BOB. DINIY TURIZM MOHIYATI VA AHAMIYATI
1.1.Diniy turizmining aholi turmush darajasini yuksaltirish va jamiyatning o‘zgarishiga ijobiy ta’sir
Biz diniy turizmining aholi turmush darajasini yuksaltirish va jamiyatning o‘zgarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish jihatini qo‘llab-quvvatlaymiz. Shuningdek, diniy turizmining barqaror rivojlanishi butun dunyo bo‘ylab madaniy va insonparvarlik aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyatga ega ekanligini e’tirof etamiz. Biz axborot texnologiyalarining Ziyorat turizmiga, ayniqsa reklama, marketing, turizm mahsulotlarini differentsiatsiya qilish va ixtisoslashtirish sohasiga o‘zgarishlar olib kirishini alohida ta’kidlaymiz. Bundan tashqari, Ziyorat turizmi shaxslarning individual o‘sishi hamda asosiy ijtimoiy normalar va milliy qadriyatlarni mustahkamlashiga qat’iy ishonishimizni yana bir bor ta’kidlaymiz.
Biz quyidagi qoidalar asosidagi kelishuvimizni tasdiqlaymiz:
1. Xavfsizlik, turistlarni himoya qilish va ularning qadr-qimmatini hurmat qilish turizmni rivojlantirishning zaruriy shartlaridandir. Sayohatni yengillashtirish, turistlarning safarlari va turar-joylari, ularning xavfsizligi va himoyasini ta’minlash bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Xalqaro reyting agentliklari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, O‘zbekiston xavfsizlik va baxtiyorlik reytingida dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichga ega besh davlat qatoriga kiradi.
2. O‘zbekiston aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etuvchi, turli e’tiqod va madaniyatlar vakillari tinchlik va o‘zaro hurmat muhitida yashaydigan dunyoviy davlatdir. O‘zbekiston ko‘p asrlik bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlik an’analari bilan maqtana oladi. Ko‘pchilik etnik va diniy xilma-xillikni Buyuk Ipak yo‘lining madaniyat va sivilizatsiyalar o‘chog‘i sifatidagi merosi deb tan oladi. O‘zbekiston 2018 yil 12 dekabrda BMTning Bosh Assambleyasida “Ma’naviy va diniy bag‘rikenglik” to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi.
3. Ziyorat turizmining markazlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston ma’naviy islomning haqiqiy qadriyatlarini targ‘ib qilish hamda islomning qonuniy, ilmiy, uslubiy va falsafiy asoslarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
4. O‘zbekistonning yuzlab madaniy va tarixiy obidalari UNESCOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga olingan bo‘lib, yosh avlod qalbida O‘zbekistonning bebaho tarixiy merosi, milliyligi va yuksak ma‘naviyatiga hurmat tuyg‘usini kuchaytirishga yordam beradi.
5. Milodiy 644-646 yillarda yozilgan Xalifa Usmon Qur’oni (Mus’haf) kitobi musulmon madaniyatining ko‘p asrlik madaniy va tarixiy merosining muhim va noyob manbasi sifatida e’tirof etiladi. Toshkent shahridagi “Mo‘yi-Mubarak” madrasasining maxsus xonasida saqlanayotgan Xalifa Usmon Mus’hafi butun dunyodan kelgan olimlar, din arboblari, ziyoratchilar va turistlarni o‘ziga tortib kelmoqda.
6. Jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning boy tarixi, noyob ilmiy va ma‘naviy merosi hamda mamlakatimizning jahonga mashhur tarixiy shaharlariga butun dunyodan turistlarni islom va boshqa sivilizatsiya markazlariga ziyorat qilishga chorlaydi.
7. Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Abu Mansur Al-Moturidiy, Bahouddin Naqshbandiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abu Ali Ibn Sino, Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Mirzo Ulug‘bek, Shamsuddin As-Samarqandiy kabi olim va mutafakkirlarning tarixiy me’rosi va boshqa ko‘plab olimlar va O‘zbekistonning muqaddas so‘fiylari butun insoniyatning mulki hisoblanadi va millionlab turistlarni O‘zbekistonga tashrif buyurishga undaydi.
8. O‘zbekiston Ziyorat turizmini rivojlantirish orqali madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash an’anasini davom ettirmoqda. Turli millat va dinlarning ko‘p asrlar davomida tinch-totuvlikda yashab kelayotganligi tufayli o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik an’analari qon-qonimizga singib ketgan. Shunday qilib, Birinchi Xalqaro ziyorat turizmi forumi ishtirokchilari yanada tinch, insonparvar, barqaror, birodar va birlashgan dunyoni qurishga o‘z hissalarini qo‘shish bilan bir qatorda, O‘zbekistonni Ziyorat turizmining markazlaridan biri deb tan olishadi va Butunjahon turizm tashkiloti, hukumatlar va xususiy sektor vakillarini “Buxoro deklaratsiyasi”ning qoidalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |