Buxoro davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti "tasdiqlayman"



Download 56,23 Kb.
bet2/7
Sana02.03.2023
Hajmi56,23 Kb.
#915846
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2022 2023 I sem 1 kurs kechki Gim MTI Mustaqil ish ko\'rsatma

USLUBIY KO‘RSATMA
“Ta’lim to’g’risida” gi Qonun (yangi tahrirda) chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlangan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan o‘z malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondashgan holda muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tadbiq qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq mustaqil o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi.
“Gimnastikani o’rgatish metodikasi”fani bo‘yicha talabaning mustaqil ishi (TMI) – fan dasturida belgilangan ko‘nikma va malakalarning ma’lum qismi talaba tomonidan fan o‘qituvchisi tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan tizimli faoliyat hisoblanadi.
O‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarining oliy ta’lim talablarga ko‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida o‘z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi manbadan qanday qilib topish, ularni taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solib konspektlashtirish, o‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri baxolash, ular uchun katta muammo hisoblanadi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruxan tayyor bo‘lishmaydi. Shuning uchun xar bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va amaliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdankursga murakkablashib, kengayib borishini xisobga olgan xolda ularning tashabbuskorlik rolini oshirib borish zarur. SHunda mustaqil ta’limga ko‘nika boshlagan talaba o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb xisoblagan qo‘shimcha bilimlarini mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.
Gimnastikani o’rgatish metodikasi” fani bo‘yicha TMI shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim:
- o‘qish bosqichi;
- Gimnastikani o’rgatish metodikasi fanining o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;
- talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi;
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrga ko‘nikmalar xosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o‘rgatib borish kerak bo‘ladi.
TMIni tashkil etishda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini xisobga olgan xolda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
- Gimnastikani o’rgatish metodikasi ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlar yordamida mustaqil o‘zlashtirish, axborot manbalari bilan ishlash; ma’ruza va amaliy, mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish;
- ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;
- Gimnastikani o’rgatish metodikasi fani doirasida mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;
- tezis va ma’ruzalar tayyorlash;
- amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;
- uy vazifalarini bajarish va boshqalar.
Gimnastikani o’rgatish metodikasi fani xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustaxkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilishi kerak.

Download 56,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish