Foyda va rentabellik korxona faoliyati samaradorligi ko`rsatkichlari sifatida.
Reja:
Kirish……………………………………………………………………4
Korxonalarda samaradorlik ko’rsatkichlari tahlilining maqsadi va vazifalari ……………………………………………6
Iqtisodiyot subyektlarida samaradorlikni tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi……………………………………………12
Moliyaviy natijalar va unga ta’sir etuvchi omillar tahlili…………………………………………………………….23
Rentabellik ko’rsatkichlari va ularning omilli tahlili…………………………………………………………….34
Xulosa va takliflar……………………………………………………38
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………………40
Kirish
Mamlakatimizda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning yillar bo’yicha barqaror o’sishida hukumatimiz tomonida xususiy mulk va tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berilayotgani ta’sir etib, bu orqali aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo’lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratdi.
Buni inobatga olib, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev har ma’ruzalarida, chiqishlarida xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochilishiga, bu borada huquqiy asoslar yaratilishiga e’tiborlarini qaratadilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimizni 2017-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2018-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida “2018-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir” 1 , deb ta’kidlab o’tdi.
Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo’lga qo’yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat turlarining ko’payib, sifatining tubdan yaxshilanib borishi, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va mohiyat kasb etib borishida mustaqil taraqqiyot yo’lining to’g’ri tanlangani, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat strategiyasining har tomonlama puxta asoslangan hamda xalqimizning fidokorona mehnati eng muhim va asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va ma’naviy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, kelajakda esa, ularni mo’l-ko’l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishda ishlab chiqarish korxonalari samaradorligiga bevosita bog’liqdir. Shu sababli ham, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida ishlarish korxonalari samaradorligini oshirish jiddiy masalalardan biri hisoblanadi.
Mamlakatimizni mustaqillikka erishganligi, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyat yaratilayotganligi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning takomillashayotganligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o’ringa qo’yadi. Shu bois ishlab chiqarish korxonalari samaradorligini oshirish masalalarining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish va natijalarni amaliyotda qo’llash chora-tadbirlarini izlab topish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |