Zarafshon tog` oraligi botig`i Nurota va Zarafshon tog` tizmalari oralig`ida joylashgan. U uch tomondan tog`lar bilan o’ralgan. Zarafshon botig`ining uzunligi 180 km.ga, kengligi 10-60 km.ga teng bo’lib, tubi shimoli-g`arbga tomon asta pasayib boradi. Botiqning mutlaq balandligi janubi-sharqida 720 m.ni, shimoli-g`arbida 280 m.ni tashkil etadi. Botiq g`arbda Hazora darasi orqali Qizilqum bilan tutashgan.
Zarafshon vodiysi botiqning o’rtasida joylashgan, kengligi 10-30 km. Eng katta maydonni qayirdan 7-10 m yuqorida joylashgan 2-terrasa egallaydi. 3-terrasaning 2-terrasadan balandligi 10-18 m keladigan tik jarliklar bilan ajralib turadi. Bu terrasa yuqori tomonida o’r-qir relyefli tog` oldi tekisliklari bilan asta-sekin qo’shilib ketadi. Botiqning sharqiy qismini Zarafshon daryosining konussimon yoyilmasi egallagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |