Musobaqalar davomida kotibiyatning ish tartibi
Musobaqalar boshlanishidan avval har kuni e’lonlar taxtasiga mazkur smena uchun qaydnomalar va jadval osiladi. Qur’a tashlash boshlanguniga qadar vakillar tomonidan talabnomalarga kiritilgan o’zgarishlar aniqlik kiritish deb qaralishi lozim. Agar Nizom talablari buzilmagan bo’lsa, u holda qo’shimcha talabnomalar “qayta” talabnomalar qabul qilinadi, ishchi qaydnomalarga o’zgarishlar kiritiladi.
NA’MUNA
“TASDIQLAYMAN”
O’zbekiston Respublikasi
Jismoniy tarbiya va sport
vazirining birinchi o’rinbosari
«____» _________ 20__y.
2006-2007 yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida yopiq binoda yengil atletika bo’yicha
O’zbekiston Kubogi va O’zbekiston Respublikasi birinchiligi to’g’risida NIZOM
I.Maqsad va vazifalari.
- O’zbekiston Respublikasi xududlarida yengil atletika holatini aniqlash.
- Xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun O’zbekiston Respublikasi terma jamoasini shakllantirishga kuchli sportchilarni saralab olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |