SILLIQ MUSHAKLARNING PLASTIKLIK XUSUSIYATI - Silliq mushaklarning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri ularning plastik xususiyatga egaligidir, ya’ni ma’lum chegarada cho’zilsa ham tarangligini o’zgartirmaydi. O’t-safro va qovuq faoliyatlari uchun plastiklikning ahamiyati juda katta. O’t-safro va siydik jigar va buyraklarda uzluksiz ishlab chiqarilib, O’t pufagi va qovuqda to’planadi. Suyuqlik hajmining ko’payishi silliq mushaklarni cho’zadi, ammo ularning tarangligi o’zgarmasligi sababli, pufaklarda bosim ko’tarilmaydi va ularning bo’shashini ta’minlovchi reflekslar ma’lum vaqtgacha so’nib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |