2.1. O`zbekistondagi Muqaddas Ziyoratgohlar
Shoshtepa — qadimiy arxeologik yodgorlik. Bu joyda miloddan avvalgi VI-IV asrlarda yashagan o'troq aholi turar-joylarining qoldiqlari topilgan. Miloddan avvalgi 11-1 asrlarda atrofi aylanma devor bilan o'rab olingan doira shaklidagi qal'a-qo'rg'on qad rostlagan. Qalinligi 4 metrli qo'rg'on devori yirik xom g'ishtlardan bunyod etilgan. Qo'rg'onda shaharsozlik madaniyatining asosiy belgisi hisoblangan hunarmandchilik rivojlangan. Arxeologik qazishmalar chog'ida o'sha davrga oid hunarmandchilikning noyob buyumlari topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |