Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Moliyaviy natijalar va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili



Download 332,09 Kb.
bet6/12
Sana08.07.2022
Hajmi332,09 Kb.
#756075
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Foyda va rentabellik (2)

Moliyaviy natijalar va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida buxgalteriya hisobining milliy standartlarini amalga kiritish zarurati asosan buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O'zbekiston Respublikasida hisobning o'ziga xos hususiyatlarini qo'llashdan iboratdir.
Moliyaviy natijalar hisobini yuritishda “hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli 1-son BHMS, “Asosiy xo'jalik faoliyatidan olingan daromadlar” nomli 2-son BHMS, “Moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot” nomli 3-son BHMS, “Tovarmoddiy zaxiralar” nomli 4-son BHMS, “Inventarizasiyani tashkil etish va o'tkazish” nomli 19-son BHMS, “Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy-xo'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma” nomli 21-son BHMSlar uslubiy asos sifatida qo'llanilishi mumkin.
Moliyaviy hisobotning betarafligi shundaki, undan ham ichki ham tashqi axborot foydalanuvchilarning manfaatlari mujassamlashgan. Ichki moliyaviy tahlilda korxonada ko'proq moliyaviy natijalarni yuzaga chiqish o'rni, shakli bo'yicha o'zgarishlariga ahamiyat beriladi. Ya'ni, ularning analitik qatoriga ko'proq ahamiyat beriladi. Tashqi tahlil sub'ektlariga esa soliq organlari, bank tashkilotlari, aksionerlar, mulk egalari, investorlar, shuningdek, korxona faoliyati bilan bilvosita qiziquvchi uchinchi shaxslar, erkin sohibkorlar kirishi mumkin. Ularni ko'proq korxonaning foydalilik darajasi va uning yillar bo'yicha o'zgarishlari qiziqtiradi. Agar aksiya egasi bo'ladigan bo'lsa, sof foyda va dividend to'loviga tortiladigan foyda summasi, soliq idorasini soliq to'loviga qadar bo'lgan foyda va unga qayta qo'shiladigan xarajat moddalari, qarshi tomon, xaridor va buyurtmachilar yoki sheriklarni korxonaning yil yakuni bo'yicha iqtisodiy foydasi va h.k.
Foyda iqtisodiy kategoriya, uning umumiy mohiyati quyidagicha ifodalanadi:
 firma, kompaniya, korxonalarning qisqa va uzoq muddatli rivojlanishining asosiy manbai;
 kreditga layoqatligini ifodalovchi ko'rsatkich ;
 mulk egasining asosiy maqsadi;
 raqobatga bardoshlikning mezoni;
 ijtimoiy - ehtiyojlarni qondirishning manbai.
Moliyaviy natijalar (foyda yoki zarar) ga oid ma'lumotlar 2-sonli shakl “Moliyaviy natijalar to'g’risidagi hisobot” da aks etgan. Moliyaviy natijalar to'g’risidagi umumlashgan ma'lumotlar moliyaviy hisobotning muhim shakli 2-shaklda «Moliyaviy natijalar to'g’risidagi» hisobot shaklida ifodalanadi. Moliyaviy natijalar to'g’risidagi hisobot choraklik hisobot shakliga kirib barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tamonidan tuziladi. Moliyaviy natijalar to'g’risidagi hisobot va uni to'ldirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli Yo'riqnomasi asosida belgilanadi.
Moliyaviy natijalar to'g’risidagi hisobot shaklining asosiy ko'rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:
1. Mahsulot sotishdan olingan yalpi (sof) tushum.
2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda
3. Asosiy faoliyatdan foyda (zarar)
4. Moliyaviy faoliyatdan foyda (zarar)
5. Umumxo’jalik faoliyatidan foyda (zarar)
6. Favqulodda foyda (zarar)
7. Soliq to'loviga qadar foyda (zarar)
8. Sof foyda (zarar)
Ushbu ko'rsatkichlarni hisob-kitob qilish yuzasidan albatta korxonaning quyidagi xarajat qatorlarini ham tarkiblash va farqlash lozim:
1. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.
2. Davr harajatlar.
3. Moliyaviy faoliyatdan harajatlar.
4. Favqulodda xarajatlar.
Daromad va xarjatlarni bu tarkib turkumlanishi quyidagilarga imkon beradi:
 Ishlab chiqarish xarajatlarini boshqa xarajatlardan farqlash va korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligiga baho berish;
 Moliyaviy boshqaruv yuzasidan operasion xarajatlarni boshqa xarajatlardan farqlash;
 Korxona tomonidan olinadigan daromadlarni ularning yuzaga kelishi yoki shakllanishi bo'yicha alohida tarkiblash (asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan hamda kutilmagan holatlardan).
Moliyaviy natijalar to'g’risidagi yangi hisobot shakli ularning har bir shakllanish qatori bo'yicha to'liq axborotlarni olish imkonini beradi. Bu axborotlar ichki va tashqi ahborot foydalanuvchilarining manfaatlar to'qnashuvini keltirib chiqarmaydi. Agar shunday bo'lganda edi, moliyaviy hisobotni tuzish qoidasi buzilgan bo'lar edi. Negaki, moliyaviy hisobotdagi ma'lumotlarda hech qachon bir turkum axborot foydalanuvchilar foydasiga boshqa turkum zarari hisobiga aks ettirishlar bo'lmasligi talab etiladi. Ushbu qoida O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to'g’risidagi» qonunining 6-moddasida ham berib o'tiladi. Ya'ni moliyaviy hisobotlarni tuzishdagi betaraflik qoidasi7 .
1. Mahsulot (ish, hizmat)larni sotishdan olingan sof tushum qatori. Mahsulot sotishdan olingan sof tushum summasi mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan jami tushum summasidan sotishga soliqlar to'lovlar va ajratmalar summasini chegirish asosida aniqlanadi. Sotishga soliqlar, to'lovlar, ajratmalarga quyidagilar kiritiladi:
- qo'shilgan qiymat solig’i;
- aksiz solig’i;
- reklama solig’i;
- mahsulot hajmidan ijtimoiy sug’urta bo'limiga ajratma va h.k.
Mahsulot (ish va xizmat)larni sotilgan qatorga kiritishning odatda ikkita sharti xarakterlanadi. Bular kassali va hisobga olish usullaridir. Kassali usulning mohiyati shundaki, bunda mahsulotlar ortib jo'natilib hisob hujjatlari taqdim etilgan va ularning hisob schetlariga puli kelib tushgandan keyingina sotilgan hisoblash va tushum qatoriga qo'shish, sotishga soliqlar summasini ham ularning amalga oshish davriga muvofiq hisoblashni xarakterlaydi. «Buxgalteriya hisobi to'g’risidagi» qonunning qabul qilinishiga qadar respublikamizda ushbu usul qo'llanib kelindi. Mahsulot (ish va xizmat) larni sotilgan qatorga kiritishning yoki daromadlarni tan olishning hisobga olish usuli esa ularning ortib jo'natilib hisob hujjatlari taqdim etilgan vaqti bo'yicha hisobga olishni xarakterlaydi. Bunda pul tushumlari yoki to'lovlarning amalga oshish vaqtiga ahamiyat berilmaydi. Sotishga soliqlarning hisob kitobi ham bevosita ularning tushum sifatida tan olish vaqti bo'yicha hisobga olinadi.
2. Mahsulot sotishdan yalpi foyda. Mahsulot sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija foyda yoki zarar quyidagi bog’lanishlar asosida aniqlanadi. Ya'ni, mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan olingan sof tushumdan shu mahsulot (ish va xizmat) larning ishlab chiqarish tannarxini chegirish asosida aniqlanadi. Korxona foydasining asosiy qismini bevosita mahsulot (ish va xizmat) lardan olingan foyda tashkil etadi.
3. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatning moliyaviy natijasi (foyda yoki zarar). Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi quyidagi bog’lanishlarda aniqlanadi. Ya'ni, mahsulot (ish va xizmat) larni sotishdan olingan foyda summasidan davr harajatlari tarkibiga kiruvchi sotish xarajatlari, ma'muriy xarajatlar, va boshqa umumxo'jalik xarajatlarini chegirish hamda asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlarni tartibli farqlash asosida aniqlanadi.
4. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (zarar). Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zararlar qatoriga moliyaviy natijalar to'g’risidagi hisobotda quyidagi umumlashgan ko'rsatkichlar kiritilgan.
- sho''ba va uyushma korhonalardan olingan dividendlar;
- boshqa olingan dividendlar;
- sho''ba va uyushma korxonalarga berilgan va olingan qarzlar bo'yicha foizlar;
- boshqa to'langan va olingan foizlar;
- valuta kursining o'zgarishidan farqlar;
- moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar va xarajatlar. Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasiga moliyaviy faoliyatdan olingan natijani qo'shish asosida umumxo'jalik faoliyatidan moliyaviy natija (foyda, zarar) aniqlanadi.
5. Umumxo'jalik faoliyatidan moliyaviy natija. Umumxo'jalik faoliyatidan olingan moliyaviy natija soliq to'loviga qadar foyda summasidan yoki hisob foydasi summasidan favqulodda foyda va zararlar summasiga farq qiladi. Umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda summasi moliyaviy natijaning shakllanish qatori emas, balki uni jamlovchi qator sifatida tarkiblanadi.
6. Favqulodda foyda (zarar). Favqulodda foyda (zarar) - korxona tamonidan odatiy hol hisoblanmagan va uch yillik oraliqda bunday faoliyat bilan shug’ullanmagan holatlardan oladigan daromad va yo'qotishlar favqulodda foyda va zararlar qatoriga kiritiladi. Favqulodda foyda va zararlar moliyaviy natijalar shakllanishining uchinchi tarkibi sifatida qaraladi. Kutilmagan suv toshqini, yong’inlar, tabiy ofatlar ta'siridagi yo'qotishlar ham ushbu qatorga kiritiladi. Ular bo'yicha foyda va zararlarning boshqa shakllanish qatorlarida soliqlanish bo'yicha hech qanday farqlanish yo'q. Agar foyda olinadigan bo'lsa, u bo'yicha ham tegishli tartibda soliq to'lanadi, zarar olinadigan bo'lsa umumxo'jalik faoliyatidan olinadigan foyda summasi zarar summasiga kamaytiriladi. Lekin amaliy kuzatishlar natijasi shuni ko'rsatadiki ularning shakllanish ehtimoli nihoyatda qisqa yoki kam. Bo'lgan taqdirda ham faqat zarar shaklida bo'lmoqda.
7. Soliq to'loviga qadar foyda (zarar). Soliq to'loviga qadar foyda (zarar) summasi umumxo'jalik faoliyatidan foyda (zarar) summasiga favqulodda foyda (zarar) summasini qo'shish asosida aniqlanadi. Soliq to'loviga qadar foyda summasi axborot iste'molchilari e'tiboridagi va kuzatuvidagi qator hisoblanadi. U bevosita asosiy faoliyatning moliyaviy natijasidan, moliyaviy faoliyatning moliyaviy natijasidan hamda favqulodda foyda va zararlar jamlangan summasidan iborot bo'ladi.
8. Sof foyda (zarar). Sof foyda korxona ixtiyorida qoladigan foyda summasini ifodalaydi. Ushbu qator soliq to'loviga qadar bo'lgan foyda summasidan foyda (daromad) dan to'langan soliqlar va boshqa soliqli to'lovlarni chegirish asosida aniqlanadi. Sof foyda korxonaning erkin tasarruf shartidagi va foydalanishidagi foyda summasidir. Lekin, sof foyda summasi ham turli to'lovlar va ajratmalar bazasi sifatida olinishi mumkin ekan. Masalan, korxona sof foydasidan olinadigan ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga ajratmalar, futbol federasiyasiga ajratmalar va boshqa to'lovlar va ajratmalarni shular qatoriga kiritish mumkin.
Davr xarajatlari qatoriga sotish harajatlari, ma'muriy harajatlar va operasion harajatlar kiradi. Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar qatoriga foizlar bo'yicha xarajatlar, bank xizmat haki xarajatlari, valuta kursining tushib ketishidan yo'qotishlar va boshqa sarflar kiradi. Favqulodda xarajtalar qatoriga kutilmagan holatlar ta'sirida yuzaga keladigan xarajatlar kiritiladi. Soliqqa tortiladigan foydani aniqlash uchun soliqqa tortilgungacha bo'lgan foydaga:


Download 332,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish