Buxoro davlat universiteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 9-4 MTS 20-guruh talabasi Giyosova Ferangizning Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlov fanidan tayyorlagan taqdimoti Mavzu: Oila-davlat va jamiyat ardoĝida Reja 1. Oila tinchligi-jamiyat farovonligi asosi 2. Oila- davlat himoyasida 3.Oila mustahkamligi
Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda anʼanalarimizdan ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat sanalgan. Binobarin, tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik mustahkam boʻlsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz juda yaxshi anglashgan
Shu bois ota-bobolarimiz oilaga juda katta eʼtibor bilan qarashgan. Buyuk allomalarimiz Mahmud Koshgʻariy, Ahmad Yugnakiy, Kaykovusdan tortib Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek va boshqalargacha oʻz asarlarida oilaviy masalalar, xususan, oila aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, bola tarbiyasida ota-ona, bobo-buvining oʻrni, komil va vatanparvar shaxsni yetishtirishda bu muhim ijtimoiy institutning roliga alohida yondashib, ibratli hikoyatlar, rivoyatlar, farzandlarga maktublar, hikmatli soʻzlar, sheʼriy satrlar orqali pand-nasihatlar, hayotiy xulosalar yozib qoldirganlar.
Mahmudxoʻja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi maʼrifatparvarlarimiz ham odob-axloqi goʻzal, jismonan va maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashning yagona yoʻli — barqaror oila qurish ekanini, oilani mustahkamlamasdan davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib boʻlmasligini taʼkidlashgan.
Bugungi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham Oʻzbekiston oʻz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb bilayotgani yuqoridagi anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Oʻz navbatida, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy, namunali oila mezonlarini belgilash hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy prinsipini keng targʻib etish va jamiyatga singdirish masalalariga kompleks yondashish faoliyatimizda ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Xususan, oilani mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, jamiyatda eng ibratli oilaviy anʼanalarni saqlab qolish hamda targʻibot qilish masalalari boʻyicha hududlarda qator fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borilayotir. Misol uchun, zamonaviy muvaffaqiyatli oila mezonlari qanday boʻlishi kerak, degan mavzuda respublikamizning turli viloyatlarida 800 dan ortiq oilalarda ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilib, yakuniy natijalar boʻyicha zamonaviy oilaning modeli ishlab chiqildi.
Tadqiqot oʻtkazilgan oilalar vakillarining fikrlariga koʻra, oiladagi sogʻlom va barqaror, osoyishta psixologik muhit; yuksak maʼnaviy-axloqiy tarbiya; yetarli darajadagi iqtisodiy va maishiy sharoitlar; oila aʼzolarining taʼlim yoʻnalishida oliy maʼlumotlilik darajasi; sihat-salomatlikka alohida eʼtibor qaratish zamonaviy namunali oilaning asosiy mezonlari qatoriga kiradi.
Oila – muqaddas qo`rg`on, oila – ma`naviy kamolot maskani va boshqa bir qancha so`z va iboralar bilan oilaning mavqeini belgilaymiz. Albatta, jamiyatda namunali oilalar talaygina. Namunali oila deganda, oilaviy munosabatlar ma`naviy mezonlar asosida qurilgan, yaхshi va aхloqli farzandlar tarbiyalagan, nurli, piru badavlat otaхon va onaхonalar ko`z oldimizga keladi. Ularning borligi boshqalar uchun ibrat maktabidir
Oila jamiyatning mustahkam poydevori bo’lib uning mustahkamligi, faravonligi, tinch-totuvligi jamiyat taraqqiyotining asosidir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “biz uchun muqaddas bo’lgan oila asoslarini yanada mustaxkamlash, xonadonlarda tinchlik xotirjamlik. ahillik va o’zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy - ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to’ldirishdan iborat bo’lmog’i zarur"
Oila sog‘lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqaror
Oilaning bir butunligini tashkil etayotgan er va хotin ma`nan boy, aqlan kamolga etgan bo`lsa, har qanday zararli ta`sirlarni oldindan ko`radi va oilasini himoya qila oladi. Ayni paytda, farzandlar tarbiyasiga ham shu mezonlardan turib yondashadi.
Oila mustahkamligini ta`minlashda tajribali, ko`pni ko`rgan otaхon va onaхonlar o`giti, purma`no nasihatlari, ularning ibratli hayot tarzi ham muhim o`rin tutadi. Shu jihatdan olganda, jamiyatda yuzaga kelayotgan yangi oilalarga ular turmushi ibrat bo`lsa, tajribasidan o`rganishsa, o`ylaymizki, oila yanada mustahkam va voyaga etayotgan farzandlar tarbiyali bo`ladi. Binobarin, oila qo`rg`oni ma`naviy yetuklik va boy tajriba asosida yanada mustahkamlanib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |