Buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish 9-6 btus 20 guruh talabasi yuldosheva dilnozaning mustaqil ishi
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI MAKTABGACHA VA BOSHLANG`ICH TA`LIM FAKULTETI Boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish 9-6 BTUS 20 guruh talabasi YULDOSHEVA DILNOZANING MUSTAQIL ISHI MAVZU: Egali va egasiz gaplar
Reja:
Eganing gapdagi mavqe‘si.
Eganing ifodalanishi.
Egali gaplar.
Egasiz gaplar.
Gapda biror so‘roqqa javob bo‘lgan va o‘zaro tobe bog‘langan so‘z yoki so‘z birikmasi gap bo‘lagi deyiladi. Gap bo‘laklarini belgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Shunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi:

Bosh bo‘lalar
Ikkinchi darajali bo‘laklar. Bosh bo‘laklarga ega va kesimdan iborat.
Eganing gapdagi mavqe‘si
Ega odatda kesim kesim esa ega orqali , bir-biriga nisbat berish bilan belgilanadi. Grammatik jihatdan ega boshqa bo‘laklarga nisbatan hokim vaziyatni egallaydi.
Ega – gapning bosh bo‘laklarida biri; gapni tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi.Ega fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatadi. Shu jihatdan kesim bilan o‘zaro yaqin bog‘langan.
Ega vazifasida kelgan so‘z egalik va ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qila oladi va bosh kelishik shaklida qo‘llanadi. U ko‘pincha ot, olmosh, otlashgan so‘z va so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Ega, asosan kesimdan oldin keladi; Bunday so‘z tartibi eganing grammatik belgilaridan biridir . Ba‘zan kesimdan keyin ishlatilishi ham mumkin; bu hodisa inversiya deyiladi. Ega ba‘zan birgina so‘zdan, ba‘zan esa bir necha so‘zdan, ya‘ni sintaktik birlikdan iborat bo‘ladi. Masalan: