Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Logistika (agrologistika) yònalishi 3-1log-20 guruh talabasi ZAMIRBEKOVA GULISANAMning Makroiqtisodiyot fanidan "Davlat byudjeti tarkibi va uni takomillashtirish yòllari" mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI Mavzu: Davlat byudjeti tarkibi va uni takomillashtirish yòllari. Reja:
Davlat byudjetining mohiyati
Davlat byudjeti tarkibi
Davlat byudjeti manbalari
Bugungi kundagi davlat byudjetini takomillashtirish yòlida olib borilayotgan chora-tadbirlar
Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Markaziy, mahalliy Davlat byudjetlari va Davlat byudjetidan tashqari fondlar, ya'ni davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjetini hukumat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekistonning birinchi Davlat byudjeti 1924—25 y.larda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti: respublika Davlat byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat byudjeti, viloyatlar va Toshkent sh. mahalliy byudjetlarini birlashtiradi. Oʻzbekistonda Davlat byudjetini shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001 y. 1 yanvardan kuchga kirgan "Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida" qonuni (2000 y. 14 dek.)ga muvofiq olib boriladi. Qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar: ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini takror ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlarining maqsadli yoʻnalishlarini saqlab 1995 yildan Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini òz ichiga oladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, idhlab chiqarish, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi Davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab Davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Markaziy (umumdavlat) byudjet
Munitsipal (mahalliy) byudjet
Davlat byudjetining tarkiban bòlinishi Davlat byudjetining moliyaviy balans sifatida bòlinishi
Byudjet daromadlari
Byudjet xarajatlari
Byudjet xarajatlar tarkibi Iqtisodiyotni moliyalashtirish
Davlat qarzi bòyicha tòlovlar
Tashqi siyosat ta'minlash
Ijtimoiy sohaga
Mudofaa xizmatlariga
Aktsiz soliqlar
Korxonalar va firmalar foydasidan soliqlar
Davlat zayomlaridan keladigan daromad
Bojxona tòlovlari
Pul emissiyasi keltirgan daromad
Davlat oladigan divident, foiz, ijara haqi
Byudjet daromadalari manbai Tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushadigan daromad
Davlat mulkini sotishdan keladigan daromad
Soliqsiz daromadlar
Renta tòlovlari
Qòshilgan qiymat soliģi
Ssuda fondi mablaģlari
Byudjet daromadlari manbai
Davlat byudjet xarajatlari
Ijtimoiy soha va ijtimoiy himoyaga
Mudofaa sohasiga
Davlat boshqarish xarajatlari
Fundamental fanlarga
Ichki va tashqi qarzni tòlash
Byudjet kamomadi - bu davlat xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortib ketishidir. Koʻpincha Byudjet taqchilligi rejalashtirilgan byudjet bilan ijro etilgan byudjetning nomutanosibligi natijasida sodir boʻlib, harajatlarning daromadlardan yuqori boʻlganligini koʻrsatadi..
Davlat byudjet kamomadini moliyalashtirish uchun:
Pul-kredit emissiyasi.
Davlat zayomlarini chiqarish.
Davlat byudjetiga soliq tushumini kòpaytirish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
М.P. Eshov, М.М. Bòstonov, М. F. Maxmudov "Makroiqtisodiyot" .-Т: «Fan va texnologiya», 2010.