritalari, O’zbekiston geografik atlasi (1999, 2000, 2001, 2002), 4-9-sinflar uchun o’quv geografik atlaslari, yozuvsiz xaritalar to’plamlari nashr etildi. Geografik xaritalar va o’quv atlaslarining nashrga tayyorlashda T.M. Mirzaliev, Z.M.Akromov, A.A.Rafikov, A.E.Egamberdiev, A.S.Soliev, P.N.G`ulomov, H.Vohobov, A.S.Soatov xizmatlarini alohida qayd qilib o’tish joiz.

O’zbekistonda hozirgi zamon geografiyasining rivojlanishida O’zbekiston Milliy universiteti geograflari bilan birga O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi qoshidagi Geografiya bo’limi olimlarining ham hissasi kattadir. Mamlakatimizda geografiya sohasidagi yagona etuk ilmiy tekshirish muassasasi bo’lgan bu bo’limning olimlari. O’zbekistonning tabiiy muhiti va resurslarini yirik xalq xo’jaligi tadbirlari ta’sirida o’zgarishini va uning oqibatlarini, majmuali geografik bashoratlashning ilmiy asoslarini va atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishning geografik asoslarini ishlab chiqishda hamda fundamental kompleks ilmiy-ma’lumotnoma bo’lgan mavzuli atlas va xaritalar yaratishda ancha ishlarni bajarishdi.




Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish