O’zbekiston tabiiy sharoitini qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan baholash
Obikor va bahorikor dehqonchilik, mevachilik hamda chorvachilik O’zbekistonda qishloq xo’jaligining asosiy yo’nalishlaridir. Har bir yo’nalish o’zinig rivojlanishi uchun ma’lum geoekologik muhitni talab qiladi. Joyning tabiiy omillari litologik, geomorfologik tuzilishi, iqlimi, yer usti va yer osti suvlari, landshaftlari xalq xo’jaligining ana shu yo’nalishlarining rivojlanishi uchun geoekologik muhitni hosil qiladi. Shu boisdan O’zbekiston hududini qishloq xo’jaligi nuqtai nazaridan baholaganda tabiiy sharoitning qulay-noqulayligi darajasini belgilaydigan, er yuzidagi tog` jinslari, relef, iqlim, suv va landshaft resurslarini uyg`unlikda tahlil qilish baholashning etakchi uslublaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |