IPT- Aqliy hujum metodi
IAT vositasi- organayzer, grafik
Mustaqil ishni tashkil etishning
shakli va mazmuni
―Fan va texnika tarixi» fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va fanga doir o‘zlarida amaliy ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning hususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishga tavsiya etilad:
- seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik;
- darslik va o‘quv qo‘llanmalari bo‘yicha fan boblari va mavzularni o‘rganish;
- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- talabalarning o‘quv, ilmiy, tadqiqot ishlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
- faol va muammoli o‘qitish uslublaridan foydalanadigan o‘quv mashg‘ulotlari.
Tavsiya etiladigan mustaqil ish mavzulari:
1. Fan klassifikatsiyasini tuzish.
2. ― Qadimgi SHarqda ilmiy tafakkurning rivojlanishi « mavzuida esse yozish.
3. ―Qadimgi YUnonistonda fan» mavzuida internet yordamida ma’lumot tayyorlash.
4. ― Qadimgi Rimda fan « mavzuida intertnet materiallari asosida ma’lumot tayyorlash.
5. ―Cuqrot buyuk mutafakkir» mavzuida tarixiy badia tayyorlash.
6. ― Platon ulug‘ mutafakkir alloma « mavzuida maqola yozish.
7. ―Aristotel antik dunyoning universial aql egasi» mavzuida ilmiy ma’ruza tayyorlash.
8. Platon maktabiga kiruvchi allomalarning ro‘yxatini tuzish.
9. ―Qadimgi Xitoyda fan» mavzuida ilmiy referat tayyorlash.
10. ―Qadimgi Xindistonda fanning rivojlanishi» mavzuida referat yozish.
11. ―Islom Uyg‘onish davrida fan « davra suhbatiga tayyorgarlik.
12. ―Musulmon Uyg‘onish davrida o‘ziga xos xususiyatlari» mavzuida ma’ruza tayyorlash.
13. ― Baytul -Hikma « allomalari haqida biografik ma’lumotlar tuzish.
14. Ahmad al – Farg‘oniy haqida ma’lumotnoma tayyorlash.
15. Abu Nasr Farobiy haqida biografik maqola yozish.
16. Abu Rayxon Beruniy haqida referat yozish.
17. ―Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi» mavzuida O‘zbekiston tarixi muzeyidan ekspozitsiyalarni o‘rganish.
18. ―Abu Ali ibn Sino buyuk qomusiy alloma» mavzuida ilmiy maqola tayyorlash.
19. ―Imom al – Buxoriy buyuk muhaddis alloma mavzuida referat tayyorlash.
20. ―Burhoniddin Marg‘inoniy va O‘rta Osiyo fiqh maktabi» degan mavzuida ilmiy ma’ruza tayyorlash.
21. ―O‘rta Osiyoning buyuk mutasavvuflar va ularning ilmiy merosi» mavzuida ma’lumotnoma tayyorlash.
22. ―Evropada dastlabki universitetlarga asos solinishi» mavzuida davra suhbatiga tayyorgarlik.
23. ―Buyuk geografik kashfiyotlar va uning fanga ta’siri» mavzuida referat yozish.
24. ―N. Kopernik ulug‘ olim» mavzuida internet saytlari yordamida ilmiy ma’ruza tayyorlash.
25. ― T. Kampanella haqidagi adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.»
26. Foma Akvinskiy haqida biografik ma’lumotlarni to‘plash.
27. Evropada inkvizitsiya ta’qibiga uchragan olimlar haqida ma’lumot to‘plash.
28. Temur davrida yashagan allomalarning ro‘yxatini tuzish. (Temuriylar davlati tarixini o‘rganish muzeyi ekspozitsiyalari asosida).
29. Temur va temuriylar davrida yashagan tarixchi olimlar haqida ma’lumotnoma tayyorlash.
30. ―Mirzo Ulug‘bek va uning ilmiy maktabi» mavzusida ilmiy referat tayyorlash.
31. ―Alisher Navoiy ulug‘ mutafakkir» mavzuida esse yozish.
32. Zaxiriddin Muhammad Boburning ―Boburnoma» asari haqida kichik ilmiy tadqiqot tayyorlash.
33. ―XVII asr oxiri va XVIII asrda Evropada fanning rivoji» mavzuida referat tayyorlash.
34. ―XVII – XIX asrda O‘rta Osiyoda fan» mavzuida referat.
35. ―XX asr ilmiy texnika asri» mavzuida referat tayyorlash.
36. ―XX asrda O‘zbekistonda fan» mavzuida referat tayyorlash.
37. ―Mustaqil O‘zbekistonda fan» mavzuida referat tayyorlash.
38. ―O‘zMU ma’rifat o‘chog‘i» mavzuida esse yozish.
39. O‘zbekistonda Ma’mun akademiyasining 1000 yiligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlar haqida ma’lumot to‘plash.
Izoh: Fan ishchi dasturini shakllantirish jarayonida mazkur mashg‘ulot uchun ishchi o‘quv rejada ko‘rsatilgan soatlar hajmiga mos mavzular ro‘yxati shakllantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |