4
KIRISH
Mamlakatimizda 2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”
deb nomlanishi ham chuqur ma`no kasb etadi. Sababi investitsiyalarni jalb etmasdan
turib, iqtisodiyotda mavjud bo`lgan kapital ehtiyojini qondirib bo`lmaydi. SHunday
ekan, investitsion faoliyatni samarali ishlashi uchun qulay muhitni yaratish, uning
murakkablik jihatlarini yumshatishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish dolzarblik
kasb etadi.
Hozirgi sharoitda barqaror va samarali faoliyat olib boradigan iqtisodiy
jarayonlarni ta`minlash zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar modelini o`zida
aks ettiradi. Jumladan, iqtisodiy o`sishning moliyaviy omillari qatorida asosiy
ko`rsatkich sifatida investitsion faoliyatni qayd etishimiz mumkin. Zamonaviy
sharoitda esa, investitsion potentsial inobatga olingan holda investitsion
jozibadorlikni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Mamlakatimizda o`tkazilayotgan demokratik bozor islohotlarining va
O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan
Harakatlar strategiyasining diqqat markazida turgan eng muhim ustuvor vazifalardan
biri – milliy iqtisodiyotda tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish
hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish sanaladi
1
.
Jumladan,“..milliy iqtisodiyotning tarkibida sanoat ulushini ko`paytirish,
yuqori texnologiyali sanoat va qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, sanoatni
yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, har bir hududning sanoat
salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta`minlash, yangi sanoat
korxonalari va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish
2
” deb ta`kidlangan.
Albatta, yuqoridagi islohotlarning barchasining zamirida davlat va nodavlat
sektor korxonalarining barqaror sur`atlarda innovatsion salohiyatini ro`yobga
chiqarib kelayotganligi yotadi. SHu sababli, bugungi globallashuv va milliy
iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida milliy iqtisodiyot xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda innovatsion salohiyat, uni shakllanishi va rivojlanishini baholash,
boshqarishning nazariy-uslubiy masalalarini kompleks tadqiq qilish, sanoat
1
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning «O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar
strategiyasi to`g’risida»gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. // Xalq so`zi, 2017 yil 8 fevral’, 28 (6722)-son.
2
O`sha erda
5
korxonalarida innovatsion salohiyatni rivojlantirish va boshqarish omillari va o`ziga
xos xususiyatlarini aniqlash, respublikada sanoat korxonalarida innovatsion
salohiyatni oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, innovatsion
salohiyatni baholash usullarini qiyosiy o`rganish va sanoat korxonalarida innovatsion
faoliyatni boshqarish mexanizmlarining zamonaviy holati va tendentsiyalarini
aniqlash o`z echimini kutayotgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi hozirgi kunda mamlakatimizda kichik
biznesning ahvolini tahlil etish, uning innovatsion faoliyatini qo`llab-quvvatlash va
moliyalashtirish tizimining mazmuni va mohiyatini ilmiy asoslash hamda samarali
rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: