Ca2 ionlari ta’siri - Ca2 ionlari kalmodulin oqsillariga ta’sir qiladi, u esa, o’z navbatida, miozinning engil zanjirlaridagi kinazani faollashtiradi. Bu hollar ATF dagi fosfat guruhini miozinga o’tishiga olib keladi va qisqarishni (ko’prikchalarni ishga tushishini) chaqiradi. Mioplaz-madan Ca2 chiqarib tashlanganda (Ca2 mikdori 10-8 moll dan kam) fosfataza miozinni defosforillashtiradi va u aktin bilan bog’lanish qobiliyatini yo’qotadi. Kalstiy kanallarining faollashuvi va faol bo’lmagan holatga o’tishi uchun ko’p vaqt kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |