43
Bu bejiz emas, albatta. CHunki zamon shiddat bilan rivojlanib
borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? YAngi fikr, yangi g’oyaga,
innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Bugungi kunda shiddatli raqobat
sharoitida jahon bozori talablarini ta`minlash, ishlab chiqarish jarayonida
yuqori samaradorlikka erishish, sifatli va raqobatbardosh tovar va
xizmatlarni ishlab chiqarish va buning natijasida iqtisodiy yuksalishga
intellektual kapital ya`ni innovatsiyalarsiz erishib bo`lmaydi. Innovatsiya –
bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan
boshlaydigan bo`lsak, uni aynan innovatsion g’oyalar, innovatsion
yondashuv asosida boshlashimiz kerak”
18
Ushbu strategik vazifa har qanday sohada innovatsion faoliyatni
tashkil etishning yangi shakllarini joriy etish, samarali innovatsion
loyihalarni ishlab chiqish va davlat-xususiy sherikchilik asosida sohada
investitsiyalarni jalb etgan holda ularni o`zlashtirish kabi dolzarb
masalalarga e`tibor qaratishni taqozi etadi. Hozirgi zamon fan-texnika
taraqqiyot tendentsiyasida iqtisodiy o`sishning eng maqbul va samarali
omillaridan biri sifatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va uni
rag’batlantirish masalasiga e`tibor kuchaytirilmoqda.
Bugungi kunda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, barcha
resurslardan tejamli foydalanish va buning natijasida ichki hamda tashqi
bozorda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ancha kengaytirish
avvalo korxonalarning innovatsion salohiyatini boshqarish, innovatsion
texnologiyalarni samarali qo`llash va takomillashtirish jarayonlariga
bevosita bog’liq.
SHularni hisobga olgan holda O`zbekistonda ilg’or texnologiyalar
bilan jihozlangan va xomashyo resurslarimizni chuqur qayta ishlashni,
eksport salohiyatini ko`paytirishni ta`minlovchi, yangi ish joylarini tashkil
qiluvchi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilgan
18
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-
sonli “O`zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g’risida” gi farmoni, 3.2 bandi.
http://www.press-service.uz
44
innovatsiyalarga e`tibor qaratilmoqda. Xalqaro standarlarga muvofiq
innovatsiya bozorga tatbiq etilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot
yoki amaliy faoliyatda foydalanilayotgan ilg’or texnologik jarayon yoki
insonlar turmush sharoitini yaxshilash, yangicha yondashish ko`rinishida
ro`yobga chiqqan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasi sifatida
belgilanadi. Innovatsion rivojlanish haqida fikr yuritar ekanmiz, uni
belgilovchi ko`rsatkichlar haqida bilish muhim ahamiyatga ega (jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: