SILLIQ MUSHAKLARNING QISQARISHI - Qisqarish aktin iplarining miozin iplariga nisbatan sirpanishiga bog’liq. Ammo, bu sirpanishning va ATF parchalanishining tezligi ko’ndalang-targ’il mushaklardagiga qaraganda 100-1000 marta kam. Shu tufayli, silliq mushaklar charchamasdan uzoq va turg’un qisqarishga moslashgan. Shu bilan birga, bir xil ko’ndalang kesimga ega silliq va targ’il mushaklar hosil qiladigan tortish tarangligi teng darajada bo’ladi (30-40 Nsm2) va ular bir xil og’irlikdagi yukni ko’tara oladilar. Ammo, silliq mushak shu sharoitda targ’il mushakka nisbatan 100-500 marta energiyani kam sarflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |