Kurs ishining kamchiliklari
_______________________________________________________
_______________________________________________________
Kurs ishiga qo`yilgan baho _________________________________________________________
Kurs ishiga rahbarning familiyasi va ismi-sharifi, imzosi_____________
Mundarija
Kirish 3
I-BOB.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiyatlarining nazariy asoslari. 4
1.1 . O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari. 5
1.2. O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi me’yoriy-huquqiy bazasi. 9
II-BOB. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi, yo’llari, usullari hamda amaliyotda tatbiq etilishi. 13
2.1. O’zbekistonda mulkchilik tizimini shakllanishining bosqichlari va xususiyatlari. 13
2.2.Mulkchilik shaklini o’zgartirish- ko’p ukladli tizimni yaratishning asosi. 17
Xulosa 29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 31
Kirish
Kurs ishi mavzusi dolzarbligi.Hozirgi kunda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda mulkchilik tizimida davlat aralashuvining kamayib borishi iqtisodiyotimiz barqarorlashuvida juda katta ahamiyatga ega. Prezidentimiz Mirziyoyev Sh. M. iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda “Avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlarini ko’paytirish, ochiq iqtisodiyot, sog’lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoit yaratish” ni alohida ta’kidlab o’tganlar.
Bozor iqtisdiyotidan ko’p ukladli iqtisodiyotga o’tishdagi jaryonlarda xususiy sektorning o’rni naqadar muhim ekanligi ko’pchilikka ayon. Bu yo’lda qiyinchiliklar bo’lishini ham hammamiz bilamiz. Ammo ko’p ukladli iqtisodiyot ham vaqtinchalik emas, iqtisodiyotda uzluksiz ishtirok etishi uningo’ziga xos belgilaridan bir hisoblanadi.
Bugungi kunda davlatimiz iqtisodiyot sohasida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan ta’moyilga e’tiborini qaratgan. Albatta, davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish iqtisodiyotimizni bardavom qilishga xizmat qilishi shubhasiz.
Kurs ishining maqsadi. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiyatlarining nazariy asoslarini o’rganib, xususiylashtirish haqida kerakli ko’nikma hosil qilish hamda bulardan foydalanib amaliyotda tatbiq etish va takomillashtirishdan iborat.
O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslarini
o’rganish;
O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi me’yoriy-huquqiy bazasini yoritib berish;
O’zbekistonda mulkchilik tizimini shakllanishining bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish;
Mulkchilik shaklini o’zgartirish- ko’p ukladli tizimni yaratishning asosi ekanligini anglash;
Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash iqtisodiy
taraqqiyotimizni muhim omili ekanligini ko’rsatib berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |