Tadqiqot ob`ekti va predmeti. Tadqiqot ob`ekti sifatida O`zbekiston
Respublikasida faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes sub`ektlarining innovatsion
faoliyati tanlangan. Tadqiqotning predmeti kichik biznes sub`ektlari innovatsion
faoliyatini qo`llab-quvvatlash va moliyalashtirish mexanizmi hamda uni
takomillashtirish bilan bog’liq tashkiliy – iqtisodiy munosabatlarni o`z ichiga oladi.
Tadqiqot maqsadi –O`zbekistonda iqtisodiyotni barqaror o`sish sur`atlarini
ta`minlash jarayonlarida kichik biznesning innovatsion faoliyatini rag’batlantirish
mexanizmlarini takomillashtirish va moliyalashtirishning samaradorligini oshirish
yo`llarini tadqiq qilish hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |