Ishtirokchilarning varaqalariga ishlov berish guruhi
- yakuniy qaydnomalarni bosmadan chiqarish uchun olingan varaqalarga to’la ishlov berish bilan shug’ullanadi;
- ishchi qaydnomalardagi natijalarni ishtirokchilarning shaxsiy varaqalariga ko’chirishni amalga oshiradi;
- ko’rsatilgan natija qaysi razryadga muvofiqligini belgilaydi;
- dasturning ushbu turida ishtirokchi egallagan o’rinni belgilaydi;
- natijani ochkolarda baholaydi (jumladan, rag’batlantiruvchi ochkolarni);
- shamol tezligini ko’rsatadi;
- ishtirokchilarning varaqalarini jamoaviy natijalar guruhiga yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |