Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti servis sohasi iqtisodiyot kafedrasi


O’zbekistonda aholi ehtiyojlarini qondirish borasid aamalga oshirilgan faoliyat tavsifi



Download 291,96 Kb.
bet8/10
Sana14.06.2022
Hajmi291,96 Kb.
#670445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
abdulaziz kurs ishi

2.3 O’zbekistonda aholi ehtiyojlarini qondirish borasid aamalga oshirilgan faoliyat tavsifi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida:
Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar strategiyasi) .
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
Oʼzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 27 fevral kuni tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambagʼallikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar boʼyicha videoselektor yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Videoselektor yigʼilishida kambagʼallikni qisqartirish boradagi ishlarni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
«Dastlabki hisob-kitoblarga koʼra, 12−15 foiz yoki 4−5 million aholimiz kambagʼal. Bu ularning bir kunlik daromadi 10−13 ming soʼmdan oshmayapti, degani. Yoki bir oilada mashina ham, chorva ham boʼlishi mumkin, lekin bir kishi ogʼir kasal boʼlsa, oila daromadining kamida 70 foizi uni davolatishga ketadi. Xoʼsh bunday oilani oʼziga toʼq deyish mumkinmi? Prezident sifatida meni odamlarimizning ovqatlanishi, davolanishi, bolalarini oʼqitishi, kiyintirishi kabi hayotiy ehtiyojlari nima boʼlayapti, degan savol har kuni qiynaydi», — dedi Shavkat Mirziyoev.
Kambagʼallikni kamaytirish oylik yoki nafaqa miqdorini koʼpaytirish, yoppasiga kredit berish, degani emas. Buning uchun, eng avvalo, aholini kasbga oʼqitish, moliyaviy savodxonligini oshirish, odamlarda tadbirkorlik hissini uygʼotish, infratuzilmani yaxshilash, farzandlarini oʼqitish, sifatli davolanish, manzilli nafaqa toʼlash tizimini joriy qilish kerak», — dedi davlat rahbari.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi "Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-5975-son farmonida: "xududlarda axolining turmush darajasi va sifatini yaxshilash, xususan, kambag’allikni qisqartirish vazifalari ko’p jixatdan iqtisodiyotning barcha tarmoq va soxalarining raqobatbardoshligini oshirish xamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun fundamental sharoitlarni yaratib berish xisobiga yangi va barqaror ish o’rinlarini tashkil etish bilan bevosita bog’liqlikdir", deb taʼkidlandi. Bu, o’z navbatida, iqtisodiyotni tarkibiy jixatdan islox qilish va rivojlanishiga aloqador vazirlik va idoralar faoliyati uyg’unligini taʼminlashni, xar bir mutasaddilarning masʼuliyatini oshirish, mavjud muammo va tosiqlarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etishga asoslangan zamonaviy va innovatsion tamoyillarga asoslangan tizimni joriy etishni talab etadi. Ushbu zaruratdan kelib chiqib, yuqoridagi farmonda bir qancha ustuvor vazifalar xam belgilab berilgan. Ushbu ustuvor vazifalardan biri, "kambag’llikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish buyicha yaxlit tizim va muvofiqlashtiruvchi davlat organi, meʼyoriy-xuquqiy baza, mezonlar va baxolash uslubiyatini" yaratishga qaratildi. Chunki mamlakatimizda kambag’allikning mavjudligi xaqiqat, ammo uni qisqartirish bo’yicha tegishli tashkiliy, iqtisodiy, xuquqiy mexanizmlarning xamon yo’qligi mazkur masalaga aloxida axamiyat berishni taqozo qiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020yil 27 fevral kuni tadbirkorlikni rivojlantirish orkali kambag’allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar bo’yicha videoselektor yig’ilishida mamlakatimizda kambag’allik darajasiga oid statistik maʼlumotlar keltirildi. Yuqorida ko’rganimizdek, mamlakatimizda Jaxon bankining kambag’allik darajasi bo’yicha minimal normadan kelib chiqadigan bo’lsak, bir kishi bir kunda 19 300 so’m o’rta xisobda topishi lozim ekan. Аgar oiladi 3 kishi bulsa, ularning bir kunlik minimal daromadi 57,9 ming sumni tashkil kilishi lozim. Ko’rinib turibdiki, mamlakatimiz Bunda shuni inobatga olish joizki, oilada 5 kishi istiqomat qilsa, ularning ikkitasi ishlaydigan bulsa, o’rta xisobda shu oilaga 96,4 ming sum kerak buladi. Mamlakatimiz mikyosida taxlil kiladigan bulsak, kambagallikning yukori darajasi Samarkand, Surxondaryo, Sirdaryo, Аndijon viloyatlari va Qoraqalpogiston Respublikasiga to’g’ri kelmoqda. Bu xaqida bir qancha rasmiy xujjatlarda, Prezidentimiz raxbarligida o’tkazilgan video selektorlarda xam taʼkidlanmokda. Uzbekistondagi kambag’allik xaqida maʼlumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, "xozirgi kunda kambag’al oilaning shaxsiy kompьyuter bilan taʼminlanganligi Respublikadagi urtacha oiladan 12 barobarga, shaxsiy mashina bilan - 11 barobarga, konditsioner bilan - 8 barobarga, changyutgich bilan - 4 barobarga, kir yuvish mashinalari bilan - 4 barobarga, muzlatgich bilan - 2 barobarga, televizor va uyali aloqa vositalari bilan - 1,5 barobarga kamligi kuzatiladi" Bugungi globallashgan, raqamli iqtisodiyot xayotimizga jadallik bilan kirib kelayotgan davrda bunday xolatga yo’l qo’yib bulmaydi. Аmmo afsus, bularning borligi xaqiqat. Bular kimlar, qayerda va qanday xayot kechirishmoqda. Ushbu xolat, albatta o’z-o’zidan bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Xozirgi kunda mamlakatimiz raxbariyatining oldida shu kambag’allikka barxam berish, imkon qadar ularni ushbu toifadan chiqarish choralarini qurishi lozim bo’qlmoqda. Аynan shu maqsadni amalga oshirish uchun O’zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Ushbu vazirlikka bir qancha yangi vazifalar yuklandi. Bular jumlasiga makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida kambag’allikni qisqartirish masalasiga xam alohida axamiyat berish lozimligi qayd etilgan. Shu bilan birga xududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini barqaror taʼminlash uchun xar bir xududda tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi xam ustuvorlikni talab qilmoqda. Sanoatning ilg’or soxalarini rivojlantirish va mamlakatimiz miqyosida yagona industrial siyosatni amalga oshirish, bunda davlat ulushi bor korxonalarni isloxot kilish, davlatning investitsion siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, infratuzilmasini rivojlantirish shaxarlashtirish siyosatini amalga oshirish, biznes-muxit va mamlakatning xalqaro reytinglardagi o’rnini yaxshilash masalalari xam ustuvor vazifa sifatida ushbu vazirlik zimmasiga yuklatilgan. Shuningdek, jaxon xamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni faollashtirish" masalasi xam shu vazirlik zimmasiga yuklatilgan. Аgar ushbu tadbirlarga diqqat bilan eʼtibor qilinsa, ushbu vazifalarning barchasidan ko’zlangan maqsadi, axolini kambag’allikdan chiqarish, farovonligini, yashash darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan. Kambag’allikka barxam berish uchun nimalar kilish lozim? Kambag’allikka barxam berish uchun mamlakatimizda kechiktirib bo’lmaydigan masalalar sirasiga nimalarni kiritish mumkin. Birinchidan, mamlakatimizda kambag’allikni qisqartirish bo’yicha aniq tashkiliy, iqtisodiy, xuquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish, xorijiy tajribani inobatga olgan xolda kambag’allik darajasini aniqlash mezonlari va baxolash uslubiyatini joriy qilish, ijtimoiy taʼminotning minimal standartlari va meʼyoriy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotda keng foydalanishni yo’lga qo’yish. Ikkinchidan, xar bir maxalla kesimida maxalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi tomonidan fuqarolarining yashash sharoitlari va ijtimoiy axvoli o’rganilib, yashash minimumi va minimal isteʼmol savatini xisoblash metodini ishlab chiqish xamda axoli daromadlari tabaqalashuvini o’rganish bo’yicha tizimli ishlarni olib borish xamda ularning davlat maqsadli dasturlari bilan o’zaro muvofiqligini taʼminlash. Uchinchidan, aniqlangan ijtimoiy axvoli tang axoli qatlamlarining ro’yxatini shakllantirish va ularninng xar birida kanday imkoniyatlar mavjudligini o’rganilishi va shunga asoslangan xolda kambag’allikni tugatishning aniq manzilli yo’nalishlarini ishlab chiqish lozim bo’ladi. To’rtinchidan, mamlakatimizda mexnat bozori va uning tarkibini sifat jixatdan rivojlantirish, ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini taxlil qilish, takomillashtirish xamda mexnat resurslarini taqsimlash borasida o’zaro muvofiqlikdagi ishlarni olib borish barobarida axolining o’zini o’zi band qilish printsipini joriy qilish evaziga bandlik muammosini xal qilishga kirishish. Beshinchidan, mamlakatimiz miqyosida va uning barcha xududlarida, ularning uziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, isteʼmol savatchasi va tirikchilik uchun zarur bulgan eng kam miqdorlardagi daromadlar darajasini ishlab chiqish va joriy qilinishini tezlashtirish xam maqsadga muvofiq. Chunki kambag’allik darajasini bilmasdan turib, uni bartaraf qilish murakkab. Xizmat kursatish soxasi aholi bandligini taʼminlashda eng katta imkoniyatlardan biri xisoblanishi, mamlakatda bu soxaning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 35 foizni tashkil etishi, xalqaro mexnat tashkiloti taxlillariga ko’ra, servis industriyasining 1 foizga o’sishi kambag’allar sonini 1,5 foizga qisqartirishi, lekin O’zbekistonda bu soxa saloxiyatidan tula foydalanilmayotgani taʼkidlangan. Joylarda maishiy uskunalarni taʼmirlash ustaxonalari, kimyoviy tozalash shoxobchalari, kompyuter dizaynerligi, buxgalteriya, reklama, pullik tibbiy xizmat kabi tadbirkorlik subʼektlarini ochish evaziga mazkur yo’nalishda kamida 160 ming qo’shimcha ish o’rni yaratish mumkinligini xam Prezidentimiz ko’rsatib o’tgan edi. Shuningdek, turizmga xizmat qiluvchi umumiy ovqatlanish, transport, chakana savdo kabi yo’ldosh tarmoqlarda yana ko’plab ish joylari tashkil etilishi mumkin. Muxtaram Prezidentimiz 2020 yil aprel dagi videoselektorda xar bir xududda imkoniyat xam, sayoxatchilar diqqatiga sazovor joylar xam yetarli ekanini qayd etdi. Misol uchun, Yangiqo’rg’on tumanida 16 ta dam olish maskanini tiklash xisobiga 1 ming 500 nafar axolini, Bo’stonliqda 10 ming o’ringa mo’ljallangan ko’chma dam olish maskanlari tashkil etish orqali 8 mingga yaqin kishini ish bilan taʼminlash mumkinligi ko’rsatib berilgan edi. Xokimlar va sektor raxbarlariga sayyoxlar boradigan barcha obʼektlar, mexmonxona va ovqatlanish shaxobchalarida karantin qoidalariga kaqʼiy amal qilinishini taʼminlash lozimligi yuklatildi. Xulosa qilib aytganda mamlakatimizda kambag’allikni qisqartirish masalasi bugungi kunda o’ta dolzarb bo’lib, u bilan bog’lik muammolar xam, ularning yechimlari xam juda ko’p. Bularni aniqlash va xal kilish faqat mutasaddi vazirliklarning yoki maxalliy xokimiyatlarning ishi emas, balki xar bir oilaning, shaxslarning ishidir. "Men kambag’al bo’lib qolmasligim uchun nima qilishim kerak?", degan savolni xar bir kishi o’ziga berishi va eng avvalo, javobini o’zi axtarishi, agar o’zining "qo’li kaltalik" qilib qolsagina, davlatga, maxalliy xokimiyatga murojat kilishi lozim. Bundaylarga maxalliy xokimiyat, bor imkoniyatlarini ishga solgan xolda labbay deb javob berishi - millatimiz, xalqimiz oldidagi burchimiz, deb qarashga odatlanishi lozim. Masʼuliyat xar tomonlama bo’lmas ekan, ko’zlangan muvaffaqiyatga erishib bo’lmaydi.
Аholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama koʼmaklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini taʼminlash boʼyicha yangi taʼsirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish oʼrinlarini tashkil etgan tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini yanada ragʼbatlantirish maqsadida:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʼmitasi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni oʼz ichiga oluvchi 2021 yilda yangi ish oʼrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʼmaklashish boʼyicha davlat dasturi maʼqullansin:
a) 2021 yilda 457 127 ta doimiy yangi ish oʼrinlarini tashkil etish boʼyicha prognoz koʼrsatkichlari, shu jumladan:
2021 yilda doimiy yangi ish oʼrinlarini tashkil etishning yigʼma prognoz koʼrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2021 yilda tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga yaratiladigan ish oʼrinlarining prognoz koʼrsatkichlari 1.1-ilovaga muvofiq;
2021 yilda hududiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi kichik korxona, mikrofirmalar tashkil etish hisobiga yaratiladigan ish oʼrinlarining prognoz koʼrsatkichlari 1.2-ilovaga muvofiq;
2021 yilda yakka tartibdagi tadbirkorlikni hamda hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga yaratiladigan ish oʼrinlarining prognoz koʼrsatkichlari 1.3-ilovaga muvofiq;
b) 2021 yilda mehnat organlari tomonidan 513 575 nafar fuqaro bandligiga koʼmaklashish va ish beruvchilarni ragʼbatlantirish boʼyicha koʼrsatiladigan xizmatlarning prognoz koʼrsatkichlari, shu jumladan:
2021 yilda aholi bandligiga koʼmaklashish va ish beruvchilarni ragʼbatlantirish boʼyicha koʼrsatiladigan xizmatlarning umumiy prognoz koʼrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2021 yilda ishsizlarni boʼsh va zaxira ish oʼrinlariga ishga joylashtirish prognoz koʼrsatkichlari 2.1-ilovaga muvofiq.
2. Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan 2021 yilda aholi bandligiga koʼmaklashish uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya, nafaqalar va mikrokreditlar ajratish prognoz koʼrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
subsidiyalar ajratish uchun — 92,3 mlrd soʼm;
ishsizlik nafaqalari toʼlab berish uchun — 65,1 mlrd soʼm;
kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish xarajatlarini qoplash uchun — 40,6 mlrd soʼm;
yangi ish oʼrinlari tashkil etishni nazarda tutuvchi kichik loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklariga ajratiladigan resurslar uchun — 125 mlrd soʼm.
3. Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda:



Download 291,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish